97
4. Yangi davrda fanlarning rivojlanish jarayonida falsafada
qanday ajralishlar sodir bo‘ldi?
a) sxolastika va din;
b) sxolastika va tabiat;
v) tabiat va din;
g) falsafada ajralishlar bo‘lmadi;
98
4-MAVZU. BORLIQ–FALSAFA KATEGORIYASI
Borliq tushunchasining tahlili
Borliq falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq
va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masa-
lalarning keng doirasi o‘rganiladi, mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan
barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. Dastlab Aristotel’ tomo-
nidan asos solingan ontologiya tushunchasi 1736-yilda Kristian
Vul’f tomonidan olam haqidagi falsafiy bilimning ifodasi sifatida
ilmiy muamalaga kiritilgan. Rudol’f Goklenius narsalarning mav-
humligini ifodalash uchun “ontologiya” tushunchasidan foydalan-
gan. U uch xil - fizik, matematik va transnatural mavhumlikni
farqlagan. Transnatural mavhumlik Xudo obrazida o‘z ifodasini
topgan.
“On” - yunoncha hozirgi zamoni bo‘lib “bo‘lmoq” va “logos”
so‘zidan nimanidir haqida gapirmoq degan ma’nolarni anglatadi. Shu
bois, ontologik nutqning asosi mazmunini mohiyat tashkil etadi.
Shunga ko‘ra falsafa yoki fan narsalarning mavjudligini o‘rganadi.
Maxsus fanlar faqatgina mavjud narsalarni o‘rganadi. Masalan,
fizika fani barcha narsalarning fizik xossasini o‘rganadi. Biologiya
esa, tirik mavjudotlarning tirikligini o‘rganadi. Ontologiya olamdagi
narsalarning barcha jihatlarini o‘rganadi. “Mavjudlik” ontolo-
giyaning asosiy xossasi va u bor bo‘lmoq fe’lidan tashkil topadi. Shu
bois, umum qabul qilingan falsafa tilida u ontologiya deb ham
ishlatiladi.
Hozirgi davrda «Ontologiya» atamasi (yunoncha ontos – borliq,
logos – so‘z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’nada
foydalaniladi. Ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning
negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa
falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Borliq haqidagi fan – ontologiya qadim zamonlardayoq
falsafaning muhim qismi hisoblangan. Borliq kategoriyasi dunyoda
hamma narsaga xos bo‘lgan xususiyatning o‘ta umumiy tavsifi
sifatida vujudga kelgan. Falsafada ontologiya umumiy jihatlarni
obyektlarning fizik xossalarida ham, nofizik (kimyoviy, biologik,
ijtimoiy) xossalarida ham izlaydi. Shunga qaramay har qanday
99
ontologiya qanoatlantirishi lozim bo‘lgan bir mezon mavjud:
insoniyat
ijtimoiy-tarixiy
amaliyoti
rivojlanishining
mazkur
bosqichida u mavjud bilimlar bilan ziddiyatga kirishmasligi kerak.
Turli ontologik konsepsiyalar bu mezonni turli darajada
qanoatlantiradi. Sun’iy o‘ylab topilgan, fanga tayanmaydigan
ontologik konsepsiyalar tajriba bilan to‘qnashuvni chetlab o‘ta
olmaydi. Mazkur mezonga materialistik ontologiya ko‘proq mos
keladi, zero uning zamirida jamiyat to‘plagan tajribani umum-
lashtirish yotadi.
Falsafiy nuqtai nazardan ontologik konsepsiya mavhum
tushunchalarni va borliqning umumiy tamoyillarini spekulyativ
tarzda tuzish yo‘li bilan yaratilmasligi kerak. Bu yo‘l tafakkurning
voqelikdan uzoqlashishiga olib boradi. Tamoyillar va tushunchalar
tabiatga muqarrar va shak-shubhasiz haqiqatlar sifatida bog‘lan-
masligi kerak. Aksincha, ular tabiatni o‘rganishdan, fan to‘plagan
borliqni bilish tajribasini umumlashtirishdan keltirib chiqarilishi
lozim.
Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi
inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat
markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim
yaratgani» haqida gapirib berishni, falsafa «borliqning nimaligi, u
qayerdan paydo bo‘lgani va qayerga yo‘qolishi»ni oqilona
tushuntirish bilan shug‘ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish
jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob
topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur
tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi.
«Borliq» falsafiy kategoriyasi dunyoning ayniqsa keng tarqalgan
tillarida ayni bir ma’no – «bo‘lish», «mavjud bo‘lish», «hozirlik»,
«hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. Jahonning
aksariyat tillarida yuqorida sanab o‘tilgan va ma’no jihatidan unga
yaqin fe’llar negizini tashkil etadigan «bo‘lmoq» fe’li, o‘zining
bevosita ma’nosidan tashqari, yordamchi fe’l sifatida ham faol
ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud
100
emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq
tom ma’noda universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks
ettiriladi: o‘zbek tilida - «bo‘lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis
tilida – ist va h.k.
Shunday qilib, «borliq» va «yo‘qlik» kategoriyalarining o‘ziga
xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki,
ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular «bo‘lmoq»
fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar
hisoblanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki
yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, oqlik bor, aks
yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: