Ызбекистон давлат жисмоний тарбия институти


-rasm. 110 m ga yugurishda g’ovni oshib o’tish vaqtidagi alohida qadam harakati trayektoriyasi



Download 1,31 Mb.
bet4/20
Sana22.02.2022
Hajmi1,31 Mb.
#89696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Qosimov Jaloliddin 17.25 G

27-rasm. 110 m ga yugurishda g’ovni oshib o’tish vaqtidagi alohida qadam harakati trayektoriyasi:
1–sportchi, 2–OMO’, 3–itariluvchi oyoqning tizzasi, 4 – siltanuvchi oyoq kafti.
So’nggi yillarning eng kuchli g’ovchilari boshqacha, g’ovni oshib o’tishning biomexanik nuqtai nazardan maqsadga muvofiqroq texnikasini namoyish etadilar – ular oyoq kafti g’ov plankasi ustidan o’tayotgan lahzada oyoqni tizza bo’g’imida buka boshlaydilar, son va boldir orasidagi burchak 150,0Q0,5 darajani tashkil etadi. G’ovlarni oshib o’tishning bunday texnikasida dinamika kuchliroq, bu yerda statik holatlar yo’q, oyoqni erga tushirish paytida mushaklarning faol ishlashi kuzatiladi. “Rostlangan oyoq” holatida esa uning tushirilishi sonning orqa sirtidagi va quymich mushaklari zo’riqishi hisobiga amalga oshiriladi, bu gavdaning chuqur egilishi bilan yuzaga kelgan, ayni shu lahzada mushaklarning “qo’nish” paytidagi nisbiy “beharakat”ligi fazalari qayd etilgan.
Ayollarning g’ovlar osha yugurishida ancha qulay morfo-funksional o’lchamlari tufayli qizlarning bo’yi, oyoqlarining uzunligi, g’ovlarning balandligi, tezlik imkoniyatlari va h.k., siltanuvchi oyoqning g’ov ustidan olib o’tishdagi bukilishi ancha sezilarlidir, balki shuning uchun bu hozirgi vaqtda boshqa variantlarga qaraganda eng to’g’risi deb tan olingan.
G’ovlar orasida yugurish. G’ov ortida erga “qo’nish” g’ovchini o’z harakatlarini yanada faollashtirishga undaydi. Yuguruvchi siltanuvchi oyog’i kaftining old qismida, tovonini yuqori ko’tarib turgancha itariluvchi oyog’ini tezlik bilan gavdasiga yaqinlashtiradi va tizzasini oldinga ko’taradi. Gavdaning o’rta chiziqqa ko’tarilgan vaqtida itariluvchi oyoq qattiq bukilgan holatda bo’ladi, siltanuvchi oyoq yerdan uzilganidagina oyoq kafti tizzadan bir oz oldinga o’tib, tayanchga yuqoridan tushiriladi, bu paytda yuguruvchi barmoqlarini o’ziga tortadi. Itariluvchi oyoqning tezkor harakati yugurishning engilligini saqlab qolishga yordam beradi. Birinchi qadamni shu oyoqning ancha keng harakati, tizza va boldirni oldinga ko’proq ko’tarish hisobiga uzaytirishga urinar ekan, yuguruvchi siltanuvchi oyoq bilan itarilish samaradorligini pasaytiradi. U ancha cho’ziladi va kuchini bir oz yo’qotadi. Siltanuvchi oyoq dastlabki qadamni bajarish chog’ida noqulay holatda bo’ladi, chunki uning barcha bo’g’imlari rostlangan. Birinchi qadam g’ov ustidan oshib o’tish inerstiyasi, oyoq kaftining kuchi va, asosan, itariluvchi oyoqning faol hamda o’z vaqtida bajarilgan harakati tufayli amalga oshiriladi.
Zamonaviy sintetik sport yo’lkachalarda, g’ovchilarning bo’y ko’rsatkichlari oshib, ularning umumiy va maxsus tayyorgarligi darajasi yaxshilanib borayotganligini hisobga olsak, birinchi qadamni bajarishga katta e’tibor qaratish zarurati yo’qoldi. Birinchi qadamni, uning uzunligi haqida ortiqcha qayg’urmay, biomexanika nuqtai nazaridan afzalroq tarzda tashlash imkoni paydo bo’ldi. O’z navbatida, qadamning uzunligi aslida o’zgargani yo’q, tananing alohida qismlari tezligi hamda harakatlarning umumiy sinxronligi bu qadamning vaqt nuqtai nazaridan qisqaroq va kuchli bo’lishini ta’minlaydi. Bu keyingi ikki qadamga ham taalluqlidir.
10 yard masofa Angliyada 100 yildan ko’proq vaqt avval belgilangan bo’lib, tuproq yo’lkalarda itarilishga uncha ko’p e’tibor qilmagan holda qadamlarning tabiiy uzunligidan foydalanishni ko’zda tutgan edi. U vaqtda birinchi qadamni uzunroq tashlash manfaatliroq bo’lgan, shunda qolgan ikkitasini erkinroq va tez bajarish mumkin edi. Hozirgi sharoitda (sintetik sport yo’lkacha-lar, qulay poyabzal, sportchining bo’yi va h.k.) vaziyat o’zgardi. G’ovlar orasidan endilikda sun’iy ravishda qadamlarni qisqar-tirib yugurishga to’g’ri kelyapti. Qadamlar uzunligining quyidagi nisbati eng samarali hisoblanadi: erga “qo’nish” – 145 sm, 1-qadam – 150 sm; 2-qadam – 210 sm; 3-qadam – 195 sm; g’ov ustiga itarilish – 214 sm.
Ikkinchi qadam odatdagi yugurish qadami sanaladi, lekin g’ovlar orasidagi chegaralangan kesmada itariluvchi oyoq tizza bo’g’imida to’liq rostlanmagan holda tayanchdan uziladi, uning rostlanishi parvoz bosqichida amalga oshadi. Bu qadamning bajarilishi umumiy ko’rinishi jihatidan ham, tayanch-parvoz oraliqlariga ko’ra ham xuddi sprinterning yugurishga o’xshaydi.
Uchinchi qadam startdan yugurib kelishning so’nggi qadami kabi bajariladi. Bu yerda ham parvoz vaqtida sonlarning tezlik bilan birlashtirilishi, oyoqni itarilishi uchun tez va qisqa yo’l bilan yo’lkachaga qo’yish kuzatiladi. Yetarlicha malakaga ega bo’lmagan sportchilarda itariluvchi oyoqni OMO’ proekstiyasi ortiga joylashtirish xatosi uchraydi. Natijada ular oyoqlarini tez va yuqoridan qo’yishga ulgurmaydilar. Buning oqibati o’laroq uchinchi qadam ikkinchisidan 3035 sm qisqaroq bo’lib qoladi. Optimal tafovut esa 15-20 sm ga teng.

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish