Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet13/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
Bog'liq
avi word1

У

Nazorat savollari

I. Ta'mirlash korxonalarida qismlarga ajratish qanday olib boriladi?



  1. Qismlarga ajratish postiga qanday talablar qo'yiladi?

  2. Qismlarga ajratishni tashkil qilishning qanday turlarini bilasiz?

  3. Detallarni tozalashning qanday usullarini bilasiz?

  4. Detallarni tozalash usullaridan statsionar vannalarda qaynatib. oqim ta’sirida yuvishni va pnevmatik tozalash usullarini tushuntirib bering.

  5. Detallarni ultratovush. kimyoviy-tcrmik va tebranish bilan tozalash usullari qanday amalga oshiriladi?

Detallarni saralash

Saralash deb, detallarni lexnik nazorat qilish natijasida yaroqli, ta'mirtalab va yaroqsiz guruhlarga ajratish texnologik jarayoniga aytiladi.

Saralash texnik nazorat shartlari asosida o'lkaziladi. Detallarni saralash jarayonini tashkil qilish darajasi, ko'p jihaidan, ta’mirlash sifatiga hamda ta’mirlash korxonasining texnik-iqtisodiy ko'r- satkichlariga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham saralash uchast- kasiga joy tanlashda quyidagi asosiy talablarni hisobga olish kerak. Mehnat sarfi va detallarni lashishga ketadigan vaqlni kamaylirish maqsadida bu uchastka qismlarga ajratish va yuvish ish o'rinlariga iloji boricha yaqinroq joylashgan boMishi kerak. Uchastka uchun yaxshi yoritilgan xonalar ajratilishi, ularning maydoni uskunalar o'rnatish uchun yctarli va uncha katta boMmagan dctallar zaxirasiga ega boMishi kerak.

Tubdan ta’mirlashda barcha qism va detallarni nuqsonlar bo'yicha saralash lozim. Bunda detallarning ishlatish jarayonida o'zgaradigan oMchamlari va ko'rsatkichlari nazorai qilinadi.

Yeyilish miqdoriga, luriga va nuqsonlarning xaraktcriga ko'ra, detallar yaroqli, ta’mirlanadigan va yaroqsiz detallarga ajratiladi. Yaroqli dctallar gumhiga yeyilish miqdori joiz qiymaldan oshmagan


va boshqa texnik shartlar bilan chegaralangan, boshlang‘ich (chizmadagi) ko‘rsatkichlardan chctga chiqishlari bo'lniagan detallar kiradi. Ta’mirlanadigan detallar guruhiga yeyilish miqdori va boshqa chctga chiqishlar texnik shartlar bo‘yicha ruxsat etilgan qiymatlardan oshib ketmagan va ularni tiklash iqtisodiy jihatdan maqbul bo'lgan detallar kiradi. Yaroqsiz detallar guruhiga yeyilish miqdori yoki yeyilish darajasi ni tiklab bo'lmaydigan yoki ularni tiklash iqtisodiy jihatdan nomaqbul detallar kiradi.

Ta’mirlash korxonalarida detallarni saralashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:



  • ko'rinadigan nuqsonlarni aniqlash uchun detallarning sirtini ko'zdan kechirish, ya’ni uning umumiy texnik holatini tekshirish, yorilishlar, eshilishlar, tishlashishlar, yopishib qoiishlar va boshqa nuqsonlarni aniqlash;

  • yeyilish miqdorini aniqlash uchun o'lchov asboblaridan foydalanish;

  • dctallardagi yashirin (ichki) nuqsonlarni maxsus asboblar bilan moslamalar va qurilmalar yordamida aniqlash.

Avtomobil detallarida quyidagi nuqsonlar uchrashi mumkin: bukilish, buralish, belgilangan oMchamdan chetga chiqish, ish yuzalarida notekisliklar paydo bo'lishi, noperpendikularlik va noparallellik. Avtomobillaming mas’uliyatli detallari (tirsakli val, shatun, rul mexanizmi detallari va boshqalar) dagi bukilish, buralish, markazdan chetga chiqish va ish yuzalaridagi notekis- liklarni aniqlash uchun tekshirish plitalaridan, maxsus prizma va markazlardan, chizg‘ichlardan, tirqish va burchak o'lchagichlardan, indikatorlardan foydalaniladi. Noperpendikularlik, noparallelliklarni va murakkab tuzilishga ega bo'lgan detal sirtlari o'qlarining o‘zaro joylashishining buzilishini aniqlash uchun soat turidagi indikatorli yoki optik asbobli maxsus moslama va qurilmalar ishlatiladi.

Yashirin tashqi va ichki darzlar kabi nuqsonlarni dctalni buzmasdan nazorat qilish mumkin. Runga magnit, fluoressent, ultratovush usullari kiradi.

Po'lat va cho'yandan tayyorlangan dctallardagi yashirin darzlami aniqlash ning keng tarqalgan va yetarlicha aniq usullaridan biri — magnit defektoskopiyasi yordamida mas'uliyatli detallar tekshiriladi, chunki avtomobil harakatining xavfsizligi mazkur detallarning texnik holatiga bogliq. Bunday defektoskopiya asbobi olzining oddiyligi va dctalni tekshirish uchun uncha katta vaqt talab qilmasligi bilan ajralib turadi.

Magnit defektoskopiyasi quyidagicha amalga oshiriladi. Tek- shiriladigan detaldan magnit oqimi o‘tkaziladi. Agar detalda darz



  1. — Avtomobillarni ta'mirlash 49



























e
















2.1- rasm. Magnit oqimining yo‘nalishini aniqlash sxemasi.

bo'lsa, magnit o'tkazuvchanlik bir xil bo'lmaydi (magnit qarshilik bir xil bo'lmaydi). ya'ni magnit oqimining qiymati va yo'nalishi o'zgaradi (2.1- rasm).

Darzlar chegarasida magnit qutblari hosil bo'ladi, ular magnit manbayi uzilgandan so‘ng, o'zlarining magnit maydonini hosil qiladi. Bunday magnit maydonni aniqlash uchun detaining tck- shiriladigan yuzasi maxsus suspenziya—ferroniagnitli tcmir oksidi kukuni (I I dizel yonilg'isi yoki kerosinga 50 g magnit kukuni) bor suyuqlik bilan qoplanadi. Buyumda darz bor joyning pcrimctri bo'yicha kukunli maydoncha hosil bo'ladi, u darz chcgarasini aniq ko'rsatadi (2.2- rasm). Detallarni magnitlash yo'nalishi unda bo'lish ehtimoli bo'lgan nuqson (darz) ning joylanishiga bog'liq. Yuzadagi ko'ndalang joylashgan nuqsonni aniqlash uchun magnitlashni bo‘ylama yo'nalishda o'tkazish lozim.

Bo‘ylama nuqsonlarni aniqlash uchun esa detalni magnitlashni aylamna Lisulda olib borisli kerak.

Nuqsonlarning joylashishidan qat'iy nazar, ularni aralash magnitlash sxemasi asosida aniqlash ko'proq qo'llaniladi.

Ta’mirlash korxonalarida qo'zg’almas M-217, SNV-3, IJMD- 900 va qo‘zg'aluvchan 77 PMD-3M, PMD-68 magnit defektoskoplari ishlatiladi. Magnit defektoskopi yordamida po'lat va cho‘yandan yasalgan detallardagi nuqsonlarni aniqlash mumkin. Bunday usulda rangli metallardan yasalgan detallardagi nuqsonlarni aniqlab bo'lmaydi. chunki ular magnitlanish xossasiga ega с mas. Rangli metalldan tayyorlangan detallar uchun fluoressent (lumi- nessent) defektoskopiyasi usuli qo'llaniladi. Bunda detalga fluo­ressent eritmasi surtiladi (mo'yqalam yordamida yoki detalni fluoressent eritmali vannaga botirib olish yo'li bilan). Fluoressent suyuqligi yuzani ho'llash va yoriq ichiga kirib borib, unda ushlnnib qolish xususiyatiga ega. 10—15 minutdan so'ng fluoressent suyuqligi detal yuzasidan 0,2 MPa bosimli sovuq suv oqimi bilan yuvib tashlanadi. Keyin detal isitiigan va siqilgan havo yordamida quritiladi. Detaining quritilgan yuzasiga silikagel kukuni purkaladi. Quruq kukun yoriqlardagi fluoressent suyuqligiga suriladi. Agar mazkur



/ f j /V

IN//'


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish