Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Nazorat va mulohaza savollari



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Nazorat va mulohaza savollari 
 
1.  Logistik tamoyillarning maqsadi haqida nima bilasiz? 
2.  Logistika va savdoni tashkil qilish uchun qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
3.  Tovar harakati bo‘g‘inlarida qanday logistika mavjud? 
4.  Savdo korxonalaridagi logistik xizmatlar haqida nimalar bilasiz? 


 
176 
5.  Logistikani savdoda qo‘llashning asosiy samaradorligi nimalardan iborat? 
 
 
 
 


 
177 
16–bob 
 
 TIZIMLI YONDOSHISH TAMOYILLARIDAGI LOGISTIK 
BOSHQARUV 
 
16.1. Boshqaruvga an’anaviy yondoshishlarni taqqoslash 
 
 
Logistikani  moddiy  oqimlarni  boshqarish  usullari  va  vositalarining 
yig‘indisi  sifatida  belgilash  ushbu  boshqaruv nuqtai nazaridan muhim bo‘lmagan 
bir  qator  omillardan  fikran  boshqa  tomonlarga  ketish  imkonini  beradi.  Shunday 
qilib  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  logistik  zanjirni  tuzish  mumkin  bo‘ladi.  Bu  o‘z navbatida 
ularda  sodir  bo‘layotgan  jarayonlarni  shakllangan  holda  bayon  qilishni  amalga 
oshirish  va  shu  asosda  boshqaruv  qarorlarini  ishlab  chiqishga  imkon  beradi. 
Ko‘rsatib  o‘tilgan  qarorlar  yagona  maqsad  bilan  –  iste’molchilar  tomonidan 
qo‘yilayotgan talablarni qanoatlantiruvchi chiquvchi moddiy oqimni shakllantirish 
uchun ishlab chiqiladi. 
 
Moddiy  oqimning tabiati shundayki, u iste’molchiga yetib borgunga qadar 
ishlab  chiqarish,  omborxona,  transport  bo‘g‘inlarini  o‘tadi.  Moddiy  oqimni 
logistik  jarayonning  turli-tuman  ishtirokchilari  tashkil  qiladilar  va  yo‘naltiradilar. 
Amalga  oshirish  tamoyili  logistika  konsepsiyasida  birinchi  o‘ringa  qo‘yiladigan 
tizimli 
yondoshish 
moddiy 
oqimlarni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  boshqarishning 
metodologik asosi bo‘ladi. 
 
Boshqaruvga  an’anaviy  yondoshishda  logistik  zanjirning  har  bir  bo‘g‘ini 
o‘zining  shaxsiy  maqsadlari  va  samaradorligi  mezonlarini  mo‘ljallovchi  shaxsiy 
boshqaruv  tizimiga  ega.  Logistik  zanjirning  har  bir  oldingi  bo‘g‘inining  ushbu 
bo‘g‘in  boshqaruv  tizimi  ta’siri  ostida  uning  maqsadlari  va  mezonlarini  hisobga 
olish  bilan  shakllangan  chiquvchi oqimni keyingi bo‘g‘in uchun kiruvchi bo‘ladi. 
Ohirgi  bo‘g‘inning  chiquvchi  oqimi  butun  logistik  zanjirning  natija  beruvchi 
moddiy  oqimi  bo‘ladi.  Uning  parametrlari  logistik  zanjirning  bo‘g‘inlaridan  har 
birida izchil amalga oshiriladigan mustaqil boshqaruvchi ta’sirlar natijasida amalga 
oshiriladi.  Shuning  uchun  ham,  boshqaruvning  umumiy  maqsadlari  nuqtai 
nazaridan ular ichki sabablar natijasida vujudga kelgan bo‘ladilar. 
 
Logistik  yondoshishda  boshqaruvchi  ta’sirlar  boshqaruvning  yagona 
logistik  tizimi  tomonidan  boshqaruvning  yangi  obyekti  –  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
oqimga  nisbatan  qo‘llaniladi.  Ushbu boshqaruvchi ta’sirlar tadqiqot qilinayotgan 
logistik  zanjir  samaradorligining  umumiy  maqsadlari  va  mezonlaridan  kelib 
chiqqan  holda  shakllanadi,  chunki  chiquvchi  moddiy  oqimning  parametrlarini 
butunlay oldindan aytib beradigan boladi. 
 
Haqiqiy  logistik  tizimlarni  faoliyat  yuritishi  ham  bu  tizimlar  ichida  va  ham 
ularning  atrof  muhit  bilan  munosabatlarida  murakkab  aloqalar  mavjudligi  bilan 
ta’riflanadi. Bunday sharoitlarda tizimni faoliyat yuritishining asosiy maqsadlari va 


 
178 
ularning  oldiga  qo‘yilayotgan  talablarni  hisobga  olmasdan  xususiy  qarorlarni 
qabul  qilish  yyetarli  bo‘lmasligi  va  hatto  xato  bo‘lishi  mumkin.  Tizimli 
yondoshish qat’iy metodologik konsepsiya ko‘rinishida bo‘lmaydi. U idrok etish 
konsepsiyalarining  o‘ziga  xos  tamiyillarining  yig‘indisi  bo‘lib,  unga  rioya  qilish 
belgilangan tartibda aniq tadqiqotlarni ko‘zlashga imkon beradi. Logistik tizimlarni 
shakllantirishda  tizimli  yondoshishlarning  quyidagi  tamoyillarini  hisobga  olish 
kerak: 
  tizimni  yaratish  bosqichlari  bo‘yicha  izchil  harakatlanish  tamoyili.  Bu 
tamoyilga  rioya  qilish  shuni  bildiradiki,  tizim  avval  makro  darajada,  ya’ni 
atrof  muhit  bilan  o‘zaro  munosabatlarda,  keyin  esa  mikro  darajada,  ya’ni 
o‘z tuzilishining ichida tadqiqot qilishi kerak; 
  loyihalashtirilayotgan  tizimlarning  axborotli  ishonchlilik,  resursli va boshqa 
ta’riflarini moslashtirish; 
  alohida  tizimchalar  maqsadlari  va  butun  tizim  maqsadlari  o‘rtasida  ihtilof 
yo‘qligi tamoyili. 
Tizimli  yondoshishning  mohiyati  uni  tizimlarni  shakllantirishga  klassik 
induksiv  yondoshish  bilan  taqqoslashda  namoyon  bo‘ladi.  Klassik  yondoshish 
xususiydan  umumiy  (induksiya)  ga  o‘tishni  bildiradi.  Ushbu  jarayonga  klassik 
yondoshishda tizimni shakllantirish uni alohida ishlab chiqilgan tarkibiy qismlarini 
birlashtirish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Birinchi bosqichda alohida tizimlarni faoliyat 
yuritishining  maqsadlari  aniqlanadi.  Ikkinchi  bosqichda,  alohida  tizimchalarni 
shakllantirish  uchun  zarur  bo‘lgan  axborotlar  tahlil  qilinadi.  Uchinchi  bosqichda 
birgalikda tizimning ish qobiliyatini tashkil qiluvchi tizimchalar shakllantiriladi.  
  Tizimli yondoshish klassikdan farqli ravishda umumiydan xususiyga izchil 
o‘tishni  ko‘zda  tutadi,  bunda  ko‘rib  chiqishning  asosida  tizim  yaratilayotgan 
yakuniy  maqsad  yotadi.  Tizimli  yondoshishda  tizimni  shakllantirishning  izchilligi 
ham o‘z ichiga bir necha bosqichlarni oladi: 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish