Ызбек диалектологияси


Ushbu topshiriqlarga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz



Download 2,04 Mb.
bet11/117
Sana22.06.2022
Hajmi2,04 Mb.
#690359
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Ushbu topshiriqlarga quyidagi adabiyotlardan javob topasiz:
1.Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O’zbek dialektologiyasi, Toshkent, 1978.,6-13- betlar
2.B.To’ychiboyev., B.Hasanov., O’zbek dialektologiyasi, Toshkent,A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.2004- yil., 4-13- betlar.


Lingvistik geografiya metodi
Reja:
1.Lingvistik geografiya nima? Uning shevalarni o’rganishning boshqa usullaridan afzalliklari nimada? Lingvistik geografiyaning o’rganish ob’ekti.
2.Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishi. Evropa tilshunosligida tuzilgan eng muhim atlaslar.
3.O’zbek xalq shevalarini lingvo-geografiya usulida o’rganish, o’zbek shevalari atlasini yaratish masalalari.
Tayanch tushuncha va iboralar:
Lingvistik geografiya usuli: izoglassa, izofonema, izomorfema, monografik usul, tovush tushunchasi, grammatik shakl, leksik belgi, grammatik belgi, dialekt, lahja, sheva tushunchalari, lingvistik xarita, lingvistik atlas.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1.Lingvistik geografiya uning shevalarni o’rganishdagi asosiy muammolar.
2.Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishiga oid muammolar.
3.O’zbek xalq shevalarini lingvo-geografiya usulida o’rganishga oid muammolar.
1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Lingvistik geografiya metodi asosida xalq shevalarining o’rganilishi. Bu yangi metod asoschilari, uning jahon miqyosida tarqalishi. O’zbek xalq shevalarini ushbu metod asosida o’rganishning boshlanishi, asoschilari, maqsadi va vazifalari.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.Lingvistik geografiya haqidagi tushunchani ko’rgazmalilik asosida isbotlaydi.
1.2.Lingvistik geografiya usuli bilan monografik usul orasidagi farq va afzal tomonlarini bilib oladi.
1.3.Lingvogeografik usulning o’rganish ob’ektini o’rganadi.
Birinchi asosiy savolning bayoni:
Lingvistik geografiya (lingvo-geografiya) – tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u ma’lum territoriyada tarqalgan til hodisalari (tovushlar, grammatik formalar, so’zlar)ni aniqlaydi, ularni o’sha joyga bo’lgan munosabatini ko’rsatadi. Territorial til xususiyatlarini xalq tarixi til tarixi bilan aloqador holda taqqoslab, tushuntirib, kartalar orqali ifodalaydi. Lingvistik geografiya ham territorial dialektlarni o’rganadi. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri ko’rgazmaliligi bo’lib, unda ma’lum til hodisalarining o’rni va tarqalish chegarasi karta va atlas vositasida aniq belgilab berildi. Karta va atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo’lib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yo’llarini, konkret dialektlarni paydo bo’lishi va ularning milliy tilga bo’lgan munosabati, o’zaro aloqasini tushuntirib berishdan iboratdir.
Lingvistik geografiya bir qator umumlingvistik problemalarni ya’ni tilda lahja, dialekt shevalar mavjud bo’lsa, ularning xususiyatlari nimalar bilan chegaralanishlari, dialektlarning umummilliy tilga bo’lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal qilmog’i kerak.
XIX asrning 60-yillariga qadar o’zbek tilshunosligida shevalar monografik usulda o’rganilib kelingan, bu jarayon hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Biroq 60- yillardan so’ng o’zbek shevalarini o’rganish ikki xil yo’nalishda:
1) monografik usul;
2)lingvografik asosida o’rganila boshlandi.
Monografik usul bilan o’rganishda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib, boshqa o’zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so’zlar tovush va qo’shimchalar bilan qiyoslanar edi.
Bu usulda og’zaki nutqni transkriptsiyaga yozib olish, yozib olingan matnlarni izohlash, dialektal xususiyatlarni o’rganish, dialektal lug’atlar tuzish monografiyalar yaratish va shu kabilardan iborat.
O’zbek dialektologiyasida yirik monografik asarlarning paydo bo’lganligi monografik tadqiqot mevasi bo’lib, endilikda shevalarimizni qiyosiy –tarixiy, tipologik tadqiqotining hozirgi zamon aniq va izchil usuli (metodi) til hodisalarining tarqalish chegaralarini aniqlab beruvchi lingvistik geografiya va areologiya asosida ilmiy tekshirishni taqazo qiladi hamda o’zbek xalq shevalari atlasini yaratish masalasini navbatdagi vazifa qilib kun tartibiga qo’yadi.
Monografik usul asosida shevalarni o’rganishda ko’proq dala sharoitida - qishloqlarda yurib ish olib boriladi. Lingvogeografiya unga qaraganda aniq xususiyatga ega. Chunki lingvogeografiya materiallari bilan labaratoriyalar va kabinetlarda shug’ullaniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda morfologik usul bilan shevalar o’rganilib bo’lingach, lingvogeografik tadqiqot uning materiallarini ilmiy labaratoriyalarda tadqiq etishdan, uning davomchisidek, undan o’sib chiqqan deb faraz qilinadi.
Lingvistik geografiyaning asomiy o’rganish ob’ekti – til hodisalari: 1.Izoglassalar, izofonema va izomorfema. 2.Lingvistik atlaslar. 3.Mos hodisalar. 4.Areallar. 5.Lingvografik kartalar va kartalashtirish. 6.Til lanshafti. 7.Aralash zonalar. 8.Innovatsiya markazi. 9. Iradaiatsiya va boshqalar.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish