Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Ilk o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

 

Ilk o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. 

Ilk o‘rta asrlar falsafiy tafakkurida apologetika va patristika. 

Sxolastika. Nominalizm va realizm. 

 

Eramizning IV asri oxirida Rim imperiyasi ikkiga bo‘linib ketdi. 

Shu munosabat bilan xristianlik dini davlat diniga aylandi. Ayni shu 

davrlarda  (375-568)  ro‘y  bergan  german  qabilalarining  ko‘chishi 

G‘arbiy Rim imperiyasining barbod bo‘lishiga olib keldi. Antik davr 

tugab O‘rta asrlar boshlandi. 

Ellada-Rim  davridagi  ijtimoiy  shart-sharoitlar  o‘sha  davr 

siyosatidan muayyan darajada chekinish va nazariy falsafaga bo‘lgan 

qiziqishning yo‘qolishiga olib keldi. Aytish lozimki, antik davrning 

tugashi  insonlar  faoliyatida  muhimroq  bo‘lgan  jarayonlarni  izlab 

topishga  majbur  qila  boshladi.  Insonlar    turmush  qiyinchiliklari 

sabablarini endi dindan axtara boshladilar. O‘sha davrda rivojlangan 

neoplotonizm va tugab borayotgan stoiklar qarashlari xristianlikning 

keng  tarqalishiga  sabab  bo‘la  boshladi.  Xristianlik  o‘z  mohiyati 

jihatidan  insonlar faoliyatiga  qaratilgan  edi.  U  har bir  kishiga  najot 

izlashga  yordam  berardi.  O‘sha  davrdagi  insonlar  siyosiy 

huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismonan azob-uqubatlar, yovuzlik 

va johillik hukmron bo‘lishidan qat’iy nazar, yaxshi yashash umidini 

yo‘qotmasdi.  Hech  bo‘lmaganda  shunga  intilardilar.  Bu  dunyodagi 

hayot,  xristian  dinining  targ‘iboticha,  dramatik  tarixiy  jarayonning 

bir qismi bo‘lib, uning oxirida har kishini bu hayotdagi nohaqliklar 

va  ko‘rilgan  jabru  sitamlar  uchun  kelajakda  odil  mukofoti  bor.  

Chunki, barcha holatlarni sezuvchi tangri taolo barchani yaratuvchisi 



73 

sifatida o‘zi mehribonlik qiladi. Ana shunday g‘oyalar asosida O‘rta 

asrning boshlarida Aristotel ta’limoti xristianlik bilan sintezlashtirildi 

va xristian dini hukmron bo‘la boshladi.  Oldingi mavzularning birida 

ta’kidlanganidek,  xristian  dinining  ikkiga:  “katolik”  va  “protes-

tantlik”ka bo‘linishi yagona mafkuraning yemirilishiga olib keldi. Bu 

bo‘linish  xristianlik  teologiyasini  keltirib  chiqardi.  Teologiya 

noxristianlarning  e’tirozlarini  himoya  qilishga  qaratildi.  Grek 

faylasuflari  uchun  inson  umuman  va  butkul  kosmosda  boshqa 

jonivorlar  bilan  birga  bo‘lgan  mavjudot  hisoblanadi.  Insonlar 

muayyan  darajada  yuqori  turuvchi  ammo  alohida,  imtiyozli  o‘rinni 

egallamagan  mavjudot  hisoblangan.  Tosh  va  tuproq,  o‘simlik  va 

hayvonlar,  odamlar  va  xudolar  bitta  tugal  olamda  mavjud  deb 

tushunilgan. Xristianlik qoidasiga ko‘ra esa bunday bo‘lmagan. Xudo  

bu  dunyodan  yuqoridagi  mavjud  shaxs  hisoblanadi.  Butun  borliq-

toshlar, o‘simliklar, hayvonu odamlar xudo tomonidan odamlarning 

makoni  sifatida  insonlar  panoh  topishi  uchun  yaratilgan.  Olam  va 

odamlar xudoga nisbatan ikkilamchidir. 

Inson 

kosmologik 



va 

qadriyatlik 

jihatidan 

markaziy 

mavjudotdir.  Hayot  tarixdan  iborat  bo‘lib  u  qiyomatga  qarab 

harakatlanadi. Davr o‘tishi bilan xristianlikning g‘oyalari falsafadan, 

jumladan,  siyosiy  falsafadan  ham  o‘rin  ola  boshladi.  Bu  g‘oyalar 

asosida  dunyoviy  institut  va  cherkov  institutlari  paydo  bo‘ldi. 

Cherkovlar  davlat  qo‘l  ostidagi  va  u  davlat  tomonidan  qo‘llab 

quvvatlanuvchi institut sifatida shakllandi. Cherkov davlatning etnik-

diniy  masalalar  bo‘yicha  rasmiy  tanqidchisi  mavqeini  qo‘lga 

kiritgandan  so‘ng,  odamlar  dunyoviy  hukmronlarni  tanqid  qilish 

uchun  ma’lum  asoslarga  ega  bo‘ldilar.  Bu  yevropada  ozodlik 

g‘oyalarining rivojlanishiga yordam berdi. 

O‘rta asrlar falsafiy tafakkurida diniy ta’limotlarning rivojlani-

shida apologetika, patristika, sxolastika kabi yo‘nalishlar ham paydo 

bo‘ldi.  Jumladan,  apologetika  (grek  tilidan  olingan  bo‘lib  apologe-

tikos-himoya qiluvchi) ma’nosini aglatadi. Bu ta’limot dalilar orqali 

diniy ta’limotni himoya qilishga intildilar. Shu sababli ularning ta’li-

motini  teologiyaning  bir  bo‘limi  sifatida  e’tirof  etuvchilar  harakati 

boshlangan.  Bu  ta’limot  katoliklar  va  pravoslavlar  sistemasida  ish 

yuritdilar.    Protestanlar  esa  ularga  qarshi  chiqdilar.  Apologetika 

tarkibida ollohni borliqda faoliyat yuritishini isbotlovchi aql-farosat 



74 

hammadan  oliy  ekanligini  isbotlashga  urinadilar.  Ruhni  o‘lmasligi 

ollohning faoliyatiga taalluqli ekanligini targ‘ib qildilar. Xulosa qilib 

aytganda,  apologetikaning  faolyati  ratsionalizim  va  irratsionalizm 

ko‘rinishida diniy ta’limotni oqlashga harakat qilganlar. 

Yana shunday oqimlardan biri bu-patristika oqimidir. Patristika 

so‘zi  lotin  tilidan  olingan  bo‘lib-poter-ota,(otets)  degan  ma’nolarni 

anglatadi.  Xudo  haqidagi  xristianlikni  targ‘ib  qiluvchi  ta’limot.  2-8 

asrlarda  cherkovda  xizmat  qiluvchilar  avliyo  otalar  (bilim 

beruvchilar)  deb  tanilgan.  Ushbu  ta’limotda  xristian  avliyolarining 

ilohiyotga oid falsafiy, ijtimoiy siyosiy qarashlar aks etgan-Patristika 

atamasi “avliyo otalar adabiyoti” atamasi bilan ham mashhur. Ushbu 

ta’limotning  asoschilari  qatorida  Origen,  Aleksandriyalik  Kliment, 

Buyuk  Vasiliy,  Ioann  Zlatoust,  Vizantiyalik  Leontiy,  Avliyo 

Avgustin  va  boshqalarni  ko‘rish  mumkin.  Patristikaning  asosiy 

mavzusi:  uchlik  mavzusidir.  Ya’ni  uch  ko‘rinishda  xudoning 

yagonaligi  ifodalanadi.  Xudo-ota,  Xudo-o‘g‘il,  Xudo-muqaddas. 

Patristikada  Iso  payg‘ambarning  ikki  tabiati-ilohiy,  insoniy 

xususiyati madh etiladi. Cherkov yig‘inlarlarida mazkur soha mavzu 

qilib  olingan.  Ammo  bunday  mavzuga  e’tiroz  bildirganlar  ham 

bo‘ldi.  Bular  cherkov  reformatsiyasi  asoschilari  M.Lyuter  va 

J.Kalvinlardir.  Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan  Patristika  asarlari 

Bibliya  bilan  bir  qatorda  turib  Xristian  dinining  asosiy  manbasi 

hisoblanadi. Yana bir oqim sxolastikadir. 

Sxolastika  oqimi  ham  o‘rta  asrlarda  faoliyat  yuritgan 

ta’limotlardandir.  Grek  tilidan  olingan  bo‘lib  maktab  ma’nosini 

bildiradi.  Bu  ta’limot  tarafdorlari  diniy  dunyoqarashning  nazariy 

jihatdan  asoslashga  uringanlar.  Sxolastik  ta’limot  antik  dunyo 

faylasuflari  Platon  va  Aristotel’  g‘oyalariga  ko‘proq  asoslangan. 

Sxolastika  ta’limoti  bir  necha  davrlarga  bo‘linadi.  Neoplatonchilik 

ruhida Ioann Skot Eriugena, Ansel’m Kenterberskiy, Ibn Rushd, Ibn 

Sino kabi mutafakkirlar ham fikr bildirganlar. 14-15 asrlarda xristian 

Aristotelizm  yuqori  pog‘oniga  ko‘tarilgan  15-16  asrlarda  katoliklar 

va  protestantlar  birgalashib  reformatsiyaga  qarshi  chiqishlar  ro‘y 

bergan.  Yani  davr  yevropa  filosofiyasi  sxolastik  ta’limotini  tanqid 

qilganlar.    

Ana  shunday  bir  sharoitda  yangi  falsafiy  oqimlar  paydo  bo‘la 

boshladi. Shular jumlasiga nominalizm va realizmni olish mumkin. 




75 

G‘arbiy Yevropa falsafasida ikki oqim – nominalizm, realizm orasida 

kurash  davom  etdi.  Realizm  –  sxolastika,  diniy  qarashdir. 

Nominalizm  –  o‘z  davrining  progressiv  qarashi  edi.  Ular  orasidagi 

kurash umumiy tushuncha – universallar masalasi uchun kurash edi.  

Realizm  vakili  Duns  Skot  fikricha,  tushuncha  real  mavjud 

mohiyatga ega, u birlamchi, narsalar ikkilamchi, tushuncha mangu, 

narsalar vaqtincha. 

O‘rta  asr  realizmi  idealizmning  ifodasi  katolitsizm,  sxo-

lastikaning  falsafiy  asosi  edi.  Foma  Akvinskiy  Aristotel  falsafasi 

orqali  xristianaqidalar  tizimini  nazariy  asoslashga  urindi.  Aristo-

telning  materialistik,  progressiv  qarashlarini  olib  tashladi. 

F.Akvinskiy shakl bordir, shakl birlamchi, jon o‘lmas, tana esa halok 

bo‘ladi. 1. Tabiatdan tashqari aql bor. 2. Tabiiy kishini aqli bor. Bu  

xristianlik falsafasining asosidir, deb fikr yuritdi. 

Feodalizm  davrida  falsafa  o‘zining  yangicha  bosqichiga 

ko‘tarildi.  Foma  Akvinskiy  (1225-1274)  katolik  dini  ideologiyasini 

ishlab chiqdi. Ya’ni uning ideologiyasida falsafa va dinning maqsadi 

xudoning  mavjudligini  isbotlashdir.  Undan  tashqari  jamiyatdagi  

tengsizlikni ham xudodan, deb biladi. 

O‘rta  asrda  diniy  ideologiya  asosiy  hukmron  bo‘ldi.  Lekin 

materialistik  va  ateistik  qarashlarni  tamomila  tugata  olmadi.  O‘rta 

asrda materializm bilan idealizm o‘rtasidagi qarama-qarshilik realizm 

bilan  nominalizm  o‘rtasidagi  qarashda  ifodalanadi.  Nominalistlar 

fikricha,  yakka  yakka  narsalar,  ularning  xususiyatlari  obyektiv 

mavjud.  Ular  birinchi,  tushuncha  ikkilamchi.  Tabiat  bo‘lmaganda 

ularda tushuncha ham bo‘lmasdi. 

Nominalistlar  va  realistlar  tushunchalarni  umumlashtirishning 

haqiqiy  mohiyatini,  ya’ni  narsa  va  hodisalardagi  mavjud  hodisalar 

bizning  ongimizda  aks  etganligini  tushuntirdilar,  ammo  ayrim  va 

umumiy hodisalar orasidagi bog‘lanishni birga emas, qarama-qarshi 

qilib qo‘ydilar. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish