Ызбекистон давлат жисмоний тарбия институти


 Dzyudo kurashining paydo bo‟lishi va rivojlanish tarixi



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/47
Sana09.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#766825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
160 (1)

1.3. Dzyudo kurashining paydo bo‟lishi va rivojlanish tarixi. 
Mashhur pedagog, ma‘rifatparvar va murabbiy, dzyudoning asoschisi 
Dzigoro 
Kano 
(1860-1938y.) 
bolaligida 
Xyegodan Kiotoga 
kelgan, 
Naritatsugaki va Ikuey pansionatlarida ta‘lim oldi. U tug‘ilganidan boshlab, 
nimjon bo‘lib o‗sdi, shuning uchun dzyu-dzyutsu usullarini o‗zlashtirishga qaror 
qildi. Keyinchalik Tokio imperator universitetiga aylangan Kaysey litseyiga 
kirgandan so‘ng Kano Dzigoro Tensinsine kurash zaliga qatnay boshladi va u 
yerda murabbiylar Fukuda Xatinosuke va Iso Masatomilar rahbarligi ostida 
kurash texnikasini o‗rgandi va olishuvlarda chiniqib bordi. Keyinchalik u 
butunlay boshqa yo‗nalishdagi maktab — Kitoryu maktabida murabbiy Ikubo 
Tsunetosi rahbarligi ostida shug‗ullandi, dzyudzyutsu bo‗yicha qo‘lyozmalami 
puxta tahlil qildi va butun vujudi bilan berilib kurash usullarini o‗rgandi. 
1882yilda Kano imtiyozli litseyda inistituti etib tayinlangandan so‗ng, u 
ko‗pgina mustaqil faoliyat yurutuvchi dzyudzyutsu maktablari yutuqlarini 
umumlashtirdi va tartibga solib, usullarni takomillashtira boshladi hamda 
Tokioning Sitay rayonidagi Eyseydzi ibodatxonasida 12 tatamilik kurash sport 
zaliga asos soldi. Vaqt o‗tishi bilan bu kurash sport zali zamonaviy Kodokan 
dzyudo institutiga aylantirildi. Tabiiyki, dzyudoga Kitoryu, Tensinsinyeryu 
maktablari va boshqa eski maktablaming eng yaxshi tomonlarini o‘rganib oldi. 
Xususan, usullar (kata) namoyishining eski shakli to‘laligicha Kitoryu 
maktabidan o‗zlashtirib olingan. 
Kano eski dzyudzyutsu maktablari nazariy platformasi mohiyatini aks 
ettiruvchi yapon maqoli «Dzyu yeku goo sey suru» («Muloyimlik-kuch va 
yovuzlikni yengadi»)ni e‘tiborga oladi. Lekin ilmiy nuqtayi nazardan Kano 
dzyudo kurashini ko‗p jihatdan oqilona tashkil qildi va takomillashtirdi. Uning 
tomonidan kurashchilar mashg‘ulotiga kiritilgan uslubiyat hozirgi kunda ham 
qo‘llanilmoqda. Shuni qayd qilish kerakki, Kano dzyudoga ijtimoiy, fuqaroviy 
va tarbiyaviy ahamiyat berdi. 
Ikkinchi jahon urushi Yaponiyaga ko‗p vayronaliklar keltirdi. Deyarli 
barcha maktab va shahar dzyudo zallari foydalanish uchun yaroqsiz holga 


15 
kelgan edi. Bularning hammasi yetmagandek, 1945-yil noyabr oyida Amerika 
istilochi qo‗shinlari shtabi maktablar va boshqa rasmiy muassasalarda dzyudo 
bo‗yicha mashqlar o‗tkazishni taqiqlab qo‗ydi. 1947-yildan boshlab yapon 
murabbiylari Amerika harbiy bazalaridagi harbiy xizmatchilarga dzyudo 
usullarini o‗rgata boshladilar. Dzyudoning tiklanishi bilan Yaponiyaning barcha 
tumanlarida musobaqalar o‘tkazila boshlandi, 1948-yilda mamlakat birinchiligi 
bo‗lib o‘tdi. Tez orada Butunyapon dzyudo Federatsiyasi tashkil qilindi, 
Londonda esa Yevropa dzyudo Federatsiyasi bunyodga keldi. 1951-yildan 
boshlab, o‘rta maktablar jismoniy tarbiya Federatsiyasi dzyudo bo‘limi, 
Butunyapon talabalar dzyudo Federatsiyasi ishga tushdi. Shu tariqa Xalqaro 
Dzyudo Federasiyasi 1951-yil tashkil etilgan. 1956-yil Yaponiyada birinchi 
jahon chempionati o‘tkazildi. 
1958-yil mart oyida Bunke tumani Kasuga ko‗chasida dunyodagi eng katta 
kurash zali, beshta kichik va o‗rta kurash zallari, o‗z dzyudo ilmiy-tekshirish 
instituti va boshqa yordamchi muassasalarga ega bo‘lgan yangi Kodokanning 
yetti qavatli binosi qurilishi tugallandi. 1959-yilda dzyudo sportning Olimpiada 
turi sifatida rasman tasdiqlanadi va 1964-yilda Tokioda VIII Olimpiada o‘yinlari 
dasturiga kiritiladi. Hozirgi paytda Xalqaro dzyudo Federatsiyasi besh qit‘aning 
deyarli 200 ta mamlakatini birlashtiradi va sport dunyosida eng ko‗p sonlilardan 
biri hisoblanadi. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish