1.2. Ekologik tizim va uning tuzilishi. Ekologiyaning bosh tadqiqot ob’ekti-ekologik tizimdir, yoki ekotizim. U ma’lum maydondan iborat bo’lib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muhitlari majmuasi moddiy-enyergetik va axborotlarning o’zaro ta’siri bilan birlashgan. “Ekotizim” atamasi ilk bor ingliz botanigi L. Tensli (1935) tomonidan taklif qilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki o’lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. Shuning uchun ham uni organizmlarning xohlagan (masalan, sun’iy akvarium, issiqxona, bug’doy maydoni va boshq.) va murakkab yashash tabiiy muhiti (ko’l, o’rmon, okean)ga nisbatan qo’llash mumkin. Odatda quruqlik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar farq qiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: qora saksovulzorlar taqirli delüta tekisliklarida keng tarqalgan, daraxt-butali to’qayzorlar daryo sohillarida rivojlangan, qamishli qayir ko’llari va boshqalar.
Har bir ekotizimda abiotik komponent-biotop yoki ekotop mavjud bo’lib, unda landshaft sharoitlari bir xilligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ekotizimda biotik komponent-turkum yoki biotsenoz mavjud bo’lib, unda yashovchi barcha tirik organizmlar jamlangan. Biotop hamma turkum a’zolarining yashovchi makoni hisoblanadi. Biotsenoz ko’p turdagi o’simlik, hayvonot olami va mikroorganizmlar vakillaridan iborat bo’lgan guruhlar makonidir. Har bir tur, turli jins va yoshdagi zotlardan iborat ekotizimda mavjud bo’lib, populyatsiya (aholi)ni vujudga keltiradi. Turkum a’zolari makonda bir-birlari bilan juda inoq yashashadi va o’zaro bog’liqdir. Shuning uchun biotop va biotsenoz bir-biridan ajralmaydi va ular bir nom bilan, ya’ni biogeotsenoz, deb ataladi. Biogeotsenoz-elementar tabiiy ekotizim, u tabiiy ekotizimlarning asosiy yashash shaklidir. Biogeotsenoz uchun ma’lum o’simlik turi xos. Shunga qarab bir xil biogeotsenozlarni u yoki bu ekologik turkumga oidligi aniqlanadi (archazorlar, to’qayzorlar, saksovulzorlar va boshq.).
Ekotizimda tirik organizlar o’rtasida murakkab o’zaro ta’sir mavjud. Avvalo yashil bargli o’simliklar (avtotroflar) fotosintez jarayonida uglyerod ikki oksidni qabul qilib kislorod ishlab chiqaradi. Ekotizimda tayyor organik moddalar hisobiga ko’pchilik hayvonlar oziqlanadilar (getyerotroflar), masalan, quyon tayyor o’tni iste’mol qiladi. ßna bir hodisa, kuchli hayvon turi o’zidan kuchsiz bo’lgan hayvon hisobiga oziqlanadi. Chunonchi, quyon hisobiga chiya bo’ri hayot kechiradi, o’z navbatida u boshqa kuchli hayvonga ozuqa bo’ladi va hokazo. Xullas, shu tariqa oziq-ovqat zanjiri vujudga keladi. Bu hodisa ekotizimni o’z vaqtida o’z-o’zidan tabiiy yo’l bilan tozalanib turishiga olib keladi. Shuningdek, ekotizimda o’simlik va hayvonot turlarining (maydon nuqtai nazaridan) bir maromda miqdoriy jihatdan teng bo’lishi ekologik muvozanatni barqaror bo’lishini ta’minlaydi.
Ekotizimda atmosfyera havosi, suv, tuproq, o’simlik, hayvonot olami, ishlab chiqarish va boshqa tabiiy omillar hamda hodisalar ishtirokida murakkab biogeokimyoviy aylanma harakat mavjud. Bunda uglyerod, azot, kislorod, fosfor va boshqa elementlarning yopiq aylanma harakati muntazam sodir bo’ladi. Bu bilan havoning tozaligi, tuproq hosildorligi, o’simliklarning mahsuldorligi va boshqa hodisalarning barqaror me’yorda funktsional yuz byerib turishligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |