Ma’ruza matnida uchraydigan ayrim so'zlarning izohi:
1. Ananke- yunoncha taqdir, qismat degan ma'noni bildiradi.
2. Bardlar - qadimgi island lirik poeziyasi bilan shug'ullangan va lirik qo'shiqlar
ijrochisi.
3.Barokko - o'rta asr madaniyati tushkunligi natijasida kelib chiqqan, absolyutizm
kuchayib borayotgan davrda feodal - katolik reaksiyasi ta'sirini aks ettirgan
adabiy yo'nalish hisoblanadi. Uning yorqin ifodachisi dramaturg Kalderondir.
4. Voluspa - kelajak jarchisi demakdir.
5. Gekzametr - olti turoqdan iborat bo'lgan vazn, bu turoqlarning har biri daktil
deb atalgan bir uzun (-) ikki hisqa (UU) bo'g'indan tarkib topgan she'riy
vazndir.
6. Dekadent - XIX
asrning 80- yillarida Fransiyada burjua jamiyatining
ziddiyatlari kuchayib borayotgan bir sharoitda dekadentlik adabiyoti kelib
chiqadi. Individualizm, umidsizlik, sirli voqealar, ohirat dunyosiga murojaat etish
bu adabiyotning asosiy belgisidir. Romantik shoir Teofil' Got'e dekadans
(Fransuzcha-tushkunlik) iborasini birinchi bo'lib qo'llagan.
7. Dogma-qotib qolgan ma'nosida.
8. Jonglyor - qo'shiqchi bahshi. ( Fransuz tilidan olingan.) Eretik - dahriy ya'ni
hudodan qaytgan ma'nosida
9. Impressionizm-( Fransuzcha-taassurot) oqimi XIX asrning 60-70 yillarida
dastlab tasviriy san'atda, so'ngra she'riyatda kelib chiqqan.
10.Independent-episkoplarni rad etuvchi protestantlik cherkovi tarafdorlari.
11.Klassitsizm-XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada kelib chiqqan adabiy
oqim.
12. Korpes - ispaniyada qonun chiqaruvchi majlis.
13. Kulteranizm - tanlanganlar nozik didli madaniyatli kishilar uchun yozilgan
Asarlar. Bu adabiyotning asosiy vakili sifatida Ispan aristokrat shoiri Gangora
102
(1561-1627)dir
14.Levelvr-XVII asr ingliz inqilobi davrida radikal - demokratik partiya.
15. Lirika - torli cholg'u asbobi lirikaning nomidan kelib chiqqan bo'lib ma'nosi
musiqa jo'rligida ijro etiluvchi "she'r" demakdir.
16. Monodik lirika - yakka honanda tomonidan ijro etiluvchi qo'shiq.
17. Naturalizm - XIX asrning 60-70 yillarida burjua reaksiyasi kuchaygan paytda
Fransiyada kelib chiqqan va rivojlangan adabiy oqimlardan biridir. Natura-
lotincha "t a b i a t" demakdir.
18.Presviteianlik-XVI asrda Buyuk Britaniyada kelib chiqqan protestantlik diniy
majab.
19.
Pretsioz adabiyoti - nafis, nozik adabiyot: aristokratik adabiyotdagi barokko
oqimining bir turi.
20. Rekankista - dushman bosib olgan mamlakat yerlarini ozod etish harakati.
21. Sid - arabcha sayid so'zidan olingan bo'lib janob demakdir.
22. Snob- bu o'zidan yug’or i lavozimda turuvchilarga iltijogo'ylarcha sajda
qiladigan, quyi lavozim kishilariga esa nafrat bilan boqadigan kishidir.
23. Spondiy - ikki uzun hijo (- -)
24. Filidlar - islad qo'shiqchi - hikoyachilari deb yuritiladi. (VII-VIII asrlar.)
25. Fleyta - nay cholg'u asbobi.
26. Hor lirikasi - ko'pchilik tomonidan ijro etiluvchi qo'shiq.
27. Edda - qadimgi skandinaviya edda qo'shiqlari deb nomlangan. XIII asr
boshlariga asoslanib edda deb nomlaganlar.
28. Ellegiya - Kichik Osiyodagi Fregiya viloyati bo'lgan. Janrning nomi ham shu
yerning halqi tilidan olingan ma'nosi "hamish" demakdir.
29. Yamb - atamasining kelib chiqish tarixi ancha qor ong'u. Dmitra afsonasi
bilan bog'liq. Sho'h va o'ynoqi degan ma'noni bildiradi.
103
Do'stlaringiz bilan baham: |