21) «TASHVIQOT GURUHI» texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: talabalarda muammoning mohiyatini aniqlash,
o'z fikrlarini aniq va qisqa dalillar asosida bayon qilish orqali ularda ishontirish,
shuningdek, targ'ibot-tashviqot qilish va uni amalga oshirish ko'nikmalarini
shakllantirish.
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:
Mashg'ulotning boshlanishida o'kituvchi talabalar auditoriyasi oldiga bir
necha muammoli mavzularni tashlaydi. Talabalar bu muammoli mavzular orasidan
ixtiyoriy bittasini tanlaydilar. O'rtaga tashlanayotgan muammoli mavzu o'quv
predmeti yoki tarbiya yo'nalishida bo'lgani maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |