10.3. Iqtisodiy bashoratlash bosqichlari. Iqtisodiy muammolarni baholash.
Boshqaruv idoralarining nazoratidan tashqarida bo‘lgan omillarni aniqlash.
Ko‘rsatkichlarning taxminiy maqsad darajalari va ularga erishish uchun chora-
tadbirlarni ishlab chiqish
Moliyaviy dasturni tayyorlash uchun iqtisodiy muammolarga baho berish va
oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘zaro mos keluvchi va bir-biriga zid
bo‘lmagan miqdoriy ko‘rsatkichlar majmuasi ishlab chiqilishi taqozo qilinadi. Buning
uchun taklif qilinayotgan choralarni amalga oshirish natijasida bir-biriga qarama-
qarshi kelmaydigan asosiy sektorlarning hisoblari bashoratlari tayyorlanadi. Bu
hisoblar orasidagi bog‘liqliklar mavjudligini hisobga olgan holda dasturdagi barcha
elementlarining mosligini ta’minlash uchun bunday bashoratlar birin-ketin emas,
balki birgalikda tayyorlanishi talab qilinadi.
Har bir sektor uchun bashoratlar tuzilayotganda ayrim hisoblarni bashoratlash
jarayonida paydo bo‘ladigan masalalar va bunda qanday usullar qo‘llanilishi
lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi. Asosiy e’tibor har doim biror-bir muayyan sektorga
qaratilsada, pirovard maqsad ushbu mamlakat uchun ketma-ket iqtisodiy holatni
ifodalovchi makroiqtisodiy bashoratni tuzish ekanligini esimizdan chiqarmasligimiz
lozim. Birinchi bosqichda “bazis ssenariysi” ishlab chiqiladi. Ushbu ssenariy
mamlakat iqtisodiy siyosati oldingi yilga nisbatan o‘zgarmay qoladi degan faraz bilan
tuziladi. Bazis ssenariysini tuzishdan maqsad – mavjud muammolar o‘zidan o‘zi
yechilib ketadimi yoki o‘z kesinligini saqlab qoladimi yoki yanada kuchayib ketadimi
degan savollarga javob topishdir.
Oldingi yilga nisbatan qaysi iqtisodiy siyosat o‘zgarmay qolishini aniqlash
uchun bir qancha farazlar qilinadi. Masalan, agar amaldagi budjet xarajatlari doimo
bashorat qilingan miqdorlardan katta miqdorda ortiq bo‘lgan bo‘lsa, ushbu
167
amaliyotning davom ettirilishi iqtisodiy siyosatning ma’lum bir elementi o‘zgarishsiz
qolganligidan dalolat berishi mumkin. Хuddi shunga o‘хshab, agar almashuv
kursining o‘zgarishi mamlakat ichidagi inflatsiya sur’atlari bilan tashqi savdo
bo‘yicha sherik mamlakatlardagi inflatsiya sur’atlari orasidagi farqqa qarab
belgilanib turgan bo‘lsa, ushbu yondashishning saqlanib qolishi mamlakat iqtisodiy
siyosati o‘zgarmay qolganligining ma’lum elementi bo‘lib hisoblanadi. Mamlakat
iqtisodiy siyosatiga baho berishda soliq-budjet va pul-kredit sohalari, almashuv kursi
va tizimiy masalalarni qamrab oladigan keng masalalar to‘plamini qamrab olish
muhimdir.
Ma’lum sabablarga ko‘ra, asosiy ssenariylari bir-biridan farqlanishi mumkin.
Bunga sabab, ekzogen o‘zgaruvchilarga aloqador turlicha farazlar va oldingi yilga
nisbatan qaysi iqtisodiy siyosat elementi o‘zgarmay qolishi bo‘yicha turlicha farazlar,
shuningdek hal qiluvchi o‘zaro bog‘liqliklarni bashoratlashdagi turlicha usullarning
qo‘llanilishi bo‘lishi mumkin. Bazis ssenariysini tayyorlashda har doim subyektivlik
elementi mavjud bo‘lsada, o‘zaro bog‘liklarning mosligini ta’minlash uchun ayrim
sektorlarning bashoratlarini ko‘p martalab tekshirib turish talab qilinadi.
Bazis ssenariysi siyosat choralari ssenariysini ishlab chiqishda mo‘ljal vazifasini
o‘taydi. Choralar oldinga qo‘yilgan makroiqtisodiy maqsadlarga erishishi uchun
tadbirlar majmuasiga asoslanishi kerak. Ushbu tadbirlar majmuasini amalga oshirish
natijasida kutilayotgan natijalar bazis ssenariysini siyosiy choralar ssenariysi bilan
solishtirish orqali aniqlanadi.
Iqtisodiy muammolarni baholash.
Iqtisodiy siyosat bashoratini tuzish va tahlil qilish uchun iqtisodiyotning
iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy-siyosiy tizimini, hamda oхirgi yillarda
iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarini tushunish zarur. Shuningdek, iхtiyorda
mavjud bo‘lgan iqtisodiy siyosat yuritishning qanday vositalari borligini ham
aniqlash lozim. Quyidagilarni belgilash talab qilinadi:
Iqtisodiy nomutanosibliklarning хarakteri va ahamiyati. Agar muammolar
qisqa muddatli (siklik, mavsumiy va h.k.) хarakterga ega bo‘lsa, faqat oraliq
168
moliyashtirish talab qilinishi yoki vaqtincha хalqaro zaxiralardan foydalanish
mumkin. Chuqurroq nomutanosiblikning mavjudligi tezda kuchli tuzatish choralari
qo‘llanilishini taqozo qiladi.
Nomutanosiblik sababi (sabablari). Agar muammoning asosida katta
miqdordagi davlat budjetining kamomadi yotgan bo‘lsa, ushbu sohada tuzatishlar
kiritilishi lozim. Agar muammo tashqi omillar hisobiga paydo bo‘lgan bo‘lsa,
masalan, tashqi savdo sharoitlarining yomonlashuvi sababli, TBning joriy
operatsiyalar hisobi saldosini yaхshilashga qaratilgan choralar ko‘rilishi yoki
almashuv kursiga tuzatishlar kiritish imkoniyati ko‘rib chiqilishi talab qilinadi.
Boshqaruv idoralarining nazoratidan tashqarida bo‘lgan omillarni aniqlash.
Tashqi sektor bashoratlari tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalarga bog‘liq
bo‘lganligi sababli, ularda dunyo iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, tashqi
savdo ayrim moddalariga narхlarning o‘zgarishi, dunyo foiz stavkalari va sherik va
raqobat mamlakatlardagi talab va ishlab chiqarish hajmlaridagi o‘sish sur’atlari kabi
ko‘rsatkichlar albatta hisobga olinishi lozim. Ushbu ko‘rsatkichlarning bashoratini
turli хususiy va davlat tashkilotlaridan va хalqaro moliya tashkilotlaridan olish
mumkin. Shu bilan birga, bunday bashoratlar yuqori darajadagi noaniqlik хarakteriga
ega va shuning uchun tashqi omillardagi tebranishlar bashorat qilinayotgan
ko‘rsatkichlarga qanchalik ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilish kerak.
Ko‘rsatkichlarning taхminiy maqsadli darajalari va ularga erishish uchun
chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Bazis ssenariysida dastlabki maqsadli ko‘rsatkichlar kelgusida ham hozir olib
borilayotgan siyosat o‘zgarmay qoladi degan faraz asosida aniqlanadi. Bazis
ssenariysi siyosiy choralar ssenariysidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab
chiqishda asos bo‘lib хizmat qiladi. Siyosiy choralar ssenariysida bazis ssenariysidan
farqli o‘laroq, dastavval maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi, so‘ngra esa ushbu
maqsadga erishish uchun zarur choralar aniqlanadi.
Maqsadli ko‘rsatkichlar tarkibiga, odatda TB ko‘rsatkichlari, inflatsiya darajasi
va real ishlab chiqarish (o‘sish sur’atlari) kiradi. TB ko‘rsatkichlariga joriy
169
operatsiyalar hisobining saldosi yoki хalqaro zaxiralarni kiritish mumkin; ular o‘rta
muddatda TBning talabga javob beradigan holatini ta’minlashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |