Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Falsafa fanining predmeti funksiyalari



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Falsafa fanining predmeti funksiyalari 

 

Bizni o‘rab turgan borliqda bir-biridan farq qiluvchi, lekin uzviy 

bog‘langan  moddiylik  va  ma’naviylik,  jismoniylik  va  ruhiylik, 

obyektivlik  va  subyektivlik  mavjuddir.  Shuning  uchun  ham  falsafa 

olam to‘g‘risida birdan-bir to‘liq tasavvur berish uchun xizmat qiladi. 

Hayotdagi jarayonlar nimalardan iborat? Unda nimalar harakat qiladi, 

moddiylikmi  yoki  ma’naviylikmi?  Fizik  jismmi  yoki  ruhiyatmi, 

obyektmi  yoki  subyektmi,  tabiatmi  yoki  ongmi,  bu-bir  tomondan, 

ikkinchi  tomondan  esa,  inson  tafakkuri  olamni  bila  oladimi,  uning 

rivojlanish  qonunlari  to‘g‘risida  fikr  yurita  oladimi,  fikr  yuritish 

natijasida  obyektiv  borliqni  o‘zgartirib,  kerakli  tomonga  bura 

oladimi.  Dunyo  o‘tkinchimi  yoki  abadiymi?  Uning  boshlanishi 

bo‘lganmi? Oxiri qachon bo‘ladi? Dunyodagi borliq nima? Borliqda 

nimalar,  kimlar  harakat  qiladi?  Dunyoning  bir  butunligi  nimada? 

Uning  tizimi  nimalardan  tashkil  topgan?  Boshqa  koinotlar  bormi? 

Olamning  rivojlanishi  qanday  qonuniyatlarga  bo‘ysunadi?  Hayotni 

o‘zi  nima,  unda  yashash  shartmi?  Yashashdan  maqsad  nima? 

Odamning  paydo  bo‘lishi  va  ongning  taraqqiy  qilishi  nimalarga  va 

kimlarga  bog‘liq?  Evolyutsiya  va  revolyutsiya  nima?  Ongning 

tabiatga va jamiyatga ta’siri bormi? E’tiqod, iymon nima? Insonlarni 

umuman,  azaldan  nimalar  qiziqtirib  kelgan,  degan  masalalarni  hal 

qilish amaliyotda muhimdir.  

Ana  shu  jarayonlarning  ba’zilarini  tekshirish  predmeti,  aniq 

fanlar  bo‘lishi    bilan  birga  falsafiy  muammolar  hamdir.  Borliq 

faoliyatini  subyektiv  xohishlar  belgilamaydi.  Narsa  va  hodisalar 

faoliyati umumiy va xususiy qonunlar bilan belgilanadi. Shu nuqtai 

nazardan tabiatni, ijtimoiy hayotni alohida xususiy fanlar qonunlari 

ham  o‘rganadi.  Bu  narsa  va  hodisalar  o‘rtasida  hukmron  bo‘lgan 

umumiy  bog‘lanishlar  borki,  ularni  eng  umumiy  bo‘lgan  falsafiy 

qonunlar o‘rganadi. 

Shu  sababli  bu  qonunlar  falsafaning  predmeti,  bahs-mavzui 

bo‘lib hisoblanadi. Falsafa avvalo, ong va tabiat, tafakkur va borliq, 

jamiyat  va  inson  o‘rtasidagi  aloqadorliklarning  eng  umumiy 



24 

tomonlarini  o‘rganadi.  Falsafa  ushbu  muammoning  yechimini 

o‘rganish  bilan  materiya  ta’limoti  to‘g‘risida  fikr  yuritib,  uning 

xususiyati  nima,  ong  qanday  paydo  bo‘lgan,  ongning  shakl  va 

tuzilishi  qanday,  uning  nisbiy  xarakteri  va  faolligi  to‘g‘risidagi 

savollarga  javob  beradi.  Falsafa  olam  taraqqiyotini  hisobga  olgan 

holda,  ongning  tabiiy  jarayonlar  va  hodisalarga  umumiy 

munosabatini,  ularning  ta’sirini  shakllarini  tekshiradi.  Falsafa 

predmetiga olamni bilish jarayoni ham kiradi. Binobarin, falsafaning 

predmeti  tabiat,  jamiyat  rivojining  hamda  inson  tafakkuri 

taraqqiyotining umumiy qonunlaridir. Falsafada qarama-qarshiliklar 

birligi  va  kurashi,  miqdor  o‘zgarishlaridan  sifat  o‘zgarishlariga 

o‘zaro  o‘tish,  inkorni  inkor  qonunlari  borki,  bular  predmet  va 

hodisalarni  o‘rganishda  muhim  bosqichlardir.  Narsa  va  hodisalar 

o‘rtasidagi aloqadorliklar falsafiy kategoriyalar orqali tushuntiriladi. 

Bu kategoriyalar mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, imkoniyat va 

voqelik, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl va boshqalardir. 

Dunyoda umumiy va xususiy qonunlar obyektiv mavjud bo‘lib, 

ular bir–biri bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Shuning uchun ham aniq 

fanlarni  o‘rganmasdan  turib  dunyoning  umumiy  qonunlarini 

o‘rganish mushkul. 

Boshqa  tomondan  umumiy  qonunlar  to‘g‘risida  tushunchaga 

ega  bo‘lmasdan  turib,  xususiy  fanlar  qonunlarini  bilish  mumkin 

emas.  Demak,  falsafa  predmetiga  ijtimoiy  borliq  va  ijtimoiy  ong, 

ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, bazis va ustqurma, xalq 

ommasi,  sinflar,  shaxs,  dohiylar,  zaruriyat  va  erkinlik  to‘g‘risidagi 

muammolar  ham  kiradi.  Keyingi  paytlarda  falsafa,  logika,  estetika, 

etika kabi sohalarni ham qayta tahlil qilishda va xulosalashda muhim 

qadamlar qo‘ydi. 

Falsafiy  muammolar  doimo  yangilanib  turadi.  Chunki,  eski, 

an’anaviy  masalalar  yangi  jihatlarni  keltirib  chiqaradi.  Bu  jihatlar 

maxsus tadqiqot zarurligini taqozo qiladi. 

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish