Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Logistika  doirasi  (lead  time;  logistical  cycie;  replenishment  lead  time)  - 
tovarlarni  yetkazib  berishga,  ishlab  chiqarish  vositalarini  yetkazib  berishga 
buyurtmalarni  rasmiylashtirish  va  buyurtma  qilingan  mahsulotni  iste’molchining 
omboriga yetkazib berish o‘rtasidagi oraliq. Umumiy ko‘rinishda logistika doirasi 
quyidagi ko‘rinishlardan iborat bo‘ladi:  
1.  Buyurtmani  shakllantirish  va  uni  belgilangan  tartibda  rasmiylashtirish 
vaqti.  
2.  Buyurtmani  yetkazib  beruvchiga  yetkazish  yoki  uzatish  vaqti.  Bu  vaqt 
zamonaviy  axborot  vositalari  (telefaks  va  boshqalar)  dan  foydalanishda  nazarga 
ilmaydigan  darajada  kichik va aloqaning an’anaviy vositalari (pochta) uchun juda 
katta.  
3. Yetkazib beruvchi tomonidan buyurtmaning bajarilish vaqti quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi:  
- buyurtmani bajarish uchun yetkazib berilishini kutish vaqti;  
- buyurtmaning bajarilish vaqti, texnologik vaqtdan operatsiyalar o‘rtasidagi 
to‘xtashlar  vaqtidan  va  boshqalardan  yoki  buyurtma  mavjud  zahiradan bajarilsa, 
butlash vaqtidan vujudga keladi.  
4. Tayyor mahsulotlarni buyurtmachiga yetkazib berish vaqti. Mahsulotlarni 
ishlab chiqarish iste’molchiga (sanoat korxonasi) yoki sotishga (savdo korxonasi) 
tayyorlashga vaqt ham logistika davri tartibida qo‘yib chiqishi mumkin. 


 
206 
 
Iste’mol  nuqtai  nazaridan  (3)  va  (4)  ko‘rinish  logistika  doirasining  eng 
muhim  elementlaridan  bo‘ladi,  ular  uning  uchun  qisman  boshqariladigan  yoki 
boshqarilmaydigan  bo‘ladilar.  Bu  elementlar  yetkazib  beruvchini  tanlash  va 
baholash  nuqtai  nazaridan  ham  eng  muhim  bo‘ladi.  Bir  qator  mualliflar 
(D.Bauersoks,  G.Zens  va  boshqalar)  ishlab  chiqarishning  texnik  belgilanishdagi 
mahsulotlarga  nisbatan  ma’nosi  bo‘yicha  yaqin  bo‘lgan  «Moddiy  oqimlar 
doirasi» atamasidan foydalanadilar. 
 
Logistika  doirasi  va  «Ishlab  chiqarish  doira»si  tushunchalarining  o‘zaro 
aloqasi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi. Bu tushunchalar «butun bir qism» (yakka 
ishlab  chiqarish  hollarida)  assotsiativ  munosabatda yoki boshqa munosabatlarda 
(masalan,  agar  gap  mahsulotlarning  ommaviy  ishlab  chiqarilishi  haqida  bo‘lsa, 
uning  kastomizatsiyasiz  kesishishi)  bo‘lishi  mumkin.  Logistika  doirasi 
tushunchasidan  logistika  tizimlari  va  boshqalarni  loyihalashtirishda  logistika 
maqsadlarini  shakllantirishda  foydalaniladi.  Zamonaviy  ilmiy  -  texnik  inqilob 
sharoitlarida  epchil  ishlab  chiqarish  tizimlari,  aloqaning  eng  yangi  vositalarini 
tatbiq  etish  hisobiga  logistik  doirani  qisqartirish  ishlab  chiqarishning  xarakterli 
alomati  bo‘ladi.  Bu  ta’rifdan  shu  narsa  kelib  chiqadiki,  buyurtmani  bajarish 
muddati  kabi  kengroq  mashhur  bo‘lgan  tushuncha  logistika  doirasining  xususiy 
holi bo‘ladi. 
 
Logistika  tizimi  (logistical  system)  -  u  yoki  bu  logistika  vazifasi  va 
operatsiyalarni bajaruvchi teskari aloqaga ega moslashtirligan tizimdir. U, qoidaga 
ko‘ra,  bir  necha  tizimlardan  iborat  va  tashqi  muhit  bilan  rivojlangan  aloqalarga 
ega. Logistika tizimi sifatida sanoat korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, 
savdo korxonasi va hokazolarni ko‘rib chiqish mumkin. 
 
Logistika  tizimining  maqsadi  -  tovar  va  buyurtmalarni  berilgan  yerga, 
kerakli miqdorda iloji boricha ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molga tayyorlangan 
holda  harakatlarning  berilgan  darajasida  yetkazib  berish.  Vazifaviy  tizimchalar 
bilan  bir  qatorda  logistik  tizim  ta’minlovchi  tizimchalarga  (masalan,  axborot, 
huquqiy  xodimlar  va  h.k.)  ham  ega.  Ommaviy  xizmat  ko‘rsatish  tizimi  sifatida 
logistik tizim ichki aloqalar va tashqi muhit bilan aloqalarga ega. Ichki aloqali tizim 
odatda  davriy  xarakterga  ega,  chunki  qoidaga  ko‘ra  aloqa  qiluvchi  tizimchalar 
o‘rtasidagi moddiy oqimning izchil uzatish bosqichini aks ettiradi. 
 
Logistika  tizimining  tashqi  muhit  bilan  aloqalari  davriy  bo‘lishi  mumkin 
(barcha  talab  qilinadigan  butlovchi  qismlar  va tovarlar muvofiqlashtirilgan holda 
yetkazib berilishi ta’milangan vaqtda). 
Shuning  bilan  bir  vaqtda  logistika  tizimi  vaqtli  chetlanishlarga  ega  tizim 
sifatida ham ta’riflanishi mumkin. 
Logistika maqsadlari turiga ko‘ra tizimlar to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqalarga ega 
egiluvchan va ketma-ket joylashtirilgan (eshelonlashtirilgan) tizimlarga bo‘linadi. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish