Qisqacha xulosalar
Geoekologik muammolarning tarkib topishi tabiiy geografik qonuniyatlar asosida sodir bo’ladi. Geoekologik muammoni ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy geografik muammo deb qarash lozim. Ularning tarqalish ko’lamiga qarab sayyoraviy (global), regional (hududiy) va mahalliy turlarga ajratiladi.
Sayyoraviy geoekologik muammolar umumbashariyatga taalluqli, uning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ham ancha xatarli.
Hududiy geoekologik muammolar ma’lum yirikroq hududlarga taalluqli.
Mahalliy geoekologik muammolarni Yer yuzasining deyarli istalgan joyida uchratish mumkin. Ular dunyo bo’yicha e’tirof etilmasada, o’sha hududlar uchun etarli tashvish keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |