Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Misr, Bobil, Hind falsafiy ildizlari bilan bog‘liq xususiyatlar



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Misr, Bobil, Hind falsafiy ildizlari bilan bog‘liq xususiyatlar 

 

Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  eng  qadimgi  falsafiy  fikrlar 

Sharqning  Bobili(Vaviloniya)da  eramizdan  oldingi  to‘rtinchi  ming 

yillikning 

boshlarida 

paydo 


bo‘lgan. 

O‘sha  davrlardayoq 

odamlarning  olamda  ro‘y  berib  turadigan  xilma-xil  hodisa  va 

jarayonlariga  bo‘lgan  munosabatlari  hamda  qiziqishlari,  eng  sodda 

bo‘lsa-da, 

falsafiy 

qarashlarda 

namoyon 


bo‘la 

boshlagan. 

Vaviloniyadagi 

o‘sha  davrning  mashhur  asarlaridan  biri, 

“Gil’gomesh haqidagi doston” bo‘lib, unda tuproq, suv, havo, issiqlik 

inson hayoti  va  tirikligining  asosiy  va  abadiy  manbasi, deya  e’tirof 

etilgan. Boshqa xalqlarning ham bunga o‘xshagan asarlari, ertak va 

sarguzashtlari mavjudki, ularning bir-biriga yaqinligini sezamiz. Shu 

ma’noda  jahon  madaniyatining  tarkibiy  qismi  hisoblangan  falsafa 

fani  dunyoviy  asoslar  yordamida  shakllangan.  Demak,  falsafa  bir 

millat,  bir  xalq,  bir  mamlakat  falsafasi  bo‘lmay  balki  turli  davr  va 

sharoitlarda yashab ijod etgan, yashab kelayotgan barcha xalqlarning 

butun  insoniyatning  ma’naviy,  madaniy  boyligidir.  Uzoq  asrlar 

davomida shakllangan, to‘ldirilgan muammolari yangilangan hamdir. 

Dunyo  mutafakkirlari,  allomalari,  donishmandlari,  shoir  va 

yozuvchilarning mahsulidir. Nemis, fransuz, yapon, o‘zbek falsafasi 

deganda,  ularning  falsafaga  nisbatan  nisbiyligini  e’tirof  etish  zarur. 

Dunyo fani bo‘lgan falsafaga har bir xalq, har bir millat o‘z hissasini 

qo‘shadi, xolos. Bu hissa orqali falsafaning umumiy jihatlari boyiydi, 

taraqqiy etadi, rivojlanadi. Shu sababli ham, Sharq va G‘arb falsafasi 

aloqada va bog‘lanishdadir. Zero, har bir qo‘llanma va darsliklarda, 

risolalarda,  ilmiy  maqolalarda  umuminsoniy  fikrlardan  foyda-

lanadilar.  Shu  o‘rinda  qadimgi  Sharq  va  antik  G‘arb  dunyosining 

falsafasini o‘rganish ayni muddaodir. Bu davrlardagi falsafiy fikrlarni 




66 

o‘rganish har bir insonni ma’naviy boyitadi, fikrini o‘tkirlashtiradi, 

tabiat va jamiyatning faoliyatini bilishga undaydi. Falsafiy xulosalar 

chiqarishga  yordam  beradi.  Falsafiy  qarashlar  orqali  o‘sha  zamon 

madaniyati,  hayoti,  davlati,  jamiyati  o‘rganiladi.  Insonlarning 

turmush  tarzi  solishtirilib,  ma’lum  bir  fikrga  kelinadi.  Tarixiy 

xotirasiz kelajak yo‘q, deb bejiz aytilmagan. Insonlar o‘z kelajagini 

belgilashda  oldingi  faoliyatni  bilmasalar,  tuzatib  bo‘lmas  kam-

chiliklarga  yo‘l  ochadilar.  Demak,  antik  dunyodagi,  qadimgi  Sharq 

mamlakatlaridagi  falsafiy  merosni  o‘rganish  kelajak  poydevorini 

o‘rnatishga yordam beradi. Uning ilmiy, madaniy, axloqiy tomonlari 

borki,  kelajak  avlod  undan  bahramand  bo‘ladi.  Ularni  o‘rganish 

zaruriyatdir. 

Qadimgi  grek  falsafasini  rivojlantirishda  Sokrat  alohida  o‘rin 

tutadi. U miloddan avvalgi 469-yilda tug‘ilib 399-yilda vafot etgan. 

Uning  ta’limotida  ham  epistemologik  (epistemologiya-bilim,  uning 

tuzilishi,  tuzilmasi  va  rivojlanishini  o‘rganadigan  falsafiy-

metodologik ta’limot) va etnik- siyosiy muammolar markaziy o‘rinni 

olgan. U sofistlarning ko‘p qarashlarini rad qilgan. Uning falsafasida 

umumiy  ne’mat-(oliy  ezgulik)  va  adolat  hisoblanadigan  qadriyatlar 

va  me’yorlar  mavjud.  Sokrat  falsafaning  bilish  muammosini  hal 

etishga intildi. Uning talqinida bilim- bu bizning o‘zimiz va o‘zimiz 

o‘zimizning  mavjudligimizni  ko‘radigan  vaziyatlar  haqidagi 

bilimdir. Sokrat falsafasida shu narsa  xarakterliki, u bilimni tajribaga 

murojaat etish yo‘li bilan izlamagan. U bilimni tushunchalarni tahlil 

etish  yo‘li  bilan  o‘zlashtirishga  harakat  qilgan  va  boshqalarni  ham 

shunga 

chaqirgan. 

Sokrat 

falsafasida 

adolatlilik, 

mardlik, 

sahovatlilik, yaxshi hayot tushunchalari markaziy o‘rinni olgan. 

Falsafa tarixida yana bir grek faylasufi Platondir. Qarama-qarshi 

falsafiy  fikrlar  asosida  Platon  falsafasi  paydo  bo‘ldi,  (Platon 

eramizdan  avval  427-349-yillarda  yashagan).  Afina  aristokra-

tiyasining  vakillari  platonchilar  idealistik  karashni  oldinga  surdilar. 

Platon  falsafasi  asosida  g‘oyalar  yotadi.  Uning  fikricha  narsalar 

asosida g‘oya yotadi, sezgi qabul qiladigan narsa, ideya dunyosining 

ko‘lankasidir. 

Platon  fikricha,  hayotda  bir-biriga  qarama-qarshi  bo‘lgan 

g‘oyalar  mavjud  bo‘lib,  bu  g‘oyalar  o‘zgarmaydi,  ya’ni  sezgi 

organlarimizda ifodalangan narsalar paydo bo‘lishi va yo‘qolishi bu 



67 

doimiy  o‘zgaruvchan  emasligidir.  Eng  oliy  g‘oya  bu  xudo 

to‘g‘risidagi  g‘oyadir.  Bu  narsa  idealizm  bilan  dinning  birligini 

ko‘rsatadi. 

Platon bilish nazariyasini ham idealistlarcha tushuntirdi. Uning 

fikricha, bilim-g‘oyalar orqali paydo bo‘ladi, tasavvur narsalar orqali 

hosil  bo‘ladi.  Abstrakt  tafakkurni  sezgilarga  bog‘liq  bo‘lmagan 

g‘oyalar  dunyosida  yashovchi,  ruhni  “eslash”  jarayon  natijasi,  deb 

tushuntirdi.  Platon  bilish  bu-eslashdir  degan  g‘oyasini  o‘rtaga 

tashladi.  U  dialektikani  ilohiy  bilimning  mantiqiy  nazariyasi,  deb 

hisoblaydi.  Umumiy  tushunchaning  ahamiyatini  ta’kidlashi,  kishi 

tafakkurining faol rolini (idealistik bo‘lsa ham) ishlab chiqishi Platon 

dialaektikasining ratsional mag‘zini tashkil etadi. 

Platon “ideal davlat” ta’limotini ma’qullab, uni uch tabaqaga:1) 

davlatni idora qiluvchi faylasuflar,-dono; 2) davlatni ichki va tashqi 

dushmanlardan  asrovchi  qo‘riqchi  askarlar-jasoratli;  3)  jismoniy 

mehnat bilan shug‘ullanuvchi dehqonlar, hunarmandlar itoatkorlarga 

bo‘ladi. 

 Qadimiy  yunon  faylasuflaridan  yana  biri  bu  Aristoteldir. 

Aristotel’(eramizgacha  384-322-yillar)  fanlar  klassifikatsiyasini 

birinchi  bo‘lib  tuzib  berdi  (falsafa,  matematika,  fizika).  Uning 

fikricha,  falsafa  borliq  to‘g‘risidagi  fan,  matematika  va  fizika 

borliqning ba’zi xususiyatlari to‘g‘risidagi fandir.  

Aristotel’  Platonning  davlat  nazariyasini  tanqid  qildi  va 

quldorlik tuzumini tan oldi. U falsafa fanini amaliy faoliyatdan ajratib 

oldi, ya’ni bilim moddiy manfaatdan yiroq bo‘lsa, ilmiyroq bo‘ladi, 

deydi.  Aristotel’  obyektiv  tabiatni  bilishni,  bilimning  asosiy  sharti 

deydi, lekin u izchil materializm pozitsiyasiga o‘ta olmadi. Materiya 

Aristotelning  fikricha,  passiv  imkoniyat,  shakl  faol  o‘zgarish 

manbaidir. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib, 

harakat,  o‘zgarishning  manbai  ekanligini  aytsa-da,  lekin  harakat, 

buyumlarning ichki ziddiyatlarida ekanligini ko‘ra olmadi. 

 U  bilish    jarayonini  materialistik  asosda  tushuntiradi.  Bilish 

manbai  tabiatning  o‘zidir,  deb  obyektiv  borliqni    qo‘yadi.  Sezgilar 

orqali  olingan  hissiyot  narsa  va  hodisalar  obrazidir,  deydi.  Lekin 

sezgini  chegaralab  qo‘yadi.  Ya’ni  sezgilar  umumiy  shaklni,  ya’ni 

shakllar shaklini-xudoni bilishga imkon bera olmaydi. 



68 

Aristotel’ sezgilar asosida topilgan bilimni tafakkur orqali hosil 

qilingan  bilimdan  ajratib  qo‘yadi.  Aristotel  kategoriyalar  klassifi-

katsiyasini  ishlab  chiqdi.  Ayrim  dalilar  umumlashtirilishidan 

umumiy  xulosa  chiqishni  deduktiv  mantiqni  ta’rifladi.  Aristotel’ 

imkoniyat  va  voqelik,  materiya  va  shakl,  mohiyat  va  hodisa 

kategoriyalarini  dialektik  asosida  tushuntirishga  urindi,  lekin  to‘la 

dialektik  asosda  hal  qila  olmadi.  Din  arboblari  uning  dialektikasini 

uloqtirib, metafizikasini olib qoldilar.  

Qadimgi  Gretsiyada  eramizdan  oldingi  II  asr  oxiri  I  asrning 

boshida  Demokrit  tarafdorlari  ko‘proq  materialistik  fikrlarni  olg‘a 

surdilar. 

Demokrit  (eramizdan  oldin  460-370-yillarda  yashagan) 

ensiklopedik  olim  edi.  Demokrit  atom  ko‘zga  ko‘rinmaydi,  deb 

harakat  bilan  materiyaning  bir-biriga  bog‘liqligini  ko‘rsatadi.  

Demokrit  olam  cheksiz  dunyo,  yer  bir  sayyora,  deydi.  Olam  uning 

fikricha, bo‘shliq bo‘lib, fazoda atomlarning to‘qnashishi natijasida 

turli dunyolar kelib chiqqan.  Bu dunyolar paydo bo‘ladi, yo‘qoladi 

deydi. Olam haqidagi fikrida ateistik qarashlar bor, u yerda zaruriyat 

mavjuddir,  deydi.  Demokrit  diniy  xurofotlarga  qarshi  tan  bilan 

ruhning  o‘lishini  ko‘rsatadi.  Undan  tashqari  bilish  jarayonining 

dialektik  bosqichini  materialistik  asosda  tushuntirdi.  Bilish 

jarayonida  birinchi  bosqich  sezgi,  deb  biladi.  Sezgi  organlarimizga 

ta’sir etib, ongimizda tasavvur paydo  qiladi. Bilim uchun tafakkur 

kerak, deb o‘rgatadi. 

Demokrit  materializmi ateizm tarixida ham katta rol’ o‘ynadi. 

Uning fikricha, xudoga ishonish kishilarning tabiat kuchlari oldidagi 

ojizligidir.  Demokritning  siyosiy,  iqtisodiy  qarashlari  ham 

demokratik  edi.  Falsafada  ikki  yo‘l  “Demokrit  yo‘li”  bilan  “Platon 

yo‘li” orasida kurash ketgan. 

Demokrit yo‘lini tutganlardan biri Epikurdir (341-270). U, kishi 

baxtiyor bo‘lishi uchun tabiat va uning qonuniyatlarini bilishi kerak, 

deydi.  Falsafani  uch  qismga  fizika,  logika  (kanonika)    va  etikaga 

bo‘ladi.  Epikur  fizikasida  atomizm  himoya  qilinadi  va  uni 

rivojlantiriladi. Atomlarning birlashuvini o‘ziga xos erkin irodaning 

oqibati,  deb  ko‘rsatadi.  Garchi  bu  fikr  idealistik  harakterga  ega 

bo‘lsa-da,  stixiyali  ravishda  materiyaning  o‘z  ichidagi  harakatini 

e’tirof etadi. 




69 

Epikur ham bilishning birdan- bir manbai sezgilarda, deb biladi. 

Uning bilish nazariyasi oddiy, lekin materialistik xarakterga egadir. 

U ham xudoni inkor etmaydi, balki tabiat mahsuli deb biladi. 

Gretsiya  falsafasining  yana  bir  vakili  rimlik  Piy  Lukretsiy 

Kar(99-55)dir.  U  Epikur  ta’limotini  davom  ettirdi.  Qadimgi 

materialistlar  singari  Lukretsiy  ham  materiyaning  obyektivligini 

ilmiy ravishda tushunish darajasiga yetmadi. Lukretsiy narsalarning 

sifatini obyektiv xarakterga egaligini, fazo va vaqt masalasini  ham 

materialistlarcha tushuntirdi. Sezgi masalasini ham to‘g‘ri hal qilgan. 

Uning  falsafasi  feodalizm  jamiyatining  tarixiy  kelib  chiqishi  va 

tarixiy taraqqiyotning oldinga surilishidan darak berar edi. Feodalizm 

jamiyatida  sinf,  ijtimoiy  tabaqalar  o‘rtasidagi  to‘qnashuvlar 

ideologiya  kurashida  o‘z  ifodasini  topdi.  Feodalizm  davrining 

ideologiyasi din edi. Shuning uchun bu davrda qarashlar ham diniy 

tusda bo‘lardi. Rimda feodalizm davrida, idealizmning turli oqimlari, 

materializm  va  ateizmga  qarshi  kurashdilar.  Ular  –  skeptitsizm, 

agnostitsizm,  neoplatonizmlardir.  Obyektiv  idealizm,  Aristotel 

idealizmi va metafizik ta’limotning davomi edi.  

Falsafa  tarixida  Ellinizm  oqimi  ham  o‘zining  falsafiy  fikrlari 

bilan  ajralib  turadi.  Janubiy  Italiyadagi  Eliya  shahri  nomi  bilan 

bog‘langan.  Eramizgacha  bo‘lgan  VI  asrning  oxiri  V  asrning 

boshlarida  paydo  bo‘lgan.  Ellinistlar  ta’limotining  asoslanishida 

Parmenid  va  uning  shogirdi  Zenon  Eleyskiylarning  xizmati  katta 

bo‘lgan.  Ellinizmni  paydo  bo‘lishida  pifagorchilar  va  Ksenofon 

fikrlari ta’sir qilgan. 

Ellinizm  ta’limotida  insonlar  olamni  tarki  dunyo  qilish  emas, 

balki o‘zlarida burch va xarakterni tarbiyalash uchun harakat qilishi 

lozim. Shu bilan birga bu oqimning tarafdorlari xudo haqidagi xalq 

faoliyatini  tanqid  qilganlar.  Ksenofonning  fikricha,  xudoni,  xalqni 

o‘zi  yaratgan.  Aslida  xudolar  odamlarni  o‘zidan  farq  qilmaydi. 

Ksenofon Gomer va Gesiodlar tomonidan xudoning tasvirlanishi bu 

axloqsizlik va haqiqatdan uzoqlashishdir, deb ko‘rsatdi.  

Ksenofonni tushunishicha efioplarni xudosi qora, frakiylarning 

xudosi  esa  ko‘kko‘z  va  ularning  sochi  qo‘ng‘ir  rangdadir.  Agar 

xo‘kizlar,  otlar,  sherlar  ham  tasviriy  san’at  bilan  shug‘ullanganida, 

ular ham o‘zlariga o‘xshagan xudolarni tasvirlab chizgan bo‘lardilar. 

Xudoning insonlar bilan umuman aloqasi yo‘q. Bundan tashqari xudo 




70 

harakatsiz. Xudo sharsimondir. Bu fikrlar eleyliklar tomonidan qayta 

tahlil qilindi va ba’zilar ularning ta’limotini rivojlantirdilar. Demak, 

ellinizmning  asosichisi  Ksenofondir.  Ammo  u  Eleyda  tug‘ilmagan. 

Tug‘ilgan joyi Kolofondir. Kolofon shahrini persidlar bosib olgandan 

so‘ng  Ksenofon  o‘z  shahrini  tashlab  darvesh  sifatida  safar  qilib 

yuradi.  U  shoir  va  ashulachidir.  So‘ngroq  Eley  shahrida  muqim 

topadi  va  ijod  qiladi.  Uning  safdoshlari  Parmenid,  Zenon  va 

Melisslardir.  Ular  ham  Ksenofon  ta’limotini  targ‘ib  qildilar  va 

falsafada Ellinistlar deb atala boshlanadi.  

Ellinistlar  ta’limotining  davomchilari  Stoiklar  oqimidir.  Bu 

oqim qadimgi Rimda paydo bo‘lgan. Stoiklarning vakillari sitseron, 

(eramizdan  avvalgi  106-43-yillar)  Seneka  (eramizdan  avvalgi  4 

milodiy  65-yillar),  Epiktet  (taxminan  50-138-yillar),  Mark  Avreliy 

(121-180-yil)lardir.  Ular  qadimgi  greklarning  ta’limotiga  suyanib 

faoliyat ko‘rsatdilar. Ularning fikricha, insonlar guruhlarning organik 

qismi  emas,  balki  umumiy  davlat  ichidagi  individdir.  Umumiy 

huquqning subyektidir. Insonlar oliy kosmosning bir qismidir. Inson 

tafakkuri  olamning  tafakkuriga  dahldor  bo‘lganligi  uchun  olam 

tafakkuri inson tafakkuriga aloqadadir.  

Stoiklar ta’limoti, aniqroq aytilsa, shaxsiy baxtni ta’minlashga 

qaratilgan.  Ular  har  bir  insonga  tashqi  holat  va  kuchlardan  erkin 

bo‘lishni tavsiya etadilar. Agar, deydi ular, biz o‘zimizning shaxsiy 

quvonch  va  baxtimizni  qurmoqchi  bo‘lsak,  imkoniyati  boricha 

nazorat 

qilinmaydigan 

tashqi 

omillardan 

ozod 

bo‘lishni 



o‘rganishimiz  va  o‘zimiz  nazorat  qilaoladigan,  o‘zimizning  ichki 

olamimiz  ichida  yashashni  o‘rganishimiz  kerak.  Demak,  ularning 

(Stoiklarning)  fikricha,  inson  baxti  biron-bir  tashqi  noz-ne’matga 

bog‘liq  emas.  Quvonchli,  baxtli  hayotning  manbai,  uning  asosiy 

sharti – ezgu hayot kechirishdir. Ezgulikning asosi bilimli bo‘lishdir. 

Stoiklarning asosiy maqsadlari shular edi. Bu esa keyinchalik paydo 

bo‘lgan  tasavvufchilar  ta’limotiga  o‘xshaydi.  Sababi,  stoiklar  ham 

kiniklar ham jamiyatdan uzoqlashib, sodda va bir qadar ibtidoiy hayot 

kechirishni targ‘ib qilganlar.  

Kiniklar  antik  davrdagi  Sokrat  maktablaridan  biridir. 

Kiniklarning  vakillari  Antisofin,  Diogen,  Sinopskiy,  Kratet  va 

boshqalar.  Stoiklardan  Seneka  “Sen  bilan  nimaiki  ro‘y  bermasin 

barini xuddi o‘z xohishing bilan ro‘y berayotgandek qabul qilishing 



71 

kerak. Shuning uchun sen hamma narsa xudoning irodasi bilan ro‘y 

berayotganini bilgandek xohlashing kerak”, deb yozgan edi. Bu fikri 

bilan  Seneka,  insonda  tashqi  olamga  axloqiy-asketik  munosabat  va 

ichki his-tuyg‘uni shakllantirish va tarbiyalashni orzu qilgan. Ya’ni 

inson  o‘z  taqdirida  tashqi  o‘zgarishlarga  nisbatan  xotirjam  –  stoik 

bo‘lishi  zarur.  Stoitsizm  o‘sha  vaqtda  oliy  tabaqalarning  quroliga 

aylangan. Rimning oliy tabaqalari bu ta’limotdan insonlarni burch va 

vazifalarini tushuntirishda foydalanganlar.  Rim imperiyasiga xizmat 

qildirganlar.  Qadimgi  Rimda  sitseron  ta’limoti  ko‘zga  tashlandi. 

Uning falsafiy fikrlarini aks ettirgan asarlar keyinroq, O‘rta asrlarda 

diqqatga sazovor bo‘ldi. Rimda epikurizm, kiniklar, sofistlar, stoiklar 

ta’limotlari  paydo  bo‘lganligi  va  davom  etganligi  Rim 

imperiyasining rivojlanishiga olib keldi. Bu oqimlarning fikrlari Rim 

mafkurasini  tashkil  topishida  muhim  manba  bo‘lib  xizmat  qildi. 

Siyosat,  huquq,  demokratiya,  davlat  boshqaruvi  sohasidagi  falsafiy 

fikrlarni o‘rtaga qo‘yishiga sabab bo‘ldi. 

Qadimgi  davr  falsafasining  rivojlanishi  ko‘proq  xristianlik 

dinining  paydo  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Ma’lumki,  xristianlik  dini 

birinchi asrda  Falastin hududida paydo bo‘ldi. Bu din eramizning V 

asrgacha Rim imperiyasini geografik hududida tarqaldi. So‘ngroq esa 

Sharqiy  Suriya,  Armaniston,  Efiopiya  mamlakatlariga  tarqaldi. 

Ayniqsa, birinchi ming yillikning ikkinchi yarmiga kelib dunyoning 

ko‘pchilik 

mamlakatlarida 

ham 


shakllandi. 

Xristianlikning 

shakllanishi  bilan  iudaizmning  ko‘pgina  xususiyatlari  inkor  etildi. 

Mazkur  din  o‘z  xarakteri  bilan  yakkaxudolikni  targ‘ib  qildi. 

Xristianlik  tarafdorlari  azob-uqubat  ko‘rish  tabiiy  bo‘lib,  kelajakda 

esa  narigi  dunyoda  hur  farovonlikka  erishiladi.    Bu  hayot 

qiynoqlariga  bardosh  berish  insonning  burchidir,  deb  targ‘ib  qildi. 

Ularning  fikricha,  borliqni  faqat  xudoning  o‘zi  boshqaradi.  Unda 

kuch-quvvat, bilim, zakovat, ijod, bunyodkorlik mavjud. Insonlar esa 

xudoning  ijodidir.  Xristianlikning  asosiy  g‘oyasi  xudo-odam-Isus 

Xristos  faoliyati  bilan  bog‘liq.  Xristianlikning  aqidalari,  e’tiqod 

talablari  huquqiy,  axloqiy  normalari  cheklanish  va  taqiqlar  Bibliya 

hamda boshqa muqaddas kitoblarda o‘z ifodasini topgan.  Bu dinda 

ko‘rsatilishicha,  Xristos  o‘zining  qiynoqlarga  chidamliligi  bilan 

dunyo  zulmini  yengadi  va  insonlarning  gunohlarini  o‘ziga  oladi. 

g‘am-g‘ussalardan qutultirish uchun o‘zini qurbon qiladi. Xudoning 




72 

amriga  bo‘yinsunmagan  insonlar  Alloh  sharafiga  muyassar  bo‘la 

olmaydilar. Xristianlik insonlardagi sabr-chidamlilikni, qiynoqlarga 

tan  berish  kabi  sohalarga  birinchi  o‘rinni  beradi.  Rim  imperiyasida 

davlat  diniga  aylantirilgan.  Tarixiy  taraqqiyot  ta’sirida  (Rim 

imperiyasining  G‘arbiy va Sharqiy) bu din ikkiga bo‘lingan. Bular: 

xristianlik  cherkovining  katolitsizm  (G‘arbiy  qismi),  pravoslaviye 

(Sharqiy  qism)larga  ajralgan.  Bunday  bo‘linish  1054-yilda  sodir 

etilgan bo‘lsada, lekin bu jarayon XIII asrning boshlarida tugatilgan. 

Xristianlik  Rossiyada  X  asrning  oxirida  Vizantiyaning  ta’sirida 

tarqalgan. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish