Inson kamolotida did – fahm – farosat uyg‘unligi
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. u
ranjish, nomunosib holat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda
munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kamdan kam
hollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli” degan so‘zlarni
ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika
ilmiga tegishli bo‘lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did –
go‘zallikka munosabat orqali namoyon bo‘ladi. Har uchchala
hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm – aqliy,
farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa,
estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi.
Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan
umumiylikdan iboratdir.
621
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, didsizlik va farosatsizlik
insonning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik
qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko‘ringan, istarali bo‘lishga intilgan,
muomalali inson har doim ham go‘zal ishlarni qilavermasligini fahm,
farosat, did yordamida ajratib olishimizga to‘g‘ri keladi. Inson
ma’naviyatining yuksalishi uning fazilati bilan bog‘liq ekan, bu
jarayon albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi.
Farosat ilmi kishining ichki dunyosi bilan tashqi ko‘rinishi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganuvchi ilmlar sirasiga kiradi. O‘tmishda
farosat ilmi nozik va nazokatli ilm sifatida o‘rganilgan. Chunonchi,
olmon mumtoz falsafasining vakili Immanuil Kant bu ilmga “botiniy
olamni o‘rganuvchi ilm” deb ta’rif bergan edi. Qomusiy olim Abu
Rayxon Beruniy “Kishining ko‘ngli kelishgan va tartibli har bir
narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan nafratlanadi” - degan hikmati esa
mohiyatan farosat bilan masalasiga dahldor. Bundan tashqari, o‘rta
asrlar Musulmon Sharqi allomalaridan al-Kindiy farosatning hikmati,
fazilati va ahamiyatiga doir “Risolai fil farosa” (X asr) deb
nomlangan maxsus asar yozgan bo‘lsa, Husayn Voiz Koshifiy
o‘zining mashhur “Axloqi muxsiniy” asarining 34-bobini “Farosat
bayoni”ga bag‘ishladi. Shuningdek, turkiy tilda Uzun Firdavsiy (XVI
asr)ning “Farosatnoma” asari ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga boyligi
bilan ahamiyatlidir. Manbalarda hakimlardan biri tomonidan taqdim
etilgan farosat to‘g‘risidagi kitobni shoh Anushirvon har doim o‘zi
bilan olib yurgani va hamisha u kitobni mutolaa qilib, uning mazmuni
bo‘yicha hukm chiqarganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Estetika ilmida farosat did tushunchasining tarkibiy qismi
sanaladi. Farosat o‘ziga xos estetik tushuncha sifatida mohiyati aqlga
borib taqaladi. Odatda, yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘ra-bilib turib,
yomg‘irpushsiz va soyabonsiz yo‘lga chiqqan odamni fahmsiz,
chang, loy poyafzalini yechmay, gilamni bosib, ichkariga kirgan
odamni farosatsiz deb ataymiz. Shunga ko‘ra, fahm - aqliy, farosat -
axloqiy, did - estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchchala
qobiliyatning ham ibtidosi, tabiiy-tug‘malikka borib taqalsa-da, ular
o‘zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali ro‘yobga
chiqaradi. Shuning uchun Sharq allomalari tarbiya jarayonida
farosatning zarurligi masalasiga jiddiy e’tibor qaratganlar.
622
Chunonchi, Sharqning buyuk voizi, notiqlik san’ati
nazariyotchisi Husayn Voiz Koshifiy “farosat” so‘zining lug‘aviy
ma’nosiga “biror narsaning yaxshi va yomon xususiyatini ko‘rib
aniqlashdir. Istilohiy ma’nosi esa umumiy bo‘lib, joning su’ratidagi
zohir holini mushohada qilib, uning ichki mohiyatidan ogoh
bo‘lishdir”, - deya ta’rif beradi. U hatto farosat hukumat ishlari
orasidagi ulug‘ shartlardan biri ekanligini e’tirof qilib, biror bir
voqea haspo‘shlanganda, asl mohiyati pinhon tutilganda va adolat
mezoni buzilganligi yashirilsa qonun himoyachisi bu hodisani
farosat nuri bilan topib, da’vogarlar so‘zlariga e’timod qilmasligini
uqtiradi.
Alloma talqinida farosatning ahamiyati bir jihatdan ulug‘larning
“Hukumat ziynati farosat zevari bilan go‘zaldir” degan qoidasiga
asoslanadi. Ikkinchi jihatida esa “Har bir narsa farosat ahlidan
yashirin emas, farosat Haq Taoloning mo‘min bandaga bergan nuri”
degan tamoyil ustuvor. Bu tamoyilning mohiyatini esa payg‘am-
barimiz (s.a.v)ning “Qo‘rqinglar mo‘min farosatidan, u Xudo nuri
bilan qarab har narsaning zamiriga yeta oladi”, - degan hadis
asoslaydi.
Koshifiy farosatni ikki qismga ajratadi. Birinchisi - shar’iy
farosat bo‘lib, unda pok va sof ko‘ngilli kishining ko‘zidan ko‘tarilib,
farosat nuri bilan haqiqatni anglab yetadi. Ikkinchichi - hukmiy
farosat bo‘lib, donishmanlar uni tajriba bilan topadilar va dalillarini
kishining shakli va shamoyilidan mushohada qilib, aniqlaydilar.
Odatda, aksariyat holllarda bu usul kishi haqida to‘g‘ri ma’lumotni
bergan. Alloma har ikkala farosatga shoh Anushiravon va Aflotun
hakim hayoti bilan bog‘liq talaygina misollarni keltiradi ... Alloma
inson aksar ish binosini farosat dalillariga qo‘yish kerak va o‘zining
pok zehni, tafakkuri, mulohazasiga ham murojaat qilishi lozim.
Chunki, tashqi ko‘rinishlarida yomonlik nishonasi bor toifa ichidagi
kishilar Haqdan fayzu ilhom topib, o‘z ahvolini o‘zgartirganlaridan
voqif va ogoh bo‘lishga harakat qilish zarurligini uqtiradi:
Farosatdan ko‘ngilga ko‘z ochilg‘ay,
Hamma holatni ul ma’lum qilg‘ay.
623
Ma’lumki, so‘z sermazmun bo‘lib, u ko‘p narsalarga dalolat
qiladi. Bir so‘zning o‘zini turli holatlarda, turlicha ma’noda qo‘llash
mumkin. Binobarin, so‘zni to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri ishlatish,
uning ma’nolarini iloji boricha mukammal bilish uchun ham kishidan
farosat talab etiladi. Bu borada “Allomalar ibrati” (Toshkent, 1982)
nomli kitobda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning
yuksak farosati bilan bog‘liq qiziq rivoyat keltirish mumkin. Uning
mazmuni quyidagicha: bir kuni yasovulboshi bir yigit va bir qizni
Umarshayx Mirzoning kabutarlarini o‘ziga o‘rgatib olmoqchi
bo‘lganlikda ayblab, ularni jazolash maqsadida shohning huzuriga
keltiradi. Shoh voqeani eshitib, yasovulga “Unday bo‘lsa alar boshini
olib ...” deyishi bilan birdan yo‘tal tutib qoladi. Yasovulboshi har
ikkisini boshini kundagi qo‘yayotgan paytda shohning suyukli
farzandi Bobur Mirzo yasovulboshiga qarab, “Otam ularning boshini
oling demadilar. Oliy hazrat alarni bu yurtdan bosh olib chiqib ketsin,
deb buyurmoqchi edilar” - deydi. Yasovulboshi qatlni to‘xtatib
shohning huzuriga boradi va unga Bobur Mirzoning gaplarini aytadi.
Shunda Umarshayx saroy ahli oldida o‘rnimga podshoh bo‘ladi, deb
yurgan farzandining so‘zini ikkita qilib qo‘ymaslikni o‘ylab: “Mirzo
haq gapni aytibdur. Men alarni boshini oling demoqni hayolimga ham
keltirgan emasman” deydi. ... Bobur Mirzoning marhamati tufayli
ikkita yosh jallod kundasidan omon qoladi. Bu rivoyatning mazmuni
ayni paytda Umarshayx Mirzoni ham Bobur Mirzoni ham yuksak
farosatli kishilar bo‘lganligini ifodalaydi.
Sharq allomalaridan Burhoniddin az-Zarnujiy (XII asr)ning
“Ta’lim al-mutaallim – Ilm oluvchiga ta’lim-tarbiya” asarida
“Shijoat – bir lahza sabr”, degan hikmatni uchratamiz. Sabr, qanoat
esa farosatni yuksaltiruvchi axloq me’yorlaridir. Ayniqsa, ilm
istovchining farosati aynan shunga. Chunonchi, tolibi ilm uchun
keragi shulki, deydi alloma, - bir ustozga sabot ila sabr aylasin.
Biror kitobga ham, hatto uni (mutolaa qilishda, undan dars olishda)
noqis (chala) tark qilmasin. Biror fanga ham, hatto birinchisini
mustahkam qilishdan avval boshqa fan ila mashg‘ul bo‘lib
ketmasin. Sherik ihtiyor qilish va uni tanlashda esa harakatchan,
parhezkor, to‘g‘ri ta’b sohibi va fahm-farosatlisini ixtiyor qilishi
darkor. Dangasa, bekorchi, ko‘p gapiruvchi, fisqu fasodga berilgan
fitnachi (sherik)dan qochsin.
624
Alloma ilm tolibining farosati o‘z ustoziga bo‘lgan
munosabatida ham namoyon bo‘lishini uqtiradi. Tolibning farosati
ustozga ulug‘lik keltiradi, deydi: “Muallimni ulug‘lashning
jumlasidan biri uning oldiga tushib yurmagay, uning o‘rnida
o‘tirmagay. Muallim oldida faqat uning izni ila gap boshlagay...
Kimningki ustozi undan ozor topsa, ilmning barakasidan mahrum
qoladi, ilmida ozginagina foyda topadi.” Beruniy nafosat va nafis
didni, adabiyot va she’riyatni insonlarning talabi vujudga keltiradi,
deb ta’riflagan edi. Uning ta’kidlashicha, madaniylashgan kishilar
ichidan chiqqan nozik (tabiatli) odamlar ko‘ngil ochar, shodlik
bag‘ishlaydigan joylarga borib turishni odat qiladilar, bunday
joylarga faqat nozik tabiatli kishilargagina emas, boshqa musiqaga
tashna bo‘lgan kishilar ham ohanglar tinglash uchun boradilar.
Ohanglar esa tartibga tushirilgan, bo‘lgandagina qalbga kuchli
ta’sir etadi. Chunki, ruh tartibga tushirilgan narsani qabul qiladi va
shuning uchun ham u she’rga ko‘proq intiladi negaki she’r nizomli
(tartibli)dir. Muhimi shundaki, Beruniy san’atning paydo bo‘lishini
insoniyat jamiyatining madaniylashuvi bilan bog‘laydi. Odamlarning
madaniy darajasi oshib, badiiy nafosat tafakkuri o‘sa borishi bilan
san’atga ehtiyoj kuchaygan. San’at shodlik, quvonch manbai, u
insonlarga orom beradigan, ruhini ko‘taradigan vosita sifatida paydo
bo‘lganini ta’kidlaydi. Umuman olganda, hozirda biz yashayotgan
davr kishisining faoliyati farosatga ehtiyoj sezmoqda. Farosat
endilikda ijtimoiy-ma’naviy hayotning zaruriyatiga aylanib ulgurdi.
G‘oyaviy tahdidga qarshi kurash ma’naviy jihatdan mustahkam
bo‘lgan estetik tayyorgarlikni taqazo etadi. Birgina farosat va uning
fazilatini anglash, amal qilish barcha tahdidlarning mazmun-
mohiyatini tushunish imkonini beradi. Shu bois har davrda farosat
tarbiyasiga nozik va nazokatli ilm sifatida munosabat bildirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |