3-§. Yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan elementlar
89. Talabnomada, ahloq-odob va ijtimoiy tartibga zid iboralar, chizmalar, rasmlar,
fotosuratlar va boshqa materiallar; boshqa shaxslarning mahsulotlari yoki texnologik jarayonlariga,
shuningdek talabnomalari va patentlariga (guvohnomalariga) nisbatan bayon qilingan iltifotsiz
fikrlar; ixtiroga ochiqdan-ochiq taalluqli bo‘lmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning
talablariga muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur bo‘lmagan ma’lumotlar va fikrlar bo‘lmasligi lozim.
“Texnika darajasi” bo‘limida ma’lum qurilmalarning kamchiligini oddiy tarzda ko‘rsatish yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydigan element deb hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |