Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

-  hujjatli  –  ular  kiriv  odamlar  haqidagi  ko‘proq  yoki  kamroq  obyektiv 
axborotlarga ega anketalar va hujjatlar turlarini tahlil qilish asosida; 
-    eksperimental  –  ekspertlarning  oldingi  ekspertizalarni  o‘tkazishdagi  ish 
tajribalarini tahlil qilish asosida; 
-  ekspert  guruhini  tanlab  olish  va  shakllantirish  bo‘yicha  guruhni  tashkil 
qiluvchi ekspertlarni ovoz berishi; 
- o‘z-o‘zini baholash, uni ekspertizaning qo‘yilgan vazifasiga nisbatan tashkil 
qilinayotgan guruhga nomzodlar amalga oshiradilar. 
Bunday  tartibda  shakllanayotgan  ekspert  guruhlari  omilkor  va  mustaqil 
xulosalar  chiqarish  qobiliyatiga  teshiriladi.  Bu  xulosalar  mustaqil  sifatli  omillarni 
silliqlash  (bu  omillarni  nisbiy  miqdori  tartibida  joylashtirish)  yoki  o‘lcham  (bu 
omillarga  ba’zi  bir  miqdoriy  baholarni,  masalan  balli tizim bo‘yicha berish) yo‘li 
bilan  tekshirilishlari  mumkin.  Ekspert  guruhini  tashkil  qiluvchi  mutaxassislar 
tomonidan kiritiladigan takliflar ba’zida bir birlariga to‘liq mos keladilar, ammo bir 
birlaridan  keskin  farq  qilishlari  ham  mumkin.  Birinchi  holda  ekspertlarning 
mustaqil  ekanliklridan  shubha  qilish va ular oddiygina boshqalarining xulosalarini 
qaytarayotganliklarini  tahlil  qilish  mumkin.  Ikkinchi  holda  ekspertlarning 
malakasiga  va  ularni  ko‘rib  chiqilayotgan  predmet  haqida  omilkorona  mulohoza 
yuritishlariga  shubha  tug‘iladi.  Shunday  amerikada  hazil  bor  “Agar  ikkita 
mutaxassis  bitta  narsa  haqida  bitta  narsani  aytsalar,  ulardan  bittasi  kerak  emas. 
Agar  ular  har  xil  narsalar  haqida  gapirsalar,  ularning  ikkalasi  ham  kerak  emas”. 
Eksprtlar  xulosalarining  muvofiqligi  va  mustaqilligi  darajasini  baholash  uchun 
muvofiqlashganlik koeffitsiyentlarini hisoblab chiqish kerak. 
Ekspert guruhini shakllantirishning to‘g‘riligini tekshirish uchun ko‘p mezonli 
baholash  uchun  ko‘rsatkichlar  ro‘yxati  yaxshi  bo‘ladi,  ularni  silliqlash  kerak. 
Qaror qabul qiluvchi shaxslar ixtiyorida bo‘lgan bir necha variantlar ichida u yoki 
bu  buyumni  ishlab  chiqarish  uchun  texnologik  jarayonni  tanlash  misol  bo‘lib 
xizmat  qilishi  mumkin.  Qandaydir  bitta  to‘htam  nazardan  (bitta  ko‘rsatkich 
bo‘yicha)  texnologik  jarayonning  qandaydir  bitta  varianti  maqsadga  muvofiq 
bo‘lad,  boshqa  nuqtai  nazardan  (boshqa  ko‘rsatkich  bo‘yicha  boshqasi 
maqsadga  muvofiqroq  bo‘ladi.  Variantlardan  qaysi  biriga  afzallik  berish  kerak? 
Agar  aytib  o‘tilgan  ko‘rsatkichlarning  nisbiy  muhimligi  belgilansa,  bu  savolga 
javob qaytarish mumkin. 


 
192 
Texnologika  jarayonning  variantlarini  baholash  va  tanlash  uchun  silliqlash 
kerak  bo‘lgan  ko‘rsatkichlar  orasida  texnologik  ekspertizalarning  mavjud 
amaliyotida quyidagilar taqdim etiladi: 
-  foydalanayotgan  uskunalarga  nisbatan  ko‘rsatkichlar  (uskunalar 
birliklarining  soni,  ularning  avtomatlashtirilganligi  va  ixtisoslanganligi  darajasi, 
yoshli tuzilishi, foydalanish koeffitsienti); 
hodimlarga nisbatan ko‘rsatkichlar (umumiy soni, oliy va o‘rta maxsus 
ma’lumotga  ega  hodimlar, yuqori malakali ishchilar, maxsus qayta tayyorlashdan 
o‘tganlar va boshqalarning ulushi); 
-  jarayonning  yangiligi  darajasiga  tegishli  ko‘rsatkichlar  (“nau-xau” 
ning  barcha  turlarining  umuiy  hajmi,  bitta  ishlovchi  va  ishlab  chiqarish  fondlari 
qiymatining  birligiga  “nau-xau”ning  salmog‘i,  komputerlashtirish  va  marketing 
boshqaruv,  injenerlik  tayyorgarlik  va  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  bo‘yicha 
ishlar qiymati ulushi); 
-  mahsulot  sifatiga  tegishli  ko‘rsatkichlar  (ITI  va  TKIga  xarajatlari 
ulushi,  jahon  standartlarini  qnoatlantiruvchi  mahsulotlarning  ulushi,  importning 
ulushi, 
poligonlar  va  laboratoriya  bazalarining  jihozlanganligi  darajasi, 
mahsulotlarning yoshli tuzilishi); 
-  energiyani  iste’mol  qilishga  nisbatan  ko‘rsatkichlar,  uskuna birligiga 
ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  birligiga,  energiyaning  alohida  turlari  bo‘yicha 
energiyani  sarflanishi,  texnologik  zaruriyatlarga  energiya  xarajatlarining  ulushi, 
umumiy energiyani iste’mol qilish). 
Agar  bunday  turdagi  ko‘rsatkichlar  taqdim  qilingandan  va  ular  ekspertlar 
guruhi  tomonidan  silliqlangandan  keyin  konkordatsiyalash  koeffitsiyentining 
qoniqarli hisoblash miqdori (0 dan ancha katta, ammo 1 dan ancha kichik) olinsa, 
unda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
1.  Ushba  masala  bo‘yicha  ekspertlar  fikrlarining  katta qismini mos kelishini 
tasodifiy  deb  bo‘lmaydi,  ya’ni  ekspertlar  guruhi  to‘g‘ri  shakllangan  va  ularning 
fikricha ishonish mumkin. 
2.  Ekspertlarning  fikriga  ko‘ra  ko‘rsatkichlarning  taklif  qilinayotgan 
majmuasi texnologik jarayonni tanlash uchun to‘liq va ancha muhim bo‘ladi. 
Ekspert  guruhlari  shakllangan,  teshirilgan  va  tasdiqlangandan  keyin  ularni 
haqiqiy  ishlab  chiqarish  sotish  tizimida  vujudga  kelgan  vaziyatni  baholash 
bo‘yicha  jalb  qilish  mumkin.  Bu  yerda  tahlil  qilinayotgan  vaziyat  uchun  xos 
ekspertga taklif qilish mmkin. Quyidagi usullar ma’lum va qo‘llaniladigan bevosita 
baholash,  shu  jumladan  ballar  bo‘yicha  juftga  taqqoslash,  izchil  taqqoslash, 
silliqlash. 
Keyin  ekspert  guruhiga  kiruvchi  ekspertlarning  fikrlarini  aniqlash  va 
ro‘yxatga  olish  tadbirlari  belgilanadi.  U  yoki  bu  aniq  holda  bunday  turdagi 
quyidagi  tadbirlar  ma’lum  va  ulardan  foydalanish  mumkin:  bir  bosqichli  anketa 
so‘rovini  o‘tkazish,  ko‘p  bosqichli  anketa  so‘rovini  o‘tkazish,  teskari  aloqaga 
ega anketa so‘rovini o‘tkazish, munozaralarni o‘tkazish. 


 
193 
Shundan  keyin  ekspertlar  tomonidan  baholanayotgan  vaziyatning  mohiyati 
bo‘yicha  o‘z  fikrlarini  aks  ettirish  natijalarini  ishlab  chiqarish  usulini  belgilash 
kerak.  Bunday  vaziyatlar  uchun  matematik  statistikada  qabul  qilingan  tasodifiy 
miqdorlarni ishlab chiqarishning mlanhur usullaridan foydalaniladi. Statistik ishlab 
chiqarish natijasida olingan baholar miqdorlarini farqlanishida qaror odatda “ovoz 
berish”  bilan  qabul  qilinadi.  Ammo  shuni  esda  tutish  kerakki, ko‘pchilik hamma 
vaqt  ham  haq  emas.  Shuning  uchun  bunday  “ovoz  berish”  asosida  olingan 
xulosalar  albatta  sog‘lom  fikrga  mos  kelishi  kerak.  Umuman  vaziyatni 
baholashning  tavsiya  qilinayotgan  ekspert  usullari  “Delfi”  usuli  nomi  ostidagi 
ekspert  baholari  sifatiga  kiradi.  Bunday  turdagi  usullarning  mohiyati  har  xil 
sohalardan  ekspert  guruhiga  taklif  qilingan  mutaxassislar  fikrlarini  ko‘p  martalar 
izchil  ravishda  anketa  so‘rovini  o‘tkazishdan  ibortdir.  Har  bir  anketada  oldingi 
anketada  bo‘lgan  axborotlar  aks  ettiriladi.  Dars  bo‘yicha  bir  necha  kirishlar 
bo‘lishi mumkin. 
Logistikada  ekspert  usullari  uchun  ishlab  chiqarilgan  –  sotish  tizimining  u 
yoki  bu  tarkibiy  qismlaridagi  joriy  vaziyatni  baholashga  qaraganda  qo‘llashning 
ancha  kengroq  maydonlari  mavjud.  Gap  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishning 
evristik  strategiyalarini  shakllantirish  ekspert  usullari,  ya’ni  bunday  qarorlarni 
ishlab chiqishning evristik qoidalari haqida ketayapti. 
Boshqaruv  qarorining  qabul  qiluvchi  odam  yoki  shaxslari  bu  qarorni 
qandaydir asoslangan mulohozalar asosida qabul qila olishlari uchun dastlabki va 
bashorat  qilinayotgan  vaziyatni  his  etish  va  tahlil  qilish  mumin  bo‘lgan  ba’zi  bir 
ko‘rsatkichlar  majmuasi  asosida  taqdim  etish  zarur  (vaziyatni  omilli  tasavvur 
etish).  
Yutishning 
ehtimoli, 
yutushning 
miqdori, 
yutqazishning 
ehtimoli, 
yutqazishning  miqdori,  hamda  xatarning  kattaligini  huddi  shunday  omillar  deb 
hisoblash  qabul  qilingan.  Bu  aytib  o‘tilgan  omillarni  qanday  baholash  –  bu 
ekspert guruhlari uchun savol bo‘ladi. 
Vaziyat  omillari  bilan  turlicha  ish  olib  borish  mumkin.  Suunga  ko‘ra  tashqi 
va ichki evristik strategiyalar ajratiladi. 
Ichki  evristik  strategiya  har  bir  vaziyatni  omillar  intensivligi  miqdorlarini 
yagona  bir  yo‘l  bilan  tahlil  qilish  kabi  ko‘rib  chiqishdan  iborat  bo‘ladi,  ular  bu 
omillarni  ushbu  aniq  vaziyatdan  oladilar.  Ichki  evristik  strategiya  ikkita  variantda 
amalga oshirilishi mumkin. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish