Ызбекистон Республикаси Бош Вазирининг ыринбосари, Олий ва ырта махсус таълим вазири Р



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana02.01.2022
Hajmi0,69 Mb.
#310775
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
jahon adabiyoti

XIX   
ishiga turtki bo'ladi.  
XIX
   
 asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan yirik romantik yozuvchi Jeyms 
Fenimor Kuper (1789-1851) AQSh adabiyotida ko'zga ko'ringan romannavislardan 
biridir. Sarguzasht romanlar ustasi, romantizm namoyandasi F.Kuper 1789 yili 
N'yu-York shtatida yirik yer egasi bo'lgan sud'ya oilasida tug'iladi. "Amerikaning 
Valter Sotti" deb nom olgan Kuper Qo'shma Shtatlar adabiyotida tarixiy roman 
janriga asos soladi. F.Kuper ijodi o'ziga hos hususiyatlari, hususan demokratizm,  
insonparvarlik, oddiy kishilar hayotini aks ettirishi bilan diqqatga sazovor. Kuper  
ijodini harakteriga ko'ra uch davrga bo'lish mumkin. 
Birinchi davri-1821-1826 yillarda adib Amerika  inqilobi ideallariga ishonib, 
mamlakat burjua demokratiyasiga umid bog'lab, vatanning o'tmishiga yangi 
tartiblarni qarama-qarishi qo'yadi. "Josus"(1821), "Lotsman"(1823), "Pionyerlar" 
(1823), "Boston hamali"(1825), "So'nggi Mogikan" (1826) kabi romanlarida 
Amerika  hayotidagi adolatsizliklarni indees qabilalarining vahshiylarcha qirib 
tashlanayotganini q’oralaydi. Bu romanlarning qahramonlari vatanparvarlik, 
ozodlik ideallarini o'zlarida mujassamlashtiradilar. Ular yozuvchiga shon-shuhrat 
keltiradilar.  
Ikkinchi davri-1826-1833 yillar Kuper ijodining Yevropaga sayohat qilgan 
pallasiga to'g'ri keladi. Bu vaqtda Yozuvchi Yevropa mamlakatlari tarixiga 
bag'ishlangan "Mard" (1831), "Geydenmauyer" (1832), "Jallod" (1833) kabi 
romanlarini yaratadi. Bu romanlarda muallif Yevropadagi manarhiya tuzumiga 
AQShdagi respublikachilik tartiblarini qarama-qarshi qilib qo'yadi.  
Uchinchi davr-1833-1851 yillar Kuper ijodida siljish yuz beradi. Yozuvchining 
AQSh hayotiga, maqtalgan Amerika  demokratiyasiga munosabatlari salbiy tus 
oladi. Boylik ketidan quvish avj olib, demokratik tushunchalar oyoq osti 
qilinayotganini ko'rgan adibning bu davrda yaratgan asarlari orasida eng e'tiborlisi 
"Monikenlar"(1835)da AQSh burjua tuzumi keskin hajv ostiga olinadi.  
Yozuvchining "Izquvar" (1840), "Ovchi" (1841) kabi romanlari uning indeets 
qabilalari hayotini aks ettiruvchi, mashhur Charm Paypoq haqidagi romanlari 
sirasiga kiradi. Bu silsilaga kiruvchi Pionerlar, So'nggi Mogikan, Preriya romanlari 
yozuvchi ijodining ilk pallalarida ham yaratilgan edi. Charm Paypoq to'g'risidagi 
beshta romanning umumiy qahramoni ovchi Natti Bumpodir. Kuper laqabi Charm 
Paypoq bo'lgan qahramonning mardligi, jasurligi, do'stlikda mustahkam sadoqat 
egasi ekanligini madh qiladi. Kuper ijodi, ayniqsa indeets qabilalari hayotiga oid 
asarlari Rossiyada ham, Yevropada ham keng shuhrat qozonadi. Kuper asarlaridagi 
insonparvarlik, oddiy kishilarning oliyjanob ishlari, vatanni sevish, ona tabiat 
jamoli bilan fahrlanish hislari bizlarga juda yaqin. Kuper ijodida burjua tuzumi, 
uning vakillari oyog'i etgan joyda inson qadri yerga urilishi, erk, ozodlik, 
demokratik tushunchalar oyoq osti qilinayotganligi q’oralanadi. 


85 
 
XVIII asrning ohiri va  
XIX   
 asrning boshlarida Yevropada romantizm adabiyoti 
shakllandi. 1789-1794 yillardagi birinchi  Fransuz  burjua inqilobi Yevropada 
feodalizm asoslariga zarba berib, burjua munosabatlarini maydonga keltirdi.  
Feodal tartiblari o'rniga kelgan burjua tartiblari odamlar ongida, fanda, madaniyat 
va adabiyotda, san'atning barcha sohalarida keskin o'zgarishlarga olib keldi. Eski 
tartiblarga tarafdor bo'lgan dvoryan va aristokrat gurug’lari inqilob natijalaridan 
norozi bo'lib, o'tmishga yuz o'girdilar. Ularga mansub yozuvchilar o'rta asrni, dinni 
feodal tartiblarni maqtab yozganlari sababli reaktsion romantiklar deb nom oldilar. 
Halqning intilishlarini ifodalovchi guruhlar ham inqilob natijalaridan norozi 
bo'ldilar. Ular ma'rifat, ozodlik, tenglik, birodarlik g'oyalariga sodiq bo'lib 
holganlari uchun taraqqiyparvar romantiklar deb nom oldilar. Taraqqiyparvar 
romantiklar mehnat ahlining manfaatlarini himoya qilib chiqdilar, ozodlik uchun 
olib borilayotgan kurashga hayrihohlik bildirdilar.Taraqqiyparvar romantizm 
vakillari oddiy halqqa ishonib, uning taqdiriga, urf-odatlariga, milliy an'analariga, 
og'zaki ijodiga ijobiy munosabatda bo'ldilar. Taraqqiyparvar romantiklar barcha 
janrlarda ijod qildilar. Bu ular asarlarning rang-barang, ta'sirchan bo'lishini 
ta'minladi. Obrazlarning boyligi va rang-barangligi, chuqur lirizm, hayotiy 
voqealar tuginidagi murakkabliklar va qarama-qarshiliklarni ko'ra bilishi bilan 
taraqqiyparvar romantiklar jahon adabiyoti rivojida yangi bosqich  
yaratdilar. 
 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish