Ixtiroga o‘zbekiston respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari to‘G‘risida



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/33
Sana11.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#443577
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
1329 22.03.2004hghfhfhfhf

23-§. Talabnomani o‘zgartirish 
253. Qonunning 
19-moddasiga 
muvofiq ixtiroga talabnoma foydali modelga patent berish 
uchun talabnomaga o‘zgartirilishi mumkin. 
Bunday o‘zgartirish haqidagi ariza kelib tushganda uning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, 
patent berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar taqdim etilganligi va ariza bilan birga 
belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi tekshiriladi. 
254. Ariza belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 
talabnoma beruvchiga bu haqida ma’lum qilinadi. 
255. Ariza bilan birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan 
hujjat taqdim etilmagan holda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va talabnoma 
beruvchiga xabar beriladi. 
256. O‘zgartirish amalga oshirilmagan talabnoma ixtiroga talabnomaligicha qoladi va unga 
nisbatan keyinchalik ushbu Qoidalar qo‘llaniladi. 
257. Agar ariza belgilangan talablarga rioya qilingan holda rasmiylashtirilgan bo‘lib, u bilan 
birga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgan 
bo‘lsa, talabnoma beruvchiga talabnomani o‘zgartirish amalga oshirilganligi haqida bildirishnoma 
yuboriladi, unda shuningdek keyingi ko‘rib chiqish belgilangan tartibda olib borilishi ma’lum 
qilinadi. 
Ariza patent berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin kelib tushgan holda, 
talabnoma beruvchiga talabnomani o‘zgartirib bo‘lmasligi haqida xabar qilinadi.
258. Talabnomani o‘zgartirish haqidagi ariza topshirilgan sanagacha talabnoma beruvchi 
tomonidan ixtiroga talabnoma bo‘yicha tuzatishlar yoki aniqliklar kiritish uchun qo‘shimcha 
materiallar yohud ixtironing o‘zgartirilgan formulasi taqdim etilgan bo‘lsa, bu materiallarni ushbu 
Qoidalarga muvofiq tekshiriladi va tekshirish natijalari haqida talabnoma beruvchiga talabnomani 
o‘zgartirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari haqidagi bildirishnomada ma’lum qilinadi. 
259. Chaqirib olingan yoki chaqirib olingan deb hisoblangan talabnomalar bo‘yicha 
talabnomani o‘zgartirish o‘tkazilmaydi. 
260. Agar talabnomani o‘zgartirish haqidagi ariza Qonunning 20-moddasi 
uchinchi qismiga 
ko‘ra chaqirib olingan deb hisoblangan talabnoma bo‘yicha kelib tushgan bo‘lsa, va ariza bilan birga 
o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma taqdim etilgan bo‘lsa, iltimosnoma 
ushbu Qoidalarning 
11-§iga 
muvofiq ko‘rib chiqiladi. Muddatni tiklash imkoniyati borligi aniqlangan 
holda, talabnoma beruvchi bu haqida va talabnomani o‘zgartirish o‘tkazilganligi haqida xabardor 
qilinadi.
261. Talabnoma o‘zgartirilganligi haqidagi bildirishnoma jo‘natilgunga qadar talabnoma 
beruvchidan uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqidagi iltimos (talabnomani o‘zgartirish 
haqidagi arizani chaqirib olish) kelib tushgan taqdirda o‘zgartirish o‘tkazilmagan deb hisoblanadi, 


talabnomani o‘zgartirish uchun to‘langan patent boji qaytarilishi yoki belgilangan tartibda hisobga 
olinishi mumkin. 
Ixtiroga talabnomani foydali modelga patent berish uchun talabnomaga o‘zgartirilganligi 
haqidagi bildirishnoma jo‘natilgandan keyin uning arizasini topshirilmagan deb hisoblash haqida 
talabnoma beruvchidan kelib tushgan iltimos talabnomani yana qayta o‘zgartirish va to‘langan patent 
boji qaytarilishi uchun asos bo‘la olmaydi. 
262. Ixtiroga talabnomani o‘zgartirish natijasi bo‘lgan ixtiroga talabnoma ushbu 
Qoidalarning 
16-§iga 
muvofiq ko‘rib chiqiladi. 
Ixtiroga talabnoma bo‘yicha uni ixtiroga talabnomaga o‘zgartirish haqidagi ariza 
topshirilgan sanagacha takdim etilgan qo‘shimcha materiallar ixtiroga talabnoma ekspertizasini 
o‘tkazishda ularni tekshirish natijalarini e’tiborga olish bilan hisobga olinadi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish