Shaxsiy moliyaviy resurslar. Qaror qabul qiluvchi shaxsning ixtiyorida
erkin, shu jumladan naqd mablag‘lar ko‘rinishida bo‘ladi, hamda ishlab chiqarish-
sotish faoliyatidan foyda hisobidan, amortizasiya faoliyatidan, ishlab chiqarilgan
tovardan tashqari har xil sotishlar (masalan, ko‘chmas mulkni)dan kelib tushadi.
Qarzga olingan moliyaviy mablag‘lar veksel yoki majburiyatlarnring
boshqa turlari ostida olingan har xil turdagi kreditlardan iborat bo‘ladi.
199
Kiritilayotgan mablag‘lar shaxsiy tizimga va tashqi obyektga yo‘naltirilishlari
mumkin.
Birinchi holda mablag‘lar ishlab chiqarish-sotish faoliyatiga, ularni
tayyorlashga, tashkiliy shakllarni yaratishga, zahiralar va badalli to‘lovlarga
kiritilishlari mumkin.
Ikkinchi holda kreditlar beriladi, aksiyalar, qimmatbaho qog‘ozlar xarid
qilinadi va investitsiyalash amalga oshiriladi.
Logistika tamoyillariga muvofiq boshqariladigan moddiy oqimlarni ko‘rib
chiqamiz. Kirishda bu oqimlar o‘zining tabiati bo‘yicha moddiy bo‘lgan holda
xom ashy, materiallar va butlovchilar oqimlariga bo‘linadi, ularning moddiy deb
atash qabul qilingan va axborot oqimlari, ular har xil turdagi hujjatlar, komputer
massivlari, telefon va boshqa so‘zlovchilar ko‘rinishida aks ettiriladi.
Logisti boshqaruv ta’minotining an’anaviy usullaridan “aniq vaqtda” Just in
time (JIT) nomini olgan tamoyil bo‘yicha ta’minlashga o‘tishga imkon beradi.
An’anaviy ta’minlashda ishlab chiqrish-sotish tizimining kirishida yetkazib
beruvchilardan oqim ko‘proq yoki kamroq uzoq muddatli shartnomalar va
yetkazib berishga oldindan buyurtmalarga muvofiq shakllantiriladi, ishlab
chiqarish tomonidan uni iste’mol qilish esa ko‘proq yoki kamroq qisqa muddatli,
ammo so‘zsiz qanoatlantirishni talab qiluvchi ishlab chiqarish talablari bilan
belgilanadi.
Bir tomondan xom ashyo materiallar va butlovchilarning har xil vaqtdaligi va
har xil intensivligi va boshqa tomondan ularning iste’mol qilishda navlari va hajmi
bo‘yicha ancha katta bo‘lgan zahiralarni tashkil qilinishi talab qilinadi. Bunday
zahiralar, ishlab chiqarishning bir maromdaligini ta’minlagan holda uning iqtisodiy
samaradorligini ancha pasaytiradi. Ayniqsa bu bozor iqtisodiyotida nomoyon
bo‘ladi, ammo rejaga asoslangan iqtisodiyot sharoitlarida va yakka xukumronlik
sharoitlarida ham katta ahamiyatga ega.
Logistik boshqaruv tamoyillarini ko‘magi xom ashyo materiallar va
butlovchilarni yetkazib beruvchilartomonidan yetkazib berilishi va ularni iste’mol
qilinishini ko‘proq darajada moslashishiga imkon beradi. Yetkazib beruvchilar
bilan umumiy masalalarni hal qiluvchi kishilar kabi munosabatlarni o‘rnatilishi
hamda axborot almashinuvini uning operativligi va qamrab olish kengligini keskin
oshiruvchi komputerlashtirish JIT tamoyiliga o‘tish imkoniyatiga olib keladi. JIT
tamoyili mohiyati bo‘yicha shundan iboratki, huquqiy vujudga kelgan ehtiyojlarga
ko‘ra kerakli xom ashyo materiallar va butlovchilarni kerakli vaqtda kerakli sifatda
va kerakli miqdorda kerakli muddatga yetkazib berishdan iboratdir. Bu ishlab
chiqarish maromi ko‘rsatkichlarini pasaytirmasdan kirish va oraliq zahiralarini
kamaytirish uning iqtisodiy samaradorligini oshirish va bozor ehtiyojiga omillik
bilan javob qaytarishga imkon beradi. Keyingisi mijozlar doirasi kengaytirish va
o‘zining bozordagi o‘rnini mustahkamlashga imkon beradi. Bu ba’zida ishlab
chiqarish xarajatlarini pasaytirishga qaraganda muhimroqdir, chunki shaxsiy narx-
navo va texnik siyosatni o‘tkazishga imkon beradi.
200
Ta’minotni an’anaviy tashkil qilish va JIT tamoyili bo‘yicha ta’minotning
sxemalari va chizmalarda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |