Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi qoshidagi maktablarning



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana06.05.2023
Hajmi3,14 Mb.
#935991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-sinf ona tili

 
III VARIANT 
 
U ko‘pdan beri birov bilan gaplashmagan, dunyoda nimalar bo‘layotganidan 
bexabar edi. Sovun tegmagan betlari 
kir
, ham ko‘rpa, ham to‘shak o‘rnini bosgan 
to‘nining yenglari titilib, etaklari balchiqqa belanganidan dog‘ bosib ketgandi. Uning 
bir vaqtlar qizlarni shaydo qilgan qop-qora ko‘zlari endi ma’yus, atrofga ma’nosiz 
boqardi... 
Uning qamish chaylasi oldidan o‘rdaklar uchadi, yaqinginasidan to‘ng‘izlar 
o‘tadi. U bu joyda xuddi o‘shalardek yashirinib yashashga, odamlar ko‘ziga ko‘rinmay 
yashashga majbur...



U qachongacha shu xil yashashini bilmasdi. Bu to‘g‘rida o‘zidan so‘ramasdi 
ham. Mabodo shunaqa xayol boshiga kelsa o‘zidan-o‘zi qo‘rqib ketardi. U nimanidir 
kutardi. Nimani kutayotganini o‘zi bilmasdi. 
U ko‘pincha ertani emas, taqdirini emas, onasining olib keladigan ovqatini 
kutardi... (102 so‘z) 
 
 
TOPSHIRIQLAR: 
1.
Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang. (20 ball) 
2.
Asar qahramonining ushbu holga tushishiga sabab bo‘lgan omillarni izohlang.(20 ball) 
3.
Asar janriga xos xususiyatlarni ajratib yozing.(10 ball) 
4.
Matnda ajratib berilgan so‘zning shakldoshini va leksik xususiyatini yozing. (10 ball) 
5.
Matnda berilgan 1-gap tarkibidagi so‘zlar turkumini aniqlab yozing va gapdagi 
sintaktik vazifasini belgilang. (20 ball) 
6.
Matndan tagiga chizilgan qo‘shma gap turini aniqlab yozing hamda sodda gaplarning 
bog‘lanishini izohlang. (10 ball) 
7.
Matnda berilgan 2-gapdagi tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10 ball)
IV VARIANT 
Bahri muhitdek behudud qumliklarning to‘q sariq, qo‘ng‘ir «to‘lqin»lari 
silsilasi
ko‘zni olardi. Qum barxanlari uzra jimirlab harorat ko‘tarilar – bu yerda issiqlik juda baland 
bo‘lishiga qaramay, Me’mor qiynalmay nafas olar edi. «Do‘zax» deb atalmish Qizilqumda 
ham cho‘ponlar yashardi. Negadir bu yerlarda Me’mor o‘zini bardam seza boshladi. Horun-
bek ilgari ham bu holatni sezgan edi. U yolg‘iz turgan Me’mor yoniga kelib, havoning issiq 
bo‘lishiga qaramay, sof ekani, bu yerlarda kishi asabi juda muloyim-u mo‘tadil bo‘lishini 
aytdi. 
– So‘zingiz juda to‘g‘ri, inim, – dedi Me’mor kaftlarini bir-biriga ishqalab, – qumda havo 
qiziq bo‘lishiga qaramay, nafas olish qulay. Asablar ham yumshab, kishi kayfiyati ko‘tariladi. 
Ana, rutubatli Hirot orqada qoldi. (100 so‘z) 
TOPSHIRIQLAR: 
1.
Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang. (20 ball) 
2.
Asar qahramonining Hirotda qolishiga to‘sqinlik qilgan sabablarni izohlang.(20 ball) 
3.
Asar janriga xos xususiyatlarni ajratib yozing.(10 ball) 



4.
Matnda ajratib berilgan so‘zning ma’nodoshini va leksik xususiyatini yozing. (10 ball) 
5.
Matnda berilgan 1-gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni topib, so‘z turkumini aniqlab 
yozing. Gapdagi sintaktik vazifasini belgilang.(20 ball) 
6.
Matnda berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing. 
(10 ball) 
7.
Matnda berilgan 2-gapdagi tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10 ball)

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish