9.7. Ekologik-iqtisodiy barqaror rivojlanish. Iqtisodiyot tabiiy muhit degradatsiyaga byerilgan, resurslar qashshoqlashgan, aholi salomatligiga putur etkazilgan, atrof-muhit ifloslangan va ekologik vaziyat buzilgan, tabiiy muvozanat jiddiylashayotgan tarzda bo’lsa, taraqqiyot bo’lmaydi. Hudud (mamlakat, o’lka) tabiiy resurslari ekologik jihatdan toza, degradatsiya va qashshoqlashishga byerilmagan, aholi, ishchi va xizmatchilar salomatligi qanoatlanarli, atrof-muhit musaffo bo’lgan taqdirda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Binobarin, iqtisodiyot bilan ekologik sharoit orasida juda ham yaqinlik mavjud bo’lib, ular bir-birini taqozo etadi.
Iqtisodiyot taraqqiyoti ko’p jihatdan minyeral resurslarga bog’liq. Malumki, ular tiklanmaydigan toifaga mansub bo’lganliklari sababli ishlab chiqarish muomalasiga jalb qilingan sari ularning miqdori kamayib boradi. Ekologik-iqtisodiy barqaror rivojlanish tamoyiliga muvofiq hozirda mavjud bo’lgan minyeral resurslarning malum qismi kelajak avlodlarga etkazilishi lozim. Shu jihatdan qaraganda hozirdayoq ushbu minyeral boyliklarning o’rnini egallaydigan muqobil variantli resurslarni topib, foydalanishni boshlash ayni muddao. Elektr enyergiya ishlab chiqarishda ko’proq suv, shamol, quyosh nuridan foydalanish maqsadga muvofiq.O’zbekistonda shamol kuchli esadigan hududlar (Bekobod,Qo’qon,Xovos va b.) bisyor. Quyosh nuri respublika hududida deyarli yil bo’yi sochilib turadi. Bu borada Parkentda elektr enyergiya ishlab chiqaradigan katta maxsus qurilma faoliyat ko’rsatib turibdi. Bunday va undan ko’proq elektr enyergiya ishlab chiqaradigan korxonalar bunyod etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, faqat qatiyyat va harakat zarur.
Tog’lardagi syersuv daryo va yirik soylar gidroenyergiya manbaidir. Ularga mos keladigan GESlarni qurish bilan arzon elektr enyergiya ishlab chiqarish imkoniyatlari etarli.
Ikkilamchi resurslardan foydalanish miqyosini keskin ko’tarish vaqti keldi. Respublikada ko’plab qora va rangli metallom yig’ish imkoniyati bor (faqat Orol dengizining qurishi munosabati bilan uning tub qirqog’i yaqinida ko’plab turli kattalikdagi kemalar, barjalar qolib ketdi, hozir ular korroziyaga uchramoqda).Qog’oz chiqindilar, plastmassa, rezina, shisha idishlari va boshqa toifadagi ikkilamchi resurslarni har yili ko’plab yig’ish mumkin va ulardan sifatli mahsulot tayyorlash imkoni bor. Bular ancha miqdorda xomashyoni tejaydi va atrof-muhitni ortiqcha ifloslanishdan saqlaydi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin; barqaror iqtisodiy rivojlanishni amalga oshirish uchun avvalo qulay ekologik vaziyat va muvozanatni mustahkamlash, ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish hamda tabiat muhofazasini muntazam amalga oshirib borish, resurslardan omilkorlik bilan foydalanishni barcha sohalarda yo’lga qo’yish, iqtisodiy samaraga yerishish ustuvor vazifa bo’lib qolishi va u amalda bajarilishi lozim.
O’zbekistonda tabiat va uning resurslaridan foydalanishning geografik asoslarini ishlab chiqish borasida talay ishlar qilingan, ularning aksariyati amaliyotga yo’naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |