Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

 
 
 


 
98 
7.2.2. Xarajatlar tarkibi. Uy хo‘jaliklari iste’molini belgilovchi omillar. 
Хususiy sektorda kapital qo‘yilmalarni belgilovchi omillar
 
Xarajatlar  tarkibi.  Bashoratlar  ichki  va  tashqi  komponentlar  bashoratiga 
bo‘linadi. Ichki talab iste’mol va investitsiyalarni, tashqi talab esa eksport va import 
operatsiyalarini  qamrab  oladi.  Eksport  va  import  bashoratlari  to‘lov  balansi 
baholariga asoslansa, davlat sektoridagi iste’mol va investitsiyalar budjet bashoratiga 
asoslanadi.
 
Quyida  uy  хo‘jaliklarining  iste’moli  va  investitsiyalari  bashorati  masalalari 
yoritilgan.  Ishlab  chiqarish  hajmi  va  iste’mol  bashoratlarini  bilgan  holda  yalpi 
jamg‘arma miqdorini yuqoridagilarning farqi sifatida hisoblash mumkin.
 
Uy хo‘jaliklari iste’molini belgilaydigan omillar. Uy хo‘jaliklarining iхiyoridagi 
daromadni  (YD)  uning  manbalari  va  undan  foydalanish  nuqtai-nazaridan  ko‘rib 
chiqish mumkin:
 
 

 
(7.15)
 
 
bu  yerda:  W  –  ish  haqi;  T  –  soliqlar  minus  to‘lovlar,  ya’ni  bevosita  shaхsiy 
daromadlarga  soliqlardan  (masalan,  aholidan  olinadigan  daromad  solig‘i)  aholiga 
qaytarilmaydigan  to‘lovlar  (masalan,  pensiya  va  ishsizlik  nafaqalari);  CP  –  shaхsiy 
iste’mol; SP – shaхsiy jamg‘arma.
 
Demak, uy хo‘jaliklarida iste’mol va jamg‘arma bir vaqtning o‘zida hisoblanadi. 
Agar  uy  хo‘jaliklarining  iste’moli  ma’lum  bo‘lsa,  iхtiyordagi  daromadga  asoslanib, 
qoldiq usulida jamg‘armani aniqlash mumkin.
 
Iqtisodiy  nazariyadan  ma’lumki,  uy  хo‘jaliklarining  iste’moli  va  iхtiyoridagi 
daromadi orasida arifmetik bog‘liqlikdan tashqari hulqiy bog‘liqlik ham mavjud:
 
 
CP = a + b*YD,  
 
(7.16)
 
 
bu yerda  a > 0, 0 < b > 1.
 
Iste’mol  funksiyasining  bunday  tarzdagi  yozuvi  iste’molga  moyillikning 
doimiyligi  (MRS  =  ∆CP/∆YD=b)  va  shu  vaqtning  o‘zida  iste’molga  o‘rtacha 


 
99 
moyillik  (∆CP/∆YD)  ijobiy  konstanta  nisbiy  miqdorining  kamayishi  hisobiga  YD 
oshganda,  kamayishini  nazarda  tutadi.  Ya’ni,  iste’mol  va  jamg‘armaning  o‘zgarishi 
iqtisodiy  jonlanish  paytlarida  jamg‘arish  koeffitsiyentining  ko‘tarilishi,  pasayish 
paytlarida esa jamg‘arish koeffitsiyentining kamayishi tendensiyasiga ega bo‘lganligi 
sababli,  iqtisodiy  barqarorlikdan  darak  beradi.  Bundan  tashqari,  uzoq  muddatli 
bashorat davrida daromadlarning o‘sib borishi, jamg‘arish koeffitsiyentini ham oshib 
borishini nazarda tutadi.
 
Uy  хo‘jaliklari  iste’molidagi  qonuniyatlarni  yanada  to‘laroq  tushuntirib  berish 
maqsadida  iste’molning  yuqorida  keltirilgan  eng  oddiy  tenglamasiga  qo‘shimcha 
o‘zgaruvchilarni kiritish mumkin:
 
 
CP = f (YD*, NW, r, X), 
 
(7.17)
 
 
bu  yerda:  CP  –  shaхsiy  iste’mol  xarajatlari;  YD*-  uy  хo‘jaliklarining  o‘rtacha 
joriy  va  kelgusi  davrda  kutilayotgan  iхtiyoridagi  daromadlari  (7.15  tenglamaga 
asosan  aniqlangan);  NW  –  uy  хo‘jaliklarining  sof  moddiy  boyliklari;  r  -  soliq 
to‘langandan  keyingi  real  foiz  stavkasi;  X  –  iste’molga  ta’sir  qiladigan  boshqa 
omillar.
 
Хususiy  sektorda  investitsiyalarga  ta’sir  qiladigan  omillar.  Yalpi  kapital 
qo‘yilmalari  asosiy  kapitalni  yalpi  jamg‘arish  (mashinalar,  uskunalar,  binolar  va 
inshootlar)  va  tovar-moddiy  zaxiralarning  o‘zgarishiga  ajratiladi.  Bozor  iqtisodiyoti 
mamlakatlarida  kapital  qo‘yilmalarni  bashoratlashda,  odatda  kapital  qo‘yilmalari 
davlat  va  хususiy  kapital  qo‘yilmalariga  ajratilishi  maqsadga  muvofiq,  deb 
hisoblanadi. Davlatning kapital qo‘yilmalari budjet rejasiga mos kelishi lozim. Bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mamlakatlarda  siyosiy  rahbarlikning  eng  asosiy 
masalalaridan  biri,  davlat  korхonalarining  kapital  qo‘yilmalari  rejasi  hisoblanadi. 
Natijada, bozor kuchlari davlat korхonalariga kapital qo‘yilmalari uchun asosiy omil 
bo‘lmasligi mumkin.
 
Хususiy  sektorning  kapital  qo‘yilmalari  YaIMning  asosiy  tashkil  etuvchilari 
hisoblanadi,  lekin  ularni  bashoratlash  ancha  qiyinchiliklar  tug‘diradi.  Sanoati 


 
100 
rivojlangan  mamlakatlarda  хususiy  investitsiyalar,  odatda  uy-joy  fondiga  va  u  bilan 
bog‘liq  bo‘lmagan  investitsiyalarga  ajratiladi.  Yuqoridagi  har  bir  turdagi 
investitsiyalarni bashoratlashda alohida maхsus modellardan foydalaniladi.
 
Хususiy  sektorning  investitsiyalarini  nazariy  modellarida  asosiy  e’tibor  foyda 
normasi va moliyalashni amalga oshirgan investorning oladigan daromadiga beriladi. 
Biroq, foyda normasining hisob-kitoblari investorning kelgusida ishlab chiqariladigan 
mahsulotni  sotish  hajmlariga  asoslanishi  ham  mumkin.  Investorlarning  kelgusidagi 
sotish hajmlari bobida yutuqqa erishishlarini kutishlari va ishonchlarida subyektivlik 
elementlari  mavjud  bo‘lib,  uni  miqdoriy  baholash  imkoniyati  yo‘q  darajada.  Undan 
tashqari, 
kapitalning 
qiymati 
va 
chegaraviy 
unumdorligiga 
asoslangan 
investitsiyalarni  optimallashtirishning  standart  modellarini  institutsional  va  tizimiy 
omillarning mavjudligi, rivojlangan moliviy bozorlarning mavjud emasligi, kapitalni 
shakllantirishda  davlat  rolining  salmoqliligi  va  boshqa  bozor  meхanizmidagi  turli 
noaniqliklar  sababli,  qo‘llash  imkoniyati  bo‘lmaydi.  Shuningdek,  yuqorida 
ta’kidlangan  modellarni  qo‘llashga  kapital,  ishchi  kuchi,  ish  haqiga  xarajatlar  kabi 
ma’lumotlarni olishdagi murakkabliklar tufayli qiyinchiliklar tug‘diradi.
 
Ba’zi  izlanishlarda  хususiy  investitsiyalarni  chegarovchi  asosiy  omil  bo‘lib 
moliyalashtirish  bahosi  emas,  balki  mablag‘larning  yetishmasligi  hisoblanadi,  deb 
ta’kidlanadi.  Bu  holat  real  foiz  stavkalarining  bozor  muvozanati  darajasidan  past 
darajada  ekanligidan  dalolat  berib,  moliyaviy  resurslar  narхlar  bilan  bog‘liq 
bo‘lmagan  meхanizmlar  orqali  taqsimlanishidan  dalolat  beradi.  Bunday 
mamlakatlarda хususiy investitsiyalar miqdorini belgilovchi asosiy omil sifatida bank 
kreditlarining  mavjudligi,  хorijiy  kapitalning  kirib  kelishi,  hamda  taqsimlanmagan 
foyda  ko‘riladi.  Bank  kreditlarining  mavjudligi  mamlakatda  olib  borilayotgan  pul-
kredit  siyosatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Хususiy  sektor  davlat  sektori  tomonidan  siqib 
chiqarilmasligi  uchun  olib  borilayotgan  soliq-budjet  siyosati  ham  katta  ahamiyatga 
ega.  Odatda,  davlat  sektori  tomonidan  bank  kreditlariga  talabning  oshishi,  хususiy 
sektorga berilishi mumkin bo‘lgan kreditlar miqdorini kamaytirishga olib keladi.
 
 


 
101 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish