Suvda eruvchanligiga ko‘ra barcha mineral o‘gitlar shartli ravishda uchta
guruhga bo‘linadi: 1) to‘la eriydigan o‘gitlar (barcha azotli va kaliyli o‘gitlar,
ammofos va diammofos); 2) chala eriydigan o‘gitlar (pretsipitat, superfosfat,
qo‘shsuperfosfat, kalimag, nitrofoskalar); 3) erimaydigan o‘gitlar (aksariyat
fosforli o‘gitlar, ohak, gips).
1-2 g chamasi o‘git toza probirkaga solinadi va 15-20 ml distillaggan suvda
eritiladi. Agar o‘git suvda erisa, eritma uchta toza probirka va bitta chinni
kosachaga bo‘linadi va ularga navbat bilan NaOH, BaCl
2
, AgNO
3
va difenilamin
eritmalari ta’sir etdiriladi.
O‘yuvchi natriy o‘git tarkibida ammiak borligini aniqlashga yordam beradi.
Probirkadagi o‘git eritmasiga kamroq miqdorda ishqor eritmasi tomiziladi va
aralashma gaz alangasida qizdiriladi. Qizil lakmus qogozning ko‘karishi yoki
o‘ziga xos hidning chiqishi ammiak borligidan dalolat beradi (demak,
o‘rganilayotgan o‘git NH
4
NO
3
, (NH
4
)
2
SO
4
yoki NH
4
Сl lardan biridir.
Bariy xlorid eritmasi qo‘shilganda oq rangli ogir cho‘kmaning tushishi, o‘git
tarkibida SO
4
2-
ioni mavjudligidan darak beradi. Agar hosil bo‘lgan cho‘kma
kuchsiz xlorid yoki sirka kislotada erimasa, bu cho‘kma haqiqatdan ham BaSO
4
bo‘ladi. Bundan ushbu o‘git (NH
4
)
2
SO
4
, K
2
SO
4
, KCl• MgSO
4
•3H
2
O lardan biri
hisoblanadi.
Kumush nitrat eritmasi o‘git tarkibida xlor yoki fosfat kislota borligini
aniqlashda yordam beradi. Agar reaksiya natijasida oq iviqsimon cho‘kma (AgCl)
hosil bo‘lsa, o‘git tarkibida xlor mavjud (KCl, KCl• MgSO
4
•3H
2
O, KCl +
m
KCl•
n
NaCl); sariq cho‘kma tushsa yoki eritma sargaysa o‘git o‘z tarkibida fosfor tutadi
(superfosfat, pretsipitat). Superfosfatni (oq yoki och kulrang granula) pretsipitatdan
(kulrang jilvali oq kukun) farqlash uchun ko‘k lakmus qogoz va bariy xloriddan
foydalaniladi. Pretsipitat eritmasiga botirilgan ko‘k lakmus o‘zgarmaydi,
superfosfat eritmasida esa qizaradi. Superfosfat tarkibidagi gips (CaSO
4
) bilan
ta’sirlashgan BaCl
2
oq cho‘kma hosil qiladi, pretsipitatda bu narsa kuzatilmaydi.
O‘git eritmasi tarkibida kalsiy mavjud bo‘lsa, ammoniyning shovul kislotali
tuzi eritmasi ta’sirida cho‘kma tushadi.
Selitralar (Ca(NO
3
)
2
, NaNO
3
, KNO
3
) larning eritmalari difenilamin ta’sirida
ko‘k rangga o‘tadi.
O‘gitlarning ko‘mir cho‘giga munosabati asosida azotli va kaliyli o‘gitlarni
bir-biridan farqlash mumkin. Pichoq uchida olingan kaliyli o‘git ko‘mir cho‘giga
tashlansa, o‘zgarmaydi, ba’zan chirsillaydi. Selitralar esa, ko‘mir cho‘gida o‘ziga
xos ovoz chiqarib yonadi. Ammiakli selitra ko‘mir cho‘gida eriydi, qaynaydi va
ammiak hidini chiqaradi. SHuningdek, bu o‘gitlar alanga ranggiga ham o‘ziga xos
ta’sir ko‘rsatadi. Qoshiqchadagi o‘git gaz alangasiga tutilganda, alanga
apelsinsimon-sariq ranga o‘tsa – natriyli selitra, alanga binafsha rangga o‘tsa,
kaliyli selitra hisoblanadi.
Kaliyli o‘qitlarni bir-biridan zarrachalarining ko‘rinishiga qarab ajratish
mumkin. Agar o‘git yirik pushti va mayda oq rangli zarrachalar aralashmasidan
iborat bo‘lsa, kaliy xlorid (KCl), mayda pushti va oq zarrachalar aralashmasidan
iborat bo‘lsa, kaliy tuzi (KCl +
m
KCl•
n
NaCl), oq,pushti va ko‘k zarrachalar
aralashmasidan iborat bo‘lsa, silvinit (
m
KCl•
n
NaCl) hisoblanadi.
9-rasm.Silvinit m КСI + n NaCI tarkibida 12-15% K
2
О ва 34-38% Na
2
O hamda 52-55%
CI boladi. Tashqi korinishidan yirik, har-hil rangli-oq pushti, qongir va kok rangli kristallar
aralashmasidir, suvda yahshi eriydi.
Ma’lumki,
qishloq
xo‘jaligida
nitrofos, nitrofoska, nitroammofos,
nitroammofoska, ammofos, diammofos kabi murakkab va murakkab-aralash
o‘qitlardan ham keng foydalaniladi. Bu o‘gitlar bir paytning o‘zida 2-3 ta oziq
elementi (NP, NPK) sulfat ionlari, xlor va kalsiy tutgani bois tahlil bir oz
boshqacha tarzda amalga oshiriladi: chinni havonchada maydalangan o‘gitdan 1 g
chamasi olib, toza probirkaga joylanadi, ustiga 15 ml distillangan suv quyiladi va
aralashtirib turgan holda 5 daqiqa qizdiriladi. CHo‘kma tushib bo‘lgach, tiniq
eritma 5 ta probirkaga teng bo‘linadi va ularga quyidagi moddalar ta’sir ettiriladi:
1) NaOH (ammiak ajralishi yoki Ca(OH)
Do'stlaringiz bilan baham: