Mamlakatimiz uchun maqbul bo‘lgan innovatsion yuksalish modeli, uning kontseptual asoslari va hayotga tadbiq qilish strategiyasining bosh tamoyilini yangilanish sari buyuk sakrashlar, sohada inqilobiy to‘ntarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan bosqichma-bosqich harakat qilish g‘oyasi tashkil qiladi. Innovatsion taraqqiyot kontseptsiyasining tsiklik yondashuv g‘oyasini I.A.Karimov quyidagicha belgilab berdi: “Bir bosqichni tugatib, zarur shart-sharoitlar yaratib bo‘lgandan keyingina yangi bosqichga o‘tish kerak. Bunda har bir bosqichning o‘z ustuvoriklari shakllanadi. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog‘liq.”
Do'stlaringiz bilan baham: |