Ixbisoslikka kirish



Download 66 Kb.
bet1/3
Sana28.02.2022
Hajmi66 Kb.
#475181
  1   2   3
Bog'liq
06-maruza.-PTvaITU



12.10.2019 y., 10-30, AN36/309, dots. Xabubullayev R.A. "Ixbisoslikka kirish” fani bo’yicha ma’ruza matni


6-ma’ruza. Pedagogik texnologiyalar va interfaol ta’lim usullari
Reja:

  1. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha.

  2. Pedagogik texnologiya tamoyillari.

  3. O’ quv maqsadlari haqida tushuncha.

  4. Interfaol o'qitish usullari.

  1. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha.

Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “il^or pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo’llanilmoqda. YuNESKO ning ta’rifi bo’yicha: "Pedagogik texnologiya - bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli uslubidir".
Bu ta’rifdagi asosiy tushuncha "tizimli uslub” dir. Aynan tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyani o’qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir-biri bilan bo^liqlikda loyihalash - ko’pincha an’anaviy o’quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir. Masalan, ko’p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bo^liq bo’ladi.
Pedagogik texnologiyaga o’quv jarayonini ro’yobga chiqarish davomida turli o’qitish uslublaridan foydalanishning muayyan umumiy me’yorlarini belgilovchi yo’llanma, go’yoki qolip sifatida qarash mumkin.
“Texnologiya” atamasi orqali ashyo yoki yarim xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirish uchun holati, shakli, xossasi, xususiyatlarini o’zgartirish usullari majmuasi tushuniladi va u moddiy ishlab chiqarish sohasiga taalluqlidir. Shu bois intellektual sohaga tegishli pedagogning ta’lim-tarbiya faoliyatini “texnologiyalashtirish” mumkinmi?, degan savol tu^ilishi tabiiydir. "Bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz - yozgan edi A.S.Makarenko, -hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, u doimo axloqiy tar^ibga asoslangan. Aynan mana shuning uchun ham bizda ishlab chiqarishning barcha muhim bo’limlari: texnologiya jarayonini, ish bajarilishini hisobga olish, yaratuvchilik (konstruktorlik) ishi, moslamalarni qo’llash, nazorat, ishga tushurish, yaroqsizga chiqarish - degan tushunchalar yo’q".
Sanoatda texnik hujjatlar talablariga aniq rioya qilib, ijrochining shaxsiga bo^liq bo’lmagan holda kafolatlangan natija beradigan minglab texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan. Bunday texnologik jarayonning asosi bo’lib detalning ishchi chizmasi va yi^ma birliklar chizmasi xizmat qiladi. Mana shuning uchun ham O’zbekistonda chet el texnologiyasi asosida ishlab chiqariladigan avtomobilning sifati Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan avtomobil sifatidan farq qilmaydi.




Hayotiy misollar




Ta’lim sohasidan misollar

1. Yaxshi hosil olish uchun daraxtni doim

o

1. Bilimli bo’lish uchun tinimsiz
zarur.

zarur.




2. yo’q qush

o

2. yo’q talaba

ucholmaydi

o’rganolmaydi

3. Nishonga tekkizish uchun
ga olinadi.

o

3. O’rganish uchun
ni jamlash




zarur.

4. Qush tuxumini

o

4. O’qituvchi

bilan parvarishlaydi.

bilan o’rgatsa, o’quvchi o’rganadi.


2) Moslikni aniqlang: (namuna: 1-A, 2-E, 3-F, 4-C, 5-B, 6-G, 7-H, 8-D)




Daraxtni parvarishlashdagi jarayonlar

Ta’lim berishdagi jarayonlar

  1. suv berish

  2. o’^it solib kuchaytirish

  3. mevaning ta’mini tekshirish

  4. qishda dam berish

  5. parvarishlashni belgilangan qoidalar bo’yicha o’z muddatida olib borish

  6. bo^bonchilikdagi so’ngi yutuqlarni qo’llash

  7. shoxalarni kesib daraxtni tekislash

  8. tagini yumshatish

  1. o’qitishni reja asosida tashkil etish

  2. o’quvchilarga tanaffus, ta’til berish

  3. bilim berish

  4. murakkab masalalar berib bilimini oshirish

  5. bilimni baholash

  6. ijobiy ra^batlantirish

  7. yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

  8. tartib-intizomni nazorat qilish


Javob: 1- , 2- , 3- , 4- ,5- , 6- ,7- , 8-


3) Ta’lim tizimidagi o’xshash jarayonlarni topib yozing:

Novvoychilikdagi jarayonlar

Ta’lim tizimidagi jarayonlar

1. Un, sut, yo^-moy, turli
qo’shimchalar sifatini tekshirib qabul qilish




2. Ishchilarning malakasini oshirish




3. Non tarkibida kiruvchi komponentlarni belgilash




4. Xamir qorish




5. Xamirni tindirish




6. Nonni yopish




7. Yangi turdagi non
mahsulotlarini ishlab chiqarish




8. Korxona j ihozlarini yangilash, ta’mirlash




9. Mahsulotning standart talablarga mos kelishini tekshirish




10.Mahsulotni iste’molchiga jo’natish





4) Ko’rsatilgan turli sohalar bo’yicha mos jarayonlarni yozib katakchalarni


to’ldiring:

Ta’lim tizimida

Bino qurishda

Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishda

Shaxsiy avtomobil- dan foydalanishda




O’quvchilarning bilimini nazorat qilish










O’quvchilarga bilim berish, o’rgatish










Tanaffus va ta’til- larni rejalashtirish










Didaktik printsiplar asosida dars berish










Natijasi - orttirilgan bilim











  1. Pedagogik texnologiya tamoyillari.


  1. Ta’lim natijalarining kafolatlanganligi.

  2. Korxonada mahsulot sifati qanday kafolatlansa, texnologik ta’limda ham ta’lim natijasi shunday kafolatlanadi.

  3. Pedagogik texnologiya - bu intellektual mahsulot ishlab chiqaruvchi konveyerdir. Undan chiqqan mahsulotlarning sifati etalon asosida belgilangan va kafolatlangan bo’ladi.

  4. Ta’lim natijalarini qayd qilish uchun maxsus testlar, jadvallar, pedagogik taksonomiyalar qo’llaniladi. Ular asosida o’quvchilarning xatti-harakatlari baholanadi.

  5. Ta’limning amaliy xarakterda ekanligi.

  6. Yuz marta ko ’ rgandan bir marta baj argan afzal.

  7. Texnologik ta’limda faqat bilim emas, ko’nikma va malakalar ham orttiriladi.

  8. Ta’limning nazariyga nisbatan amaliy xarakteri kuchliroq bo’ladi.

  9. O’quvchining biror bilimni o’rganishi, uni o’zi uchun kashf qilishi bilan barobardir. Shu sababli texnologik ta’limda tayyor bilimlar berilmaydi, balki ular dars paytida ishlab chiqiladi.

  10. Ta’lim natijalari faqat biror ma’lumotni eslash, aytib berishdan iborat bo’lib qolmaydi, balki biror amaliy ishni bajarish ko’nikmasi darajasiga yetkaziladi.

  11. Ta’lim maqsadlarining ta’lim natijalariga mosligi.

  12. Ta’lim maqsadlari asosida ta’lim natijalari ishlab chiqiladi. Keyin ta’lim natijalari qayta ishlanadi va uning asosida qaytadan ta’lim maqsadlari tuzatiladi.

  13. Tarbiyaviy maqsadlar o’quv maqsadlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Tarbiyaviy maqsadlar asosida o’quv maqsadlariga ham tuzatishlar kiritish mumkin.

  14. Tarbiyaviy natija bu - o’quvchining darsda orttirgan ahloqiy tarbiyasi va madaniyati emas (o’quvchining dars nihoyasida ma’naviy saviyasi oshishi, ahloqining shakllanishi kabi), balki fiziologik, psixologik va kasbiy tarbiyadir (ya’ni, diqqatni 20 minut davomida chal^imasdan o’rganilayotgan ob’ekda ushlab tura olish, berilgan muammo bo’yicha texnik fikrlay olish, boshqa o’quvchilarga o’z fikrini o’tkaza olish va h.k.).

  15. Ta’lim natijalarining ishonchliligi.

  16. Ta’lim natijalari aniq bo’lishi, bitta mazmunni ifodalashi zarur.

  17. Mahsulot sifati korxona laboratoriyasida qanday o’lchansa, ta’lim natijasi ham shu kabi o’lchanuvchan xususiyatga ega bo’lishi zarur (testlar, savollar va sh.k. bilan).

  18. Pedagogik texnologiya takrorlanganda doim bir xil natijalarga erishilishi zarur.

  19. Dars beruvchi kim bo’lishidan qat’iy nazar (professor yoki katta o’qituvchi) etalon natijalar ta’minlanishi zarur.

  20. Darsning tizimli, bosqichma-bosqich rejalashtirilgan dastur asosida o’tilishi.

  21. Har bir mavzu va uning bosqichlari vaqt bo’yicha va mantiqan rejalashtiriladi.

  22. Ta’lim natijalariga bosqichma-bosqich erishiladi.

  23. Ta’lim bosqichlari o’zaro bo^liqlikda bo’ladi.

  24. Asosiy e’tiborning o’quvchiga qaratilishi.




  • Pedagogik texnologiyada o’qituvchining vazifasi ma’lumot berish emas, balki o’quvchining dars materialini o’rganishini tashkil qilishdir.

  • Darsning asosiy qismi o’qituvchining monologi shaklida emas, balki o’quvchilarning faoliyati shaklida tashkil qilinadi.

  • O’quvchi o’z o’rto^idan, o’qituvchidan o’rgangandagiga qaraganda erkinroq va yaxshiroq o’rganadi.

  • O’rgatgan odam ikki karra ko’proq o’rganadi. Shu sababli o’quvchilar bir- biriga o’rgatib o’rganishi tashkil qilinadi.

  • O’quvchi nafaqat ma’lumotni bilishi, balki uni amalda qo’llay olishi, boshqaga o’rgata olish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.

  • Ijrochi mijozning xohishiga qarab ish ko’radi. Shu sababli o’qituvchi darsni tashkil qilishda o’quvchining qiziqishlarini e’tiborga oladi.

  1. Pedagogik texnologiyalarning pedagogik jamoada ishlab chiqilishi.

  • Pedagogik texnologiyalar pedagogik guruhlar tomonidan ishlab chiqiladi.

  • Pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish - murakkab va qiyin jarayon bo’lib, bunda xuddi yangi kompyuter dasturini yaratish kabi dars mavzusini o’qitishning yangi metodikasini ishlab chiqiladi.

  • Pedagogik texnologiya ishlab chiqilayotganda shu narsa e’tiborga olinishi kerakki, har qanday pedagog har qanday sharoitda bu texnologiyani qo’llay olishi zarur.

  1. E’tiborning nafaqat natijalarga, balki ta’lim jarayonining o’ziga ham

qaratilishi.

  • Teatr odamlarni qanday o’zigajalb qilsa, dars ham o’quvchilarda shunday qiziqish va intilish paydo qilishi kerak.

  • Natijadan ko’rajarayonning o’zi qiziq bo’lishi kerak, ana shunda o’quvchi darsga intiladi.

  1. Ta’lim natijalarining tizimli tartibda baholanishi.

  • Texnika sohasida reja, loyiha, me’yoriy ko’rsatkichlar, jadvallar, standartlar bo’lgani singari, texnologik ta’limning ham o’ziga xos maxsus shakllari va jadvallari, standart qo’llanmalari mavjud.

  • Bilim, ko’nikma va malakalarni baholashda ma’lumotni bilish, reproduktiv, produktiv, ijodiy bosqichlari hisobga olinadi.

  • Orttirilgan bilim va tarbiya maxsus pedagogik taksonomiyalar asosida sinflanadi.

  1. Darsga tayyorlanish ko’p mehnatni talab qilishi.

  • Har bir dars materiali uchun o’ziga xos pedagogik texnologiya ishlab chiqiladi.

  • Pedagogik texnologiya ishlab chiqish ancha murakkab jarayon. Pedagogik texnologiyalarni akademik guruhning o’ziga xosligiga, avvalgi va keyin o’qitiladigan materiallarga qarab tuzish zarur. Shu sababli pedagogik texnologiya tezisini tayyorlash ishni birmuncha yengillashtiradi, barcha mavzularga tezish ishlab chiqish unchalik qiyinmas.


  1. O’quv maqsadlari haqida tushuncha.






O’quv maqsadlarining asosiy kategoriyalari

Turlar va turlar ostidagi tavsiflar

1.

BILISH







Bu kategoriya o’rgatilgan bilimlarni eslab qolish va qayta tiklashni belgilaydi. Mazmunning har xil turlari to’g’risida aniq dalillardan bir butun nazariyagacha so’z borishi mumkin.
Bu kategoriyaning umumiy belgisi - tegishli ma’lumotlarni xotirada tiklashdir.

Atamashunoslikni bilish.
Muayyan dalillarni bilish.
Shartli belgilarni bilish. Rivojlanish yo’nalishini bilish. Tavsiflashni bilish.
Sinov mezonlari va baholashni bilish. Ushbu muammo bo’yicha shu sohada qo’llaniladigan tekshirish uslublarini bilish.
Hodisalarni izohlash va tushuntirish hamda ularni oldindan ko’rish uchun kerak bo’ladigan asoslar va qonunlarni bilish.
Nazariyalar va tuzilishlarni bilish.

2.

TUSHUNISH







bilimning bir ibora turidan boshqasiga, uni bir tildan ikkinchi tilga (masalan, og’zaki shakldan-tematik shaklga) o’zgartirish. Tushu-nishning ko’rsatkichi sifatida o’quvchilarning tushuntirishi, qisqa bayon qilish yoki hodisaning (voqeaning) keyingi oqibati haqida takliflar kiritishini qabul qilish mumkin.

Mazmunni bir tildan ikkinchisiga o’girish .
Tushuntirish (mushoxada etish).
Ekstrapolyatsiya (bilimni o’xshash vaziyatga ko’chirish).




3.

QO’LLASH




Bunga qoidalar, uslublar, tushunchalar, asoslar, tamoyillar, nazariyalarning qo’llanishi kiradi. O’qitishga tegishli natijalar uchun tushunishdan ko’ra yuqoriroq darajadagi bilimga ega bo’lish talab etiladi .

Umumiy tushunchalar, qoidalar, uslublarning qo’llanishi

4.

TAHLIL







ya’ni butunni elementlarga bo’la bilish, bu elementlarning nisbatini va ularning orasidagi munosabatni o’rnatish, butunni tashkil qilish asoslarini bilish. O’quv natijalari bunda tushunish va qo’llanishga qaraganda ancha yuqori intellektual darajali tavsiflanganligi sababli o’qitish mazmunini va shuningdek uning ichki tuzilishini bilishni talab qiladi.

Elementlarning tahlili Elementlar orasidagi munosabatning tahlili
Butunni tashkil etish asoslarining tahlili

5.

SINTEZ







ya’ni yangi tuzilma olish maqsadida berilgan elementlardan bir butunni hosil qilish.Tegishli natijalar faoliyatning ijodiy xususiyatga ega bo’lishini, yangi shakllar va tizimlarni vujudga keltirishga urg’u berilishini ko’zda tutadi.

Insho yozish
Ish rejasini tayyorlash
Qismlardan iborat ma’lumotlar asosida butun ko’rinishni yaratish .

6.

BAHOLASH







ya’ni bilimlar va uslublarni qabul qilingan maqsadni hisobga olgan holda baholash. Ushbu tushuncha oldingi hamma tushunchalar bo’yicha baholash mulohazalarini qo’shgan holda aniq tasvirlangan mezonga muvofiq o’qish natijalariga erishishni mo’ljallaydi.

Ichki mezonlar asosida baholash ( tuzilish, mantiqiy )
Tashqi mezonlar asosida baholash ( belgilangan maqsadga mosligi ) .


  1. Interfaol o’qitish usullari.

A.Verbitskiyning fikricha "faol o'qitish" deganda didaktik jarayondagi reglamentlangan, algoritmlangan, dasturlashtirilgan shakl va metodlardan bilish faoliyatini rag'batlantiradigan va ijodiy muhit yaratadigan rivojlantiruvchi, muammoli, izlanuvchan usullarga o'tish tushuniladi. M.Novik faol o'qitishning quyidagi jihatlarini ajratib ko'rsatadi:

  • o'quvchining o'zi hohlamagan tarzda faol bo'lishi;

  • o'quvchilarning faollining epizodik xarakterda emas, balki davomiy, butun dars davomida turg'un bo'lishi;

  • muammolarni hal qilishda ijodkorlik, yuqori darajada emotsionallik;


Darsda talabalaming faolligini oshirish uchun interfaol usullar, organayzerlardan foydalaniladi.


Ta'lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish eng avvalo talabalarga tayyor bilimlarni berishni emas, balki ularga fikr-mulohaza yuritish, atrofdagilar bilan muloqot qilish madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrga ega bo'lish va biror zarur bilimni mustaqil ravishda izlash va muammoning yechimini topish malakalarini berishni nazarda tutadi.
Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda ko'payib ketgan. Biz ularning ta'lim muassasalarida keng tarqalganlari, o'kitiladigan aniq fan va predmetlarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ba'zi pedagogik texnologiyalarning foydalanish uslubiyatini keltirib tahlil qilamiz.

  1. «TANISHUV» texnologiyasi (1-variant)

Texnologiyaning maqsadi:
o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish, samimiy do'stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish; talabalarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Mashg'ulot boshida o'qituvchi o'quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruhlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug'ilgan talabalarni
kiritish mumkin. O'qituvchi guruhlarni joylariga o'tkazib, ularga quyidagi topshiriqni beradi:

  • o'z tug'ilgan faslingizga xarakteristika bering (badiiy - musiqiy, sahnali, hazil- mutoyibali va hokazo ko'rinishda);

  • yilning shu faslida tug'ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda guruh qatnashchilarining umumiy o'xshashliklari va o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish;

  • talabalarning bu fasldagi faoliyatini so'zlab berish;

  • boshqa fasldagi guruh katnashchilariga bag'ishlangan fikr yoki bag'ishlov yaratish va ijodiy tilaklar bildirish.

Oxirida o'qituvchi quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:

  • guruh qatnashchilari bir-birlari haqida nimalarni bilib olishdi;

  • auditoriyada bir-birlariga ko'nikish holati qanday o'zgardi;

  • qanday savollar va muammolar hal qilindi;

  • qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarni ko'rsata oldilar;

  • har bir kishi o'zi uchun qanday xulosa chiqardi;

  • demak biz, qandaymiz?

  1. «Tanishuv» texnologiyasi (2-variant)

O'qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratgach, har bir guruhga «Keling, tanishaylik!» mavzusi yozilgan quyidagi mazmundagi taxminiy materialni tarqatadi: Keling, tanishaylik!

  • Sizlar Kim va nima uchun bu yerga to'plangansizlar?

  • Sizlarni nima birlashtiradi?

  • Siz uchun eng qimmatli narsa nima?

  • Ishlashingizga nima yordam beradi?

  • Kimlarga g'amxo'rlik qilasizlar?


  • Kimlar bilan hamkorlik qilasizlar?

  • Nimalarni o'zingiz, nimalarni esa birgalikda hal etasizlar?

  • Sizning eng kuchli va kuchsiz tomonlaringiz nima?

Guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialdagi savollarga javob berishga tayyorgarlik ko'radilar, tayyorlanish jarayonida ular bir-birlari bilan tanishib oladilar.

  1. «TUSHUNCHALAR TAHLILI» uslubi

Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o'tilgan o'quv predmeti yoki bo'lim barcha mavzularini talabalar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo'yicha o'qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o'z izohlarini berish, shu orqali o'z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o'qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo'naltirilgan.
Uslubning maqsadi. Talabalarni mashg'ulotda o'tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o'z bilimlarini bir tizimga solishga o'rgatish. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

  • talabalarni guruhlarga ajratiladi;

  • talabalar mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;

  • tarqatma materiallar guruh a'zolariga tarqatiladi.

  • talabalar yakka tartibda o'tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo'yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;

  • talabalar tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o'zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo'lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);

  • o'qituvchi tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalarni o'qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to'g'ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo'lsa) tanishtiriladi;

  • har bir talaba (yoki o'quvchi) to'g'ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo'ladilar, o'z-o'zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

  1. «ZINAMA-ZINA» texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg'ulot talabalarni o'tilgan yoki o'tilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha yakka va kichik jamoa bo'lib fikrlash hamda xotirlash, o'zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to'plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko'rinishida ifodalay olishga o'rgatadi. Bu texnologiya talabalar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o'tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. Talabalarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o'z fikri bilan ta'sir eta olishga, uni




ma'qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

  • o'qituvchi talabalarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo'lgani ma'kul);

  • talabalar mashg'ulotning maqsadi va uning o'tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog'ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo'lgan varaqlar tarqatiladi;

  • o'qituvchi guruh a'zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog'ozdagi bo'sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;

  • guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko'rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a'zolari kichik mavzu bo'yicha imkon boricha to'laroq ma'lumot berishlari kerak bo'ladi.

  • tarqatma materiallar to'ldirilgach, guruh azolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;

  • o'qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg'ulotni yakunlaydi.

  1. “CHARXPALAK” texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarni o'tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to'g'ri javob berishga va o'z-o'zini baholashga o'rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o'qituvchi tomonidan barcha talabalarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi: talabalarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o'z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan karashga, ko'p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o'rgatish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

  • talabalarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish;

  • talaba (yoki o'quvchi)ni mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;

  • tarqatma materiallarni guruh a'zolariga tarqatish.

  • guruh a'zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;

  • har bir guruh a'zosi o'zi ishlagan tarqatma materialining o'ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o'zining biron-bir belgisini chizib qo'yadi;

  • vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo'nalishida almashtiriladi;

  • yangi guruh a'zolari tomonidan berilgan materiallar o'rganiladi va o'zgartirishlar kiritiladi;

  • jamoalar tomonidan o'rganilgan va o'zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo'nalish bo'yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);


  • materiallarni oxirgi almashishdan so'ng har bir guruh va har bir guruh a'zosi o'zlari ilk bor to'ldirgan materiallarini (guruh raqami va o'zlari qo'ygan belgilari asosida) tanlab oladilar;

  • har bir guruh a'zosining o'zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a'zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar;

  • o'kituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o'qiydi va jamoa bilan birgalikda to'g'ri javoblarni belgilaydi;

  • har bir talaba (yoki o'quvchi) to'g'ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to'playdilar va o'z-o'zini baholaydilar.

  • talabalar o'z baholari yoki ballarini belgilab olishgach, o'kituvchi vazifa bajarilgan qog'ozlarni yig'ib oladi va baho (ballar)ni guruh jurnaliga ko'chirib qo'yadi.

  1. «BUMERANG» texnologiyasi (1-variant)

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotga ega bo'lish hamda dars mobaynida o'qituvchi tomonidan barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi. O'quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni talabalar tomonidan yakka va guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash. O'quv jarayoni mobaynida har bir talaba (yoki o'quvchi) tomonidan o'z baho (yoki ball)larini egallashga imkoniyat yaratish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o'tkaziladi:

  • talabalar kichik guruhlarga ajratiladi;

  • talabalar dars (mashg'ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;

  • talabalarga mustaqil o'rganish uchun mavzu bo'yicha matnlar tarqatiladi;

  • berilgan matnlar talabalar tomonidan yakka tartibda mustaqil o'rganiladi;

  • har bir guruh a'zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;

  • yangi guruh a'zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o'rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya'ni bir-birlariga so'zlab beradilar, matnni o'zlashtirib olishlariga erishadilar;

  • berilgan ma'lumotlarni o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o'tkaziladi, ya'ni guruh a'zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;

  • yangi guruh a'zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;

  • darsning qolgan jarayonida talabalar bilimlarini baholash yoki to'plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda «guruh hisobchisi» tayinlanadi;

  • talabalar tomonidan barcha matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o'qituvchi (yoki opponent guruh) talabalarga savollar bilan murojaat etadilar, og'zaki so'rov o'tkazadilar;

  • savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to'plagan umumiy ballari aniqlanadi;






  • har bir guruh a'zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog'lagan holda bittadan savol tuziladi;

  • guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo'yicha ballarni hisoblab boradilar);

  • guruh a'zolari tomonidan to'plangan umumiy ballar yig'indisi aniqlanadi;

  • guruhlar to'plagan umumiy ballar guruh a'zolari o'rtasida teng taqsimlanadi.

  1. «BUMERANG» texnologiyasi (2-variant)

Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, og'zaki va yozma ish shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Texnologiya mashg'ulot mobaynida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarish, navbat bilan talaba (yoki o'quvchi) yoki o'qituvchi rolida bo'lish va mos ballarni to'plash imkoniyatini beradi.
«Bumerang» texnologiyasi talabalarga tanqidiy fikrlash, ularda mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, shuningdek ularning xotirasini, g'oyalarini, fikrlarini, dalillarini yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur uslub talabalarga ta'lim bilan bir qatorda tarbiyaviy xarakterdagi:

  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • muomalalilik;

  • xushfe'llik;

  • ko'nikuvchanlik;

  • o'zgalar fikrini hurmat qilish;

  • faollik;

  • ishga ijodiy yondashish;

  • o'z faoliyagining samarali bo'lishiga qizikish;

  • o'zini baholash kabi qator sifatlarini ham shakllantirish imkoniyatini beradi.

  1. «3x4» texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg'ulot talabalarni aniq bir muammoni (yoki biror mavzuni) yakka holda (yoki kichik jamoa bo'lib) fikrlab hal etish, yechimini topish, ko'p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo'yilgan muammo (yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek, o'z fikrlarini ma'qullay olishga o'rgatadi. Bu texnologiya talabalar bilan avval yakka holda, so'ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o'tkaziladi.
Texnologiyaning maqsadi: talabalarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha xosil qilishga; jamoaga o'z fikrini o'tkazishga, uni ma'qullashga; qo'yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o'tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

  • o'qituvchi talabalarning umumiy soniga qarab, 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi;

  • o'qituvchi talabalarni mashg'ulotning maqsadi va o'tkazilish tartibi bilan


tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog'ozning yuqori qismida yozuvi bo'lgan varaqlarni tarqatadi;

  • o'qituvchi kichik guruh a'zolarini tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrni faqat uchta fikr, ya'ni uchta so'z yoki so'zlar birikmasi, yoki uchta gap bilan davom ettirishlari mumkinligini uqtiradi va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt belgilaydi;

  • guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan fikrni yozib davom ettiradilar;

  • vazifa bajarilgach, guruh a'zolari o'rinlaridan turib soat mili yo'nalishi bo'yicha joylarini o'zgartiradilar;

  • yangi joyga kelgan guruh a'zolari shu yerda qoldirilgan tarqatma materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana yangi uchtadan o'z fikrlarini yozib qo'yadilar;

  • guruh a'zolari yana yuqoridagi kabi joylarini o'zgartiradilar, shu tariqa kichik guruhlar o'z joylariga qaytib kelgunlariga qadar joylarini almashtirib, tarqatma materiallarga o'z fikrlarini qo'shib boradilar;

  • o'z joylariga qaytib kelgan kichik guruhlar tarqatma materialda to'plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o'qib, ularni umumlashtirgan holda bitta yaxlit ta'rif yoki qoida holatiga keltiradilar;

  • har bir kichik guruhning mualliflik ta'riflari yoki qoidalarini guruh a'zolaridan biri taqdimot qiladi;

  • o'qituvchi kichik guruhlar tomonidan berilgan ta'riflar yoki qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi, so'ngra mashg'ulotni yakunlaydi.

  1. «REZYUME» texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Bu texnologiya murakkab, ko'p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni o'rganishga qaratilgan. Texnologiyaning moxiyati shundan iboratki, bunda bir yo'la mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri aloxida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Texnologiyaning maqsadi: talabalarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab takdoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o'quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o'z fikri bilan ta'sir etishga, uni ma'kullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda o'tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: o'qituvchi talabalarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi;
o'qituvchi talabalarni mashg'ulotning maqsadi va o'tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog'ozning yuqori qismida yozuvi bo'lgan, ya'ni asosiy muammo, undan ajratilgan o'quv muammolari va ularni yechish yo'llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarini tarqatadi;
har bir guruh a'zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o'z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul


variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar;


kichik guruh a'zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o'qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi;
o'qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so'rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so'ng taqdimot guruhi o'z xulosasi bilan tanishtiradi;
o'qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, so'ngra mashg'ulotni yakunlaydi.

  1. «MUAMMO» texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: talabalarga o'quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to'g'ri topishlariga o'rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo'yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechiishing ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to'g'ri aniqlashga o'rgatish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
O'qituvchi talabalarni guruhlarga ajratib, ularni mos o'rinlariga joylashtirgandan so'ng, mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya'ni u mashg'ulotni bosqichli bo'lishini va har bir bosqich talabalardan maksimum diqqat-e'tibor talab qilishini, mashg'ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo'lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat talabalarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo'lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg'otadi. Mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg'ulot boshlanadi:
talabalar tomonidan mashg'ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo'yish (agar kinofilm ko'rsatishning imkoniyati bo'lmasa, u holda o'qituvchi o'quv predmetining mavzusi bo'yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o'quv materialidan foydalanishi mumkin);
har bir guruh a'zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 formatdagi qog'ozga flomaster bilan yozib chiqadi;
berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o'qib eshittiriladi;
o'qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog'ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi;
tarqatilgan qog'ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a'zosi o'zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi;
o'qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a'zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.
Masalan:


Muammoning turi Muammoni kelib chikish Muammoni yechish yo'llari









sabablari

va Sizning harakatlaringiz

Toza ichimlik suvining kamligi

Suvni toza saqlashga e'tiborning kamligi

Tabiat va suvni saqlashga oid tadbirlar o'tkazish


  • yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so'ng har bir talaba (yoki o'quvchi) bajargan tahliliy ishini barchaga o'qib eshittiradi;

  • muammolar va ularning yechimi bo'yicha jamoaviy fikr almashiladi;

  • himoyadan so'ng o'qituvchi mashg'ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

  1. «LABIRINT» texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: talabalarning o'quv va hayotiy faoliyatlarida uchraydigan turli xolat va vaziyatlardan o'z obro'larini saqlagan holda chiqish
, vaziyatni to'g'ri baholash va tezlik bilan kerakli yechimini topish ko'nikmalarini shakllantirish, shu boradagi malakalarini oshirishga ko'maklashish, ularning fikrlash qobiliyati va nutqiy faoliyatini o'stirish hamda muloqot qilish madaniyatini shakllantirish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: o'qituvchi mashg'ulot boshlanishi oldidan talabalar uchun stullardan doira shaklida joy tayyorlaydi (doira shaklidagi joyning o'rtasiga savat (yoki tuvak)dagi guldastani qo'yish maqsadga muvofiq. Joyni bunday jihozlanishi mashg'ulotni qiziqarli va jonli o'tishiga yordam beradi. Imkon bo'lsa, bunday mashg'ulotni ochiq havoda, ya'ni tabiat qo'ynida o'tkazilsa, u holda talabalar yashil maysalar ustida doira shaklida bemalol joylashib olsalar ham bo'ladi.
O'qituvchi mashg'ulot boshlanishi bilan talabalarni shu davradan joy egallashlarini so'raydi.
So'ngra talabalarning faoliyati rang-barang va hamisha har turli qiziq voqealar, hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan mashg'ulotni boshlaydi. Misol tariqasida o'qituvchi, talabalar faoliyatida uchragan yoki uchraydigan vaziyatlardan biri to'g'risida gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish yo'lini so'raydi (yoki o'qituvchi vaziyatni aytib, uning uchta yechimini ham aytadi va talabalardan uchta to'g'ri variantdan bittasini tanlashlarini va nima uchun shu variantni tanlaganliklarini tushuntirib berishlarini so'raydi. Shundan so'ng o'qituvchi talabalarni xohishlariga ko'ra, uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi va ularga har bir kichik guruh a'zolari o'z ish tajribalaridan kelib chiqkan holda, o'quv va tarbiyaviy jarayonlarda o'qituvchi va talabalar faoliyatida uchraydigan yoki uchragan biron-bir muammoli vaziyatlarni eslashlari, ulardan eng qiziqarli, eng muammolisini tanlab, ularning yechimini (vaziyat, muammoning yechimi uch variantdan test yoki aniq bir javobdan iborat bo'lishi mumkin) ham topib qo'yish topshirigini beradi.

  1. «BLIS-SO’ROV» usuli

Usulnint tavsifi. Ushbu usul talabalarni harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida xilma-xil fikrlar, ma'lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir katorda, o'zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o'z fikrini o'tkaza olish hamda uz faoliyati, kunini rejalashtira olishni o'rgatishga qaratilgan.
Usulning maqsadi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog'ozlarda




ko'rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish yoki o'z fikrida kolish, boshqalar bilan hamfikr bo'la olish kabi ko'nikmalarni shakllantirish.

  1. FSMU texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o'tkazishda yoki o'quv-seminari yakunida (talabalarning o'quv mashg'ulotlari hamda o'tilgan mavzu va bo'limlardagi ba'zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida) yoki o'quv rejasi asosida biror- bir bo'lim o'rganilgach qo'llanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya talabalarni o'z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o'quvchi-talabalar tomonidan o'quv jarayonida egallangan bilimlarini tahlil etishga va egallaganlik darajasini aniqlashga, baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o'rgatadi.
Texnologiyaning maqsadi. Ushbu texnologiya talabalarni tarqatilgan oddiy qog'ozga o'z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

  • o'qituvchi har bir talaba (yoki o'quvchi)ga FSMU texnologiyasining to'rt bosqichi yozilgan qogoz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni to'ldirishni iltimos qiladi. Bu yerda:

F - fikringizni bayon eting;
S - fikringiz bayoniga sabab ko'rsating;
M - ko'rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U - fikringizni umumlashtiring.

  1. «Skarabey» texnologiyasi

«Skarabey» interfaol texnologiya bo'lib, u talabalarda fikriy bog'liqlik, mantiqiy fikrlash, xotiralarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o'quvchilarga mustaqil ravishda o'z bilimlarining sifati va saviyasini xolisona baholashga, o'rganilayotgan mavzu hakidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlashga zamin yaratadi. U ayni paytda turli g'oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga ham xizmat qiladi.

  1. "YELPIG’ICH» texnologiyasi

Bu texnologiya murakkab va ko'ptarmoqli bo'lib, muammoli mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha bir yo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interfaol texnologiya talabalarga tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari, fikrlarini yozma va og'zaki shaklda ixcham bayon etish, shuningdek uni himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
"Yelpig’ich» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashchining va umuman




guruhning faol ishlashiga qaratilgan.

  1. «MULOQOT» texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarning dars jarayonida mustaqil fikrlashiga, o'z fikrlarini erkin bayon etishiga hamda ularda baxslashish madaniyatini tarbiyalashga karatilgan bo'lib, odatda, bunday mashg'ulot talabalarni kichik guruhlarga ajratgan holda o'tkaziladi.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

  • o'qituvchi mashg'ulotni boshlashdan avval talabalarni muloqot, baxs-munozarani o'tkazishga qo'yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so'ngra ushbu darsning bosqichma-bosqich o'tkazilishini tushuntiradi;

  • o'qituvchi talabalarni mavzu yo'nalishlari bo'yicha guruhlarga ajratadi;

  • har bir kichik guruh jamoasi o'z yo'nalishi bo'yicha tayyorgarlik boshlaydi: boshqa kichik guruhlar bilan muloqotga kirisha olishi uchun o'z yo'nalishi bo'yicha turli materiallar, ko'rgazmali qurollar, turli rivoyat, olim va mutafakkirlarning fikrlari va sh.k. kabilarni tayyorlaydi;

  • kichik guruhlar o'rtasida asosiy mavzu va uning yo'nalishlari bo'yicha muloqot boshlanadi;

  • o'qituvchi guruhlarning fikrlarini maqsadli yo'naltirib boradi va asosiy mavzu kichik guruhlar tomonidan yoritilgach, u aytilgan fikrlarga o'zining munosabatini bildirgan holda muloqotni yakunlaydi.

  1. «BAHSLASHUV» texnologiyasi

Talabalarning o'quv guruhlarida ularning o'zaro munosabatlarini yanada yaxshilash, bir-birlariga tezlik bilan ko'nikishlari yoki o'zaro bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo'lishlari uchun ba'zida ular o'rtasida bahslar tashkil etib turish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday baxslar talabalarni o'z fikrlarini charxlab olishga, hayotga va turli muammolarga bo'lgan munosabatlarini aniqlab olishga katta yordam beradi.
Bahs qatnashchilari bahsni o'tkazish va unda o'zlarini tuta bilish, boshqara olish to'g'risidagi qoidalar bilan oldindan yoki bahs mobaynida tanishib olishlari kerak.

  1. KBI (kuzatish, bahslashish, ishontirish) texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: talabalarni hayotda faol o'rnini topishlarini,

peshqadamlik va sardorlik sifatlarini, jamoada ishlash ko'nikmalarini, iguningdek, o'zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalil keltira olish, o'z fikrini isbotlay olish, asoslash, ishontirish, munozara olib borish mahoratlarini hamda murosaga kelish, izlanish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Ushbu mashg'ulot bahs-munozara uslubiga asoslangan bo'lib, o'zining aniq o'tkazilish vaqti va tartibiga egadir. O'qituvchi dastlab talabalarni mashg'ulot o'tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va ularni kichik guruhlarga ajratadi.

  1. Yozma bahs (debat)lar uslubi

Uslubning maqsadi: talabalarga o'quv xonasidagi tengdoshlari bilan birgalikda shu oila jamoatchilik fikrini to'lkinlantirayotgan mavzularda muloqotlar rejalashtirish imkonini berish. Uslub talabalarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratish, munozara madaniyatini o'rgatish va





o'z fikrini asoslash qobiliyatini rivojlantirish.

  1. «MUNOSABAT» texnologiyasi

O'quv jarayonida «Munosabat» texnologiyasidan foydalanib, o'rganilayotgan fanda turli muammolarni hal etishga, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo'llarini topishga, o'quvchilarni esa mustaqil izlanishga, fikrlashga, o'z fikrlarini isbotlash hamda turli vaziyatlardan chiqishga o'rgatishda quyidagi shaklni qo'llash mumkin.

Vaziyat turi

Vaziyatning sabablari

Vaziyatdan chikib ketish harakatlari

Intizomning yo'qligi

  • darsga qizikmaslik;

  • darsga kech kelish;

  • tarbiyasizlik;

  • darsga tayyormaslik;

  • darsni buzish;

  • o'kituvchining auditoriyani boshqara olmasligi.

O'qituvchining yakkama - yakka yondashuvi, kasbiy darajasi, talaba (yoki o'quvchi) ning oilaviy sharoitini o'rganishi; tushuntira bilishi va boshqalar.


  1. «TASHVIQOT GURUHI» texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: talabalarda muammoning mohiyatini aniqlash, o'z fikrlarini aniq va qisqa dalillar asosida bayon qilish orqali ularda ishontirish, shuningdek, targ'ibot-tashviqot qilish va uni amalga oshirish ko'nikmalarini shakllantirish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Mashg'ulotning boshlanishida o'kituvchi talabalar auditoriyasi oldiga bir necha muammoli mavzularni tashlaydi. Talabalar bu muammoli mavzular orasidan ixtiyoriy bittasini tanlaydilar. O'rtaga tashlanayotgan muammoli mavzu o'quv predmeti yoki tarbiya yo'nalishida bo'lgani maqsadga muvofiq.

  1. «AJIL» (amaliyotda jamoaviy ijodiy loyihalar) texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: talabalarda ijodiy faoliyat malakalarini va
jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy ishning turli shakllarini bilishga ko'maklashish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
Bu texnologiya «Jamoaviy ijodiy ishni tashkil qilish» mavzusidagi nazariy material o'zlashtirilgandan so'ng yoki shu mavzudagi suhbat yoki «Men - jamoaviy ish tashkilotchisi» nomli blits - o'yin o'tkazilgandan so'ng o'quv jarayonida ishlatilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

  1. «Ssenariy» texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: talabalarda yakka va jamoaviy ijodiy faoliyat ko'nikmalarini, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, turli shakldagi yakka va jamoaviy ijodiy faoliyatni egallash, o'tkaziladigan tadbirlarni oldindan rejalashtirish, stsenariysini tuzish, tashkil etish va o'tkazish buyicha ko'nikma, malaka xosil qilish.

  1. «IMAK» (ishontirish maktabi) texnologiyasi




Texnologiyaning maqsadi: talabalarning ishontirish (dalillar topish va ularni asoslashni bilish) va boshqara olish malakasini hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, jamoada va turli xil vaziyatlarda o'zini tuta olishga o'rgatish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: O'quv jarayoni boshlanishida o'qituvchi talabalarni mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtiradi. Talabadan biri mashg'ulot shartlariga binoan xonadan chiqadi. Qolgan ishtirokchilar esa o'qituvchi va talaba o'rtasidagi ziddiyatni nazarda tutuvchi muammoli holatni o'ylab chiqadilar, muhokama qiladilar va tayyorlaydilar. Boshqacha aytganda, muammoli holatni rollarga bo'lingan holda ijro etishga tayyorgarlik ko'radilar. Masalan, talabalar muhim o'quv mashg'ulotiga tayyorgarlik ko'rib kelganlar, ularning hammasi mashg'ulotda ishtirok etishga tayyor va qiziqish katta, lekin ta'lim muassasasi rahbariyati mashg'ulot o'rniga barcha talabalarni hovli, ko'chalarni, gulzor va bog'larni tozalash, tartibga keltirish yoki ta'lim muassasasida (yoki stadionda, teatrda, majlislar zalida) o'tkazilayotgan tadbirda zalni to'ldirish uchun borishga ko'rsatma berishi mumkin yoki talabalar o'zlarining shaxsiy tajribalaridan, talabalik faoliyatlaridan kelib chiqib, sahnalashtirish uchun o'qituvchi va talabalar o'rtasida ziddiyatga olib keluvchi turli holatlar, vaziyatlarni o'ylab topishlari mumkin. Talabalar tanlangan muammoni tayyorlayotgan vaqtda tashqariga chiqqan ko'ngilli qatnashchiga o'qituvchi, dekan muovini rolini o'ynashi kerakligi tushuntiriladi, uni alohida bo'ladigan muammo yoki vaziyat bilan tanishtiriladi. Tayyorgarlik uchun aniq vaqt ajratiladi. Bir ozdan so'ng, tashqariga chiqib ketgan talaba auditoriyaga taklif etiladi. So'ngra talabalar o'ylab topgan va ular tomonidan sahnalashtirilgan ziddiyatni keltirib chiqaruvchi vaziyat ijro etiladi. Talabalar tomonidan tayyorlangan vaziyatni ijro etish vaqtida, ular har xil xarakterdagi talabalar rolida bo'lib, ziddiyatni keltirib chiqarish uchun ularning qiliqlari, odatlari, so'zlari, harakatlarini ishlatadilar.

  1. «SAN» texnologiyasi

(uchlik - samarali, ahloqiy, nazokatli)
Texnologiyaning maqsadi; talabalarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko'nikmalarini, ishga mas'uliyat bilan yondashuvni shakllantirish, bezash ishlari ko'nikmalarini rivojlantirish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: o'qituvchi talabalar auditoriyasini o'tkaziladigan mashg'ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va talabalarni 3 kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi;
Kichik guruhlarda talabalar quyidagi rollarga bo'linadi: rassom, adabiy va badiiy muharrir, dizayner (bezakchi). Keyin har bir guruh vakili o'qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.

  1. «Konsensus va konfrontatsiya» rolli-ishchan o’yini («Kelishuv va ziddiyat»)

Texnologiyaning maqsadi: talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlash hamda murosaga kelish mahoratini shakllantirish va bolalar huquqlari muammolari bilan bog'liq bo'lgan tushunchalarini aniqlash.

  1. INSERT usuli

Insert usuli:





  • mustaqil o'qish, ma'ruza tinglash jarayonida olinadigan ma'lumotlarni bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi.

  • Oldindan olingan ma'lumotni yangisi bilan o'zaro bog'lash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi.

O’quv faoliyatini tashkil etish jarayonining tarkibiy tuzilmasi.
Insert usuli tarkibi va uni to'ldirish qoidasi bilan tanishadi. Shaxsan uni rasmiylashtiradi.
O'qish vaqtida olingan ma'lumot yakka tartibda taqsimlanadi: matnda belgi qo'yilgan mos ravishda jadval ustuenlariga “joylashtiriladi”:
V - “...” haqida olingan bilim (ma'lumot)ga mos keladi;

  • “...” haqidagi bilimga qarama-qarshi;

+ - yangi ma'lumot sanaladi;
? - tushunarsiz qo'shimcha ma'lumot.

V

+































  1. KLASTERLI TAHLIL


Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish