Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Ekologik siyosat va uning mazmuni



Download 1,39 Mb.
bet90/120
Sana29.06.2021
Hajmi1,39 Mb.
#105156
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120
Bog'liq
E K O L O G I YA

Ekologik siyosat va uning mazmuni.Tabiat-jamiyat-shaxs tizimida ishlab chiqarishni boshqarish yagona ekologik siyosatsiz tegishli samara byermasligi barchaga ayon. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida tabiiy resurslardan ekstensiv foydalanilgan bir chog’da tabiat muhofazasiga oid ko’plab turli hujjatlar qabul qilingan. Lekin ularga amal qilish faqat qog’ozda mavjud bo’lgan edi. Shuning uchun ham tabiat o’zgarishi, atrof-muhit ifloslanishi, resurslardan foydalanish koeffitsientining pastligi hukm surgan. Bu haqiqiy ekologik siyosat emas edi.

Fan va texnika taraqqiyoti jadallashgan hozirgi vaqtda uning ekologik oqibatlari butun biosfyera miqyosida sezilayotganligi har bir davlatni maqsadga muvofiq holda ekologik siyosat yurgizishga da’vat etadi. Chunki, atmosfyera havosiga, dunyo okeaniga chiqarilayotgan turli chiqindilar oz-ozdan ko’payib boradi.Davrning o’zi, mamlakatda tabiat muxofazasi uchun har bir fuqaro faol kurash olib borishini taqozo etmoqda. Chunki bu falokat hamma uchun keladi. Darvoqe, falokat hamma uchun yagona, demak, har bir fuqaro, jamiyat o’zaro kelishgan holda tabiat muhofazasi uchun faol kurash olib borishini davrning o’zi taqozo etmoqda.

Har bir davlat o’z hududida eng avvalo, ma’lum miqdorda atmosfyera va suv havzalariga chiqarilayotgan chiqindilarni imkoni boricha minimal miqdorda bo’lishi uchun har doim kurash olib borishi lozim. Ular qo’shni davlatlarning havosi, suvi, tuprog’ining ifloslanishiga ta’sir etmasin. Bunday ekologik siyosat, yaxshi va totuv qo’shnichilikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi, qolavyersa butun bir biosfyeraning sog’lom bo’lishini ta’minlaydi. To’g’ri, mamlakat hududida tarkib topgan sanoat, avtotransport chiqindilari atmosfyera havosida sayyora miqyosidagi shamollarning umumiy tsirkulyatsiyasi jarayonlari ta’sirida ma’lum yo’nalishda boshqa davlatlarning hududiga o’tib ketadi. Chunonchi, Frantsiya, Gyermaniya va Angliya hududlaridan ko’tarilgan azot va oltingugurt oksidlari Skandinaviya yarim orolidagi Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya ustida troposfyerada suv bug’lari bilan aralashib shu joylarda “ishqorli” yog’in sifatida tushadi. AQSh ning shimoli-sharqiy hududlaridan ko’tarilgan ishqor hosil qiluvchi gazlar Kanada hududiga o’tib, “ishqorli” yog’in bo’lib tushadi. Shuning uchun ham Kanadadagi 14 ming ko’lda hayot yo’q, Shvetsiyadagi 85 ming ko’l va 100 ming km masofadagi daryo va daryo irmoqlaridagi suv ifloslangan.

Bunday falokatli vaziyatda chiqindi sifatida ko’tarilayotgan moddalarni har bir davlat doirasida obdon tozalanishiga yerishish borasida amaliy harakatlar qilinishi yaxshi samara byeradi. Aks holda bir mamlakatdan ko’tarilayotgan chiqindilar evaziga qo’shni davlatlar zarar ko’rishi mumkin. Bunday qaltis ekovaziyatda zarar keltirayotgan mamlakatlarning ekologik siyosati yuz byerayotgan noxush jarayonning oldini oluvchi amaliy tadbirlarni qo’llashga qaratilishi umuminsoniylikdan, bir-birlariga yaxshi qo’shnichilikdan kelib chiqishi kyerak.

Ekologik siyosatning negizlari, tartib-qoidalari, ilmiy asoslangan kontseptsiyalari, taktika va strategiyasi olim va mutaxasssislar, davlat va jamoat tashkilotlarining yo’l-yo’riqlari asosida ishlab chiqiladi. Ular ma’lum tartibga keltirilgan tarzda davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekistonda ekologik siyosat davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. Respublika Konstitutsiyasining

-47, 48, 50, 51 va 55- moddalarida ekologik qonunlar aniq va ravshan tarzda ifodalangan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Tabiat muhofazasi to’g’risida”gi qonun (9 dekabr 1992 yil) va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar mamlakatning ekologik siyosatini huquqiy qonunlar va qarorlar asosida mustahkamlaydi.

O’zbekistonda ekologik siyosatni amalga oshirishda uning yuqori organlari (Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi) va joylardagi mahalliy hokimiyatlari faol xizmat qiladi.

Ekologik siyosat mamlakat miqyosida tabiatni muhofaza qilish, majmuali monitoring, davlat va jamoatchilik ekspyertizalarini o’tkazish, ekovaziyatni nazorat qilish, tarkib topayotgan nomaqbul hodisa va jarayonlar oldini olish, atrof-muhit tozaligini barqaror saqlab qolish tabiiy muhitning inson uchun qulay barcha xususiyatlarini tabiiy holda bo’lishiga asoslanadi. Ushbu yumushlar bilan shug’ullanadigan barcha muassasalar, ilmiy tashkilotlar, idoralar majmuasini tashkil qilishga undaydi. Ekologik siyosatning mazmuni va uslubiyotlari mamlakat hududida mavjud bo’lgan tabiat muhofazasi tizimiga kiruvchi tayanch muassasa va tashkilotlar, boshqarmalarga asoslanadi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish