“Kirish – chiqish modeli” usuli. Belgilangan iqtisodiy obyekt yoki
iqtisodiyot sektoridagi tovarlarning ichki va tashqi oqimlari haqidagi axborotlarga
asoslangan tahlil usuli. Belgilangan chiqishga erishish uchun kiruvchi moddiy
oqim qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Biznesning o‘ziga xos sohalarida
qo‘llaniladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi.
“Kirish – chiqishning iqtisodiy modeli” usuli. Ekonometrik modellar va
kirish-chiqish modellarining kombinatsiyasidan iborat. Kirish-chiqish modeli
ekonimetrik modeldagi uzoq muddatli tendensiyalarni bashoratlash uchun
foydalaniladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |