Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Tashqi  evristik  strategiya



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Tashqi  evristik  strategiya  ikkita  bo‘lajak  vaziyatlardagi  bir  xil 
ko‘rsatkichlarni  solishtirishdan  iborat  bo‘ladi.  Bu  xarajatlarning  ikkita  ehtimol 
bo‘lgan  variantlari  oqibatlarini  taqqoslash  va  ulardan  istaganlarini  tanlash 
imkoniyatini  beradi.  Tashqi  evristik  strategiya  boshqaruv  jarayoni  bo‘yicha 
xarajatlarning  ikkita  bo‘lajak  variantlarini  ishlab  chiqishni  ko‘zda  tutsa  ham,  u 
taqqoslash 
va 
tanlash 
jarayonini 
o‘zining  va  ularni  shakllantirshni 
soddalashtirishga olib keladi. 
Bunday  holatda  boshqa  teng  sharoitlarda  bir  turdagi  ko‘rsatkichlarni 
taqqoslash  amalga  oshiriladi.  Masalan,  to‘lovlarning  hajmlari  va  muddatlari 
boshqaruvning  boshqa  variantidagi  to‘lovlarning  hajmlari  va  muddatlari  bilan 
xatarning miqdori esa, xatar miqdori bilan va h.k. solishtiriladi. Ikkilamchi darajali 
detallar  hamda  boshqaruv  strategiyasining  har  xil  variantlari  uchun  o‘zgarishsiz 
qoluvchi  ko‘rsatkichlar  uchun  ko‘rsatkichlar  taqqsolash  jarayonlaridan  oldinroq 
chiqarib  tashlanadi.  Ko‘proq  obyektivlikka erishish uchun bunday solishtirish va 
taklashni ham ekspert usullari tomonidan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
 
Boshqaruvning  u  yoki  bu  evristik  strategiyasini  tanlash  nafaqat  uni  amalga 
oshirilishi  strategiyasini  hisobga  olish,  balki  bu  bo‘lajak  samaradorlikni  unga 
erishishning  qiyinligi  darajasi  bilan  solishtirish  natijasida  amalga  oshirilishi  kerak. 
Erishiladigan  samaradorlikning  amaliy  miqdori  ko‘proq  ishlab  vujudga  kelgan 
ishlab  chiqarish  sotish  vaziyatini  baholashning  aniqligiga  va  ushbu  vaziyatdagi 
ehtimol  bo‘lgan  muqobil  harakat  hisoblab  chiqish  va  baholashning  to‘g‘riligiga 
bog‘liqdir. 
Shunday  qilib,  samarali  logistik  boshqaruvni  amalga  oshirish  uchun, 
hammadan avval, vujudga kelgan ishlab chiqarish sotish vaziyatini huddi shunday 
“bilim olish” zarur. 
Boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  va  amalga  oshirishni  talab  qiluvchi 
vaziyatlar,  ya’ni  aralashmasi  noqulay  rivojlanish  tendensiyasiga  ega  bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan bunday vaziyatlar quyidagi tartibda tasniflanishlari mumkin. 
Joriy vaziyatni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi tendensiyasining darajasiga ko‘ra 
(vaziyat  ko‘proq  va  kamroq  davomiylik  davri  davomida  doimiy bo‘lib qoladimi 
yoki  dinamik  o‘zgaradimi)  barcha  vaziyatlarning  turg‘un  va  dinamika  ajratish 
mumkin. 
Ham  turg‘un  va  ham  dinamik  vaziyatlarni  ularni  rivojlanishlarning  barcha 
ehtimol  bo‘lgan  yo‘llarini  to‘liq  aniqlik  bilan  bashoratlash  mumkin  emas. 
Vaziyatni  o‘zgarishi  yoki  rivojlanishi  nafaqat  hodimning  bama’ni  xarajatlar 
oqibatida,  balki  hodisalar  va  tashqi iqtisodiy va texnologik (yakuniy hisobda esa 
–  bozor)  muhiti  holati  ta’siri  ostida  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Bu  hodisalar  va 
holatlarni  vaqtning  qndaydir  uzoq  davri  uchun  oldindan  aytib  berish  mumkin 


 
195 
emas. Shuning uchun vaziyatlar diterminasiyalangandan (chegaraviy holati) u yoki 
bu darajadagi noaniqlikka ega vaziyatgacha o‘zgaradi. 
Barcha  vaziyatlar,  turg‘un  yoki  dinamik,  diterminatsiyalangan  yoki 
diterminatsiyalanmaganlar  har  xil  omillarning  kichik  yoki  katta  soniga  bog‘liq 
bo‘lishlari  mumkin.  Birinchi  holda oddiy, ikkinchi holda esa murakkab vaziyatlar 
haqida gapiriladi. 
U yoki bu turdagi vaziyatni “bilib olgan” pirovardida har xil turdagi – guruhli 
yoki (ko‘pincha) yakka tartibdagi ekspertizalar yordamida o‘tkaziladi. Shubhasiz, 
bunday  turdagi  bilib  olishni  amalga  oshirish  uchun  sodir  bo‘layotgan  ishlab 
chiqarish  sotish  jarayonlarini  modellashtirish  va  hisoblab  chiqish  kabi  quroldan, 
shu  jumladan  komputer  va  hozirgi  zamon  texnikasini  qo‘llash  bilan  foydalanish 
mumkin. 
Ishlab  chiqarish  va  sotish  tizimlaridagi  logistik  boshqaruv  qarorlarini 
qo‘llashni talab qiluvchivaziyatlarni tasniflanishi 41
-chizmada berilgan.
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish