Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 1,07 Mb.
bet23/25
Sana08.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#141615
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
To'xtasinova Malikaxon

UMUMIY XULOSALAR

Malakaviy ishimiz natijasida quyidagi xulosalarni muhim deb hisoblaymiz:

1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid ilmiy pedagogik, psixologik adabiyotlarni o’rganish natijasida biz tadqiq etgan muammo yetarlicha ishlanmaganligidan dalolat berdi.

2. Mustaqil O’zbekistonning, jamiyatimizning istiqboli, rivojlanish hamda taraqqiyot yo’li huquqiy, demokratik, insonparvar fuqorolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bunday jamiyatni barpo etish esa yosh avlodni, jumladan, boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.

3. Maktabda ta’lim jarayonining bosh maqsadi o’quvchilarni uzluksiz rivojlantirib borgan holda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Ijtimoiy munosabatlarga kirishning eng muhim belgisi esa yuksalgan ma’naviyatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham ma’naviy bilim va ko’nikmalarni boshlang’ich sinflardan boshlab rivojlantirib borish bugungi kunda tobora ko’proq ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan metodik qo’llanma, dastur, darsliklarning mazmunini tahlil qilish hamda shu sohada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va ta’lim jarayoni oldiga qo’yilayotgan ijtimoiy buyurtmani o’rganish natijasida, boshlang’ich sinf o’quvchilari ma’naviyatini innovasion pedagogik texnologiyalar vositasida rivojlantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqish pedagogika fanida o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligi aniqlandi.

4. Pedagogika tarixi mazmunida o’z ifodasini topgan ma’naviy tushunchalar, prinsiplar va ulardan foydalanishda qulay psixologik muhit uyg’ota oladigan
metod va vositalarni qo’llash orqali o’quvchilar ongiga ta’sir etiladi. Bu ta’sir o’zaro hamkorlikda ta’sir ko’rsatish – ishontirish tarzida amalga oshirilsa, majbur etish usuli zinhor qo’llanilmasa, tarbiyaviy ta’sir kuchi shunchalik to’laqonli bo’ladi.

5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga yo’naltirilgan ta’limiy materiallarni tanlashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, ruhiy hamda fiziologik imkoniyatlari, umumiy bilim va ko’nikmalarining shakllanganlik darajasi, ma’naviyatga oid bilim va tushunchalarning boshlang’ich sinf o’quvchilari fikrlash doirasiga mos kelishi, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tanlangan ma’naviyatga oid bilimlarning mazmuni keyinchalik yuqori sinfda beriladigan ta’limning poydevori bo’lib xizmat qilishi lozimligini hisobga olish kerakligi tajriba-sinov ishlari natijasida aniqlandi.

6. Amalga oshirgan tadqiqotlarimiz natijasida bizning ajdodlarimiz bolalarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish sohasida katta pedagogik tajriba to’plaganliklari, ushbu merosdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bugungi kunda kuchli ehtiyoj tug’ilayotganligini aniqlashga muvaffaq bo’ldik.

7. Innovatsion texnologiyadan dars jarayonida foydalanish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishi hamda innovatsion texnologiyadan foydalanishning maqsadini aniq belgilab olish lozimligi tadqiqot ishlari jarayonida nazariy jihatdan asoslab berildi.

8. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviyatga oid bilim hamda ko’nikmalari izchil tizim asosida modulli darslar jarayonida integrasiyalashtirilgan o’quv materiallari vositasida muntazam rivojlantirib borilishi natijasida ularning ma’naviy darajasi o’sadi, buni amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari yaqqol ko’rsatdi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish