Umumiy savollar:
1.Sheva deb nimaga aytiladi?
2.Dialekt deb nimaga aytiladi?
3.Lahja deb nimaga aytiladi?
4.O’zbek shevalarining murkaab tarkibi qaysi sabablar bilan bog’langan?
5.O’zbek shevalari, qaysi metodlar bilan o’rganilgan?
O’zbek dialektologiyasi fani qaysi fanlar bilan o’zaro bog’langan?
Glossariy:
Sheva -O’zbek tilining kichik territoriyadagi muomala vositasi.
Dialekt - O’zaro bir - biriga yaqin shevalar tizimi.
Lahja - shakllanishi jihatidan umumiy tarixga ega bo’lgan dialektlar jami.
Qarluq- chigil - uyg’ur lahjasi-O’zbek tilining shu nomlar bilan ataladigan urug’- qabila ittifoqi negizida shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
Qipchoq lahjasi - O’zbek tilining asosan qipchoq urug’ va qabilalari negizida shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
O’g’uz lahjasi- O’zbek tilining o’g’uz urug’ va qabilalari negizida shakllangan sheva va dialektal uyushmasi.
Tavsifiy (sinxron) metod - shevaning hozirgi holatini yozib olish metodi.
Qiyosiy - tarixiy metod - tillarni ham tarixiy taraqqiyot, ham boshqa yondosh tillarga qiyoslab o’rganish metodi, bu metoddan shevalarni o’rganishda ham foydalaniladi.
2 -mavzu: O’zbek adabiy tili va dialektlar
Reja:
Adabiy tilning ta’rifi.
Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari.
Adabiy til va tayanch dialekt.
Tayanch tushunchalar: adabiy til: og’zaki va yozma, tayanch dialect, o’lik til.
Adabiy tilning ta’rifi. Ma’lumki, har bir adabiy til milliy (xalq yoki elat) tilning yuqori bosqichi bo’lib, u me’yorlashgan yoki me’yorlashtirilgan til hisoblanadi. Og’zaki adabiy til davlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha sathdagi rasmiy majlislar, o’qish -o’qish ishlari, ommaviy majlislarda qo’llanadi. Yozma adabiy til esa orfografik qoidalar asosida shakllantiriladi va orfografik qoidalari joriy o’zbek alifbosiga asoslanadi. Adabiy tilning tayanch dialektiga ega bo’ladi. To’g’ri, o’zbek adabiy tilining shakllanishida shevalarning barchasi u yoki bu darajada ishtirok etadi, lekin ma’lum shevalar adabiy til uchun asos, tayanch (baza) vazifasini bajaradi, ya’ni o’zbek adabiy tili muayyan sheva va shevalardan leksik, fonetik, grammatik xususiyatlarni adabiy til fakti sifatida oladi hamda o’sha va shevalar guruhi taraqqiy etishi bilan birga taraqqiy etadi, chunki sheva jonli til bo’lib, u doimo rivojlanishda, o’zgarishda bo’ladi, shu tufayli ham adabiy til shu sheva yoki shevalar guruhi rivojlanishi bilan bog’liq ravishda taraqqiyo etib boradi, aksincha, adabiy til o’zining tayanch dialektiga ega bo’lmasa, u bor-bora, aksincha, adabiy til o’zining tayanch dialektiga ega bo’lmasa, u bora-bora muomaladan chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |