Iymon qo'shigi


Avtomohillarni yig'ish texnnlngiyasi asoslari



Download 1,77 Mb.
bet63/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
avi word1

Avtomohillarni yig'ish texnnlngiyasi asoslari

Turli nisumdagi avtomobillarni yig'ishning texnologik jarayo­ni ularning konstruksiyasiga qarab belgilanadi. lekin yig'ish tartibi deyarli bir xil bo'ladi.

Z1L-I30 yuk avtomobilini yig'ishning texnologik jarayonini ko'rib chiqamiz. Yig'ish ishlari yig'ilgan, sinovdan o'tkazilgan va bo'yalgan uzellar hamda agregatlarni avtomobil ramasiga ma’lum bir ketma-ketlikda o'rnatishdan iborat. Rama shunday joylash- tiriladiki, bo'ylama to'sinlaming gorizontal pastki tokchalari yuqoriga qarab tursin. Old va orqa ressorlarning oboymalari hamda qo'shimcha buferlari motomi ramaga biriktiradigan tortqi kosachalar hamda buferlar bilan birga yig'ilgan holatda o'rnatiladi va mahkamlanadi.

So'ng yig'ilgan holatdagi old va orqa ko priklar shunday o‘rna- tiladiki, ressor old qulog'idagi va kronshteyndagi teshiklar bir- biriga mos tushsin. Barmoqlar o'z joyiga o'rnatilib mahkamlanadi. Rcssorning orqa uchlari ustqo'ymalar qo'yib kronshteyn suxarik- lariga o'rnatiladi, vtulkalar joylashtiriladi, ichqo'ymalar hamda vtulkalarning teshiklari mos keltiriladi, tortuvchi boltlar, prujina- sifat shaybalar o'rnatiladi va gaykalar qotirih qo'yiladi.

Navbatdagi jarayon old osmaning amortizatorlarini o'rnatish va mahkamlashdan iborat. Motorning orqa tayanch kronshteynidagi uyaga tayanch yostiqchalar joylashtiriladi.

Havo ballonlari, tormoz krani, pnevmatik truboprovodlar o'rnatiladi va mahkamlanadi. Truboprovodlar tormoz krani, havo ballonlari, old va orqa g'ildiraklarning tormoz kameralari bilan tutashtiriladi.

Kardanli uzatma (asosiy va orqadagi kardan vallar) joylashtiriladi va mahkamlanadi, ramaga motorning sachrandi to'sqichi, shov- qinso'ndirgich, amortizalor va shovqinso'ndirgich quvurlari mah­kamlanadi.

Rama, o'matilgan agregatlari bilan birga osma kran yordamida ko‘tariladi, ag'dariladi va old hamda orqa ko‘priklar ostiga yog'och tagliklar qo'ygan holda, ohista tushiriladi. Shataklash asbobi yig'ilgan holda o'rnatiladi, old va orqa g‘ildiraklarning tormoz kameralaridagi egiluvchan shlanglar truboprovodlar bilan tutash- tiriladi. Ramaning ko'ndalangto'siniga ajratuvchi kran o'rnatiladi, mahkamlanadi va u tormoz kraniga ulanadi.

Ramaga tishlashish pedali valining kronshteyni o'rnatiladi va mahkamlanadi, richag kiygiziladi hamda uning prujinasifat shaybasi bo'lgan bolt yordamida qotirib qo'yiladi. Pedal valiga tormoz kranini boshqaradigan richag kiydiriladi va val kronshteyn teshigiga joylashtiriladi. Valning tashqi uchiga tishlashish yuritmasining pedali shponka qo'yib kiydiriladi va bolt yordamida mahkamlanadi.

Rul mexanizmi gidrokuchaytirgich bilan birgalikda o'rnatiladi va mahkamlanadi. Rul mexanizmi valining soshkasiga va buraluvchi richagi teshigiga zoldirli barmoqlarni joylashtirgan holda, rul mexanizmini oldingi ko'prik bilan, bo'ylama tortqi bilan biriktiriladi va gaykalar yordamida mahkamlanadi. Rama bo'ylama to'sinining old qismiga bufer, kuchaytirgichlar va shataklash ilgaklari, radia­tor qoplamasining sachrandi to'sqichi o'rnatiladi va mahkamlanadi.

Shundan keyin elektr sirnlar dastasi yotqiziladi, ular skoba yordamida mahkamlanadi. Biriktiruvchi panel esa ramaning to'rtinchi ko'ndalang to'siniga mahkamlanadi. Akkumulatorlar batareyasi o'z uyasiga joylashtiriladi, mos holdagi simlari ulanadi.

Motor tishlashish muftasi va uzatmalar qutisi bilan birgalikda ramaga o'rnatiladi hamda mahkamlanadi. Chiqarish truboprovodiga shovqinso'ndirgich quvuri biriktiriladi. Tormoz kranining chor- barmog'idagi birinchi quvurcha bosim rostlovchi klapanga, kompressor quvur birinchi havo balloniga mahkamlanadi. Radia­tor kirish quvurining tirsagi, shlanglar va to'kish jo'mragi bilan biriktiriladi. Suv nasosining qisqa quvuri biriktiriladi va xomutlarda mahkamlanadi. Tormoz kranining oraliq richagidagi tortqining uzunligi rostlangan holda qo‘1 tormozi richagiga mahkamlanadi. Tortqi skobasi va barmog'i orasidagi tirqish 1,0 mm boMishi lozim. Tishlashish pedalining richagi, tishlashish muftasi ayrisining richagiga tutashtiriladi va pedalning erkin yo'li 35 — 50 mm qilib rostlanadi.

YonilgM bakining oldingi kronshteyniga filtr-tindirgich mah­kamlanadi. YonilgM baki, filtr-tindirgich va yonilgM nasosi ham kronshteynlarga o'rnatilib mahkamlanadi.

Quyisli teshigidagi tiqinlar olinib, orqa ko'prik va uzatmalar qutisi karterlariga transmissiya moyi quyiladi. Pressmoylagich yordamida rul tortqilarining kallagidagi qismlar. ilashmani ajratuvchi ayrining podshipniklari, ilashma pedalining o'qi, shatakka olish ilgagining o‘zagi, buriluvchi sapfaning shkvoren lari, old va orqa osmalarning barmoqlari, kcruvchi kulachoklarning vallari moylanadi.

Ramaning old ko'ndalang to'siniga radiator, osma rom, shamolparrak g'ilofi. jaluzi moy radiatori bilan yig'ilgan holda o'rnatiladi va mahkamlanadi. Suv g'ilofining qisqa quvuri va suv keladigan qisqa quvur tirsagi shlanglari radiatordagi qisqa quvurlar bilan xomutlar yordamida biriktiriladi. Shuningdck, naychali shlanglar vositasida moy radiatorining qisqa quvurlari, motorning moy karteri va moy nasosining pastki bo'linniasi bilan biriktiriladi. Yuqori va past bosimli shlanglar orqali nasos korpusi va bakclia — rul mexanizmining gidrokuchaytirgichiga tutashtiriladi. So'ng kabinali armatura elektr jihozlar, isitkich, radiator qoplamasi, qanotlar, zinapoyalar hamda rul boshqarmasining kolonkasi bilan yig'ilgan holatda o'rnatiladi va mahkamlanadi. Uzatmalarni almashlab-ulovchi richakka dasta burab o'rnatiladi, tishlashish pcdalining pastki va yuqorigi qismlari biriktiriladi Pnevmatik tizim naychalari, bosim rostiagich va havo manometri tutashtiriladi. Shundan keyin elektr simlari mos qismlarga va avtomobil datchiklariga ulanadi.

Kabina poliga old va orqa to'shamalar joylashtiriladi. Gupchaklarga old va orqa g'ildiraklar mahkamlanadi. Haydovchi va yolovchi o'rindiqlarining suyanchiqlari hamda yostiqchalari o'rnatiladi.

Bo'ylama rul tortqisi rul mexanizmidan ajratiladi va rul chambaragini chekka chap holatga burab qo'yib, gidrokuchaytirgich tizimiga moy quyiladi. Moy quyish rul chambaragini bir chekka holatdan boshqa chekka holatga aylantirish chog'ida kamida 2,5 1 quyilguncha davom cttiriladi. Shundan so'ng motor yurgiziladi va salt ishlash rejimida moy sathi belgiga yctguncha moy quyiladi. Bu paytda rul chambaragi bir chekka holatdan boshqa chekka holatga burab turiladi va shu holatda uni 2 — 3 soniya mobaynida 100 N kuch bilan ushlab turiladi. Gidrokuchaytirgich nasosining bakchasidagi moy orqali tizimdagi havo pufakchalari chiqib bo'lgandan so'ng, moy quyish to'xtatiladi. Nasos bakchasining qopqog'i mahkamlanadi, rul mexanizmi valiga belgiga qarab soshka o'rnatiladi. Keyin yig'ilgan avtomobil sinash uchun tayyorlanadi. Sinashdan oldin avtomobil tashqi ko'rikdan o'tkaziladi. Ko'rik chog'ida alohida mexanizmlar va asboblar butlanganligi, yig'ish sifati. to'g'ri ishlashi hamda rostlanishi, shuningdek. yurgizib sinashga tayyorligi tekshiriladi. Eshiktarning holati tekshiriladi. Ular oson ochilishi, zich yopilishi va qiyshaygan bo'lmasligi lozim. Eshik oynalari mexanizmlar yordamida ravon ko'tarilishi va tushishi kerak.

Motor kapotim yigMsh sifati tekshiriladi. U zich yopilishi, oson koMarilishi, tush ish i va ko'tarilgan holatda tutib turilishi lozim.

Old g'ildiraklarning qanday yig'ilganligiga e'tibor beriladi. Ular yon tomonga tebratilganda sczilarli darajada luft boMmasligi kerak. Yoritish va signal berish asboblarining ishlashi, shuningdek, barcha rezbali birikmalaming ishonchliligi tekshiriladi. Shundan so‘ng avtomobilga zavod ko'rsatmalariga binoan kerakliclva yonilgM, moy, suv quyiladi, oM oldirish simlarining to'g'ri ulanganligi tekshiriladi, faralar rostlanadi.

  1. Avtomobilni ta'mirlashdan so‘ng sinash

Avtomobil, unga nominal yuk koMaruvchanligiga nisbatan 75 foiz yuk ortib, 40 — 50 km/s dan katta boMmagan tezlikda, 30 — 50 km masofaga haydab koM ib, sinovdan oMkaziladi. Haydashdan oldin motor, sovitish tizimidagi suvning harorati kamida 60 °C boMguncha qizdiriiadi. Qizdirilgan motor starterda oM olish. salt yurishmng kichik aylanishlarida barqaror ishlashi va drossel ochil- gandn aylanishlarni bir tckisda orttirib borish lozim.

Avtomobilni sinash vaqtida uning barcha agregatlari qanday ishlashi kuzatib boriladi. Siljish chogida motor tirsakli valining aylanishlar chastotasini keskin oshirib yubormasdan ishlashi kerak. Tishlashish muftasi oson ajralishi va motorning uzatmalar qutisini yetaklovchi valdan to'liq uzib qo'yish. avtomobilni o‘z oMnidan shovqinsiz hamda ravon siljishini ta'minlashi lozim. Tezlanish vaqtida ilashma shataksirashign yoM qo'yilmaydi.

Tishlashish pedali ajratilib, biroz kutilgandan soMig uzatmalar oson va shovqinsiz ulansa, dcmak, ta'mirlash yaxshi sifatli baja- rilgan bo'ladi. Shesternalarning o'z-o'zidan ilashmadan chiqib ketishiga yoM qo‘yilmaydi.

Avtomobil harakatlanayotgan paytda radiatordagi suvning harorati 80°C dan. ulangan moy radiatoridagi moyning harorati esa I00°C dan ortib ketmasligi kerak. Uzatmalar qutisida va orqa ko'prikda taqillashlarsiz, bir xildagi shovqinlar kuzatilishi mumkin. Uzatmalar qutisidagi moyning harorati 70 °C dan oshmasligi lozim. Kardan vallaming titrashiga va taqillashlariga yoM qo'yilmaydi.

Rul mexanizmining ishlashi ham tckshiriladi. Mcxanizm oson harakatlanishi, qadalib qolmasligi va ikkala tomonga toMiq burilishni ta’minlashi lozim. Bu paytda pokrishkalar bo'ylama rul tortqisiga yoki avtomobil ramasiga tegib ketmasligi kerak.

Sinash davrida tormoz tizimi tekshiriladi. U tormoz pedaliga yoki qoM tormozining richagiga ohista kuch qo'yilganda bir tekis tormozlanishni ta'minlamog'i darkor To'liq tormozlashda pedal yoki richag oxirigacha (qadalguncha) bormasligi kerak. Tormozlar shovqinsiz ishlashi, tormoz barabanlari va g'ildirak gupchaklari esa qizib ketmasligi lozim. Avtomobilni tormozlanish yo'li 30 km/s tezlikda, qattiq qoplamali quruq yo'lning gorizontal qismida 10 metrni tashkil etishi kerak. Qo'l tormozi esa avtomobilni qoplamali quruq yo'lda 25 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda ushlab turishi lozim.

Avtomobil harakatlanayotgan vaqtda kabina eshiklari. oynalar, kapot ilgaklari, platforma borti qulflarining o’z-o'zidan ochilib ketishiga, shuningdek, kapot qanotlari. shovqinso'ndirgich va boshqa detallarning zi rill ash iga yo'l qo'yilmaydi. Moy, yonilg'i va suvning sizishiga hamda barcha birikmalardan gaz o'tishiga ham yo'l qo'yilmaydi.

Quyidagi nazorat asboblari buzilmasdan va belgilangan aniqlikda ishlashi lozim: moy bosimi ko'rsatkichi, ampermetr, yonilg'i sathi ko‘rsatkichi, spidometr, shuningdek, yorug'likni almashlab-ula- gich, signal, oynatozalagich va boshqalar

Agar sinash paytida harakatlanish xavfsizligiga, agregatlarning saqlanishiga xavf soladigan yoki avtomobilning ishlashini tekshirishga xalaqit beradigan nosozliklar aniqlansa, sinov to'xtatiladi. Nosozliklar bartaraf etilgandan so'ng avtomobilni sinash ishlari yana davom ettiriladi. Motor almashtirilganda avtomobilni sinash to'liq qaytariladi. Uzatmalar qutisi yoki orqa ko'prik almashtirilganda esa avtomobilni haydab ko'rish masofasi 15 km ni, ortiladigan yuk miqdori 75 % ni tashkil etadi. Shundan keyin avtomobil yaxshilab ko'zdan kechiriladi. Haydash va ko'rikdan o'tkazish paytida aniqlangan barcha nosozliklar hamda nuqsonlar bartaraf etiladi, tashqi mahkamlanishlar tortib qo'yiladi. So'ng avtomobil yakuniy bo'yoqdan chiqariladi va butlanganlikni hamda ta'mirlash sifatini tekshirish uchun texnik nazorat bo'limining (TNB) xodimlariga taqdim etiladi.

Ta'mirlangan avtomobil va motorga texnik pasport to'lg'iziladi, shuningdek, avtomobilning texnik holati to'g'risida dalolatnoma ham yoziiadi, Avtomobil va agregatlar bo'yicha bajarilgan ishlar sifati asosiy ta'mirlashga qo'yilgan texnik shartlarga mos tushishi lozim.

TNB qabul qilgan avtomobil avtota'mirlash korxonasining vakili tomonidan, avtomobilni asosiy ta’mirlashga qabul qilish va ta’mirlashdan so'ng topshirishningyagona texnik shartlariga muvofiq tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiriiadi. Avtomobil yaxshi dam berilgan va ishlatishga yaroqli shinalari bo'lgan g'ildiraklarga (ehtiyot g'ildirakdan tashqari) ega bo'lishi lozim.

  1. Ta'mirlangan avtomobillar sifatini tekshirish

  1. Avtomobillarni yig'ish jarayoni nimalardan iborat?

  2. Ta’mirlangan avtomobil qanday sinaladi?

  3. Sinash stendlarida qanday parametrlar aniqlanadi?




Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish