II. Ko’ylak ort bo’lagiga ishlov berish
2.1. Ort bo’lak relef qirqimlari ni biriktirib tikish
|
UM
|
|
Stol ustida ort, o’rta va yon qismi o’ngini o’ngiga qo’yib, qirqimlarni bir-biriga to’g’rilab, kerakli kertimlarni to’g’nog’ich bilan to’g’nab olinadi. Yon qism tomondan ko’klanadi. So’ngra universal mashinada qirqimdan 1.0 sm kenglikda biriktirib tikiladi.
|
2.2. Relef choklarini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Tikilgan relef choklari teskari tomonidan namlangan mato orqali bir tomonga, ya’ni biri-biriga qaratib yotqizib dazmollanadi.
|
2.3. Relef choklarini yo’rmalash
|
MM
|
|
Ort bo’lak relef choklari dazmoldan so’ng chok haqi qirqimlari maxsus mashinada bitta qilib yo’rmalanadi.
|
2.4. Ort bo’lak relef chok ustidan bezak bahyaqator yuritish
|
UM
|
|
Ort bo’lak o’ng tomondan relef ustidan modelga muvofiq bezak bahyaqator yuritiladi. Relef ziyidan 0.5 sm kenglikda
|
2.5. Ort bo’lak shlitsasiga yelimli qotirma yopishtirish
|
Dazmol
|
|
Ko’ylak ort bo’lagida model bo’yicha belgilangan shlitsa qismini ishlov haqini teskarisiga yelimli qotirma yopishtiriladi. Qotirma qirqimlarini shlitsa ishlov haqini qirqimiga to’g’rilab qo’yiladi. Qotirma o’rta chizig’iga va etak bukish chizig’iga 0.1 sm yetkazmay qo’yiladi. Qotirmani oldin namlab, keyin dazmolda yopishtiriladi.
|
2.6. Ort bo’lak o’rta qirqimini yo’rmalash
|
MM
|
|
Ort bo’lak o’rta qirqimlarini alohida-alohida qilib maxsus mashinada yo’rmalanadi.
|
2.7.Ort o’rta bo’laklarini biriktirib tikish
|
UM
|
|
Ko’ylakning ort bo’lak qismlarining qirqimlari to’g’rilab to’g’nog’ich yordamida mahkamlanadi. Uzunasi bo’ylab ort bo’lak o’rta chizig’i biriktirib ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ichlar olib tashlanadi. Qaviqqa 0.1 sm yetkazmay universal mashinada shlitsa uzunligini belgi chizig’igacha biriktirib tikiladi va bahyaqator puxtalanadi. Biriktirilgan qaviq iplar olib tashlanadi.
|
2.8. Ort bo’lak o’rta choklarini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Choki haqi ort bo’lak chap qismi tomonga yotqizib dazmollanadi.
|
2.9. Shlitsani o’ng tomondan puxtalash
|
UM
|
|
Dazmollangan shitsani siljib ketmasligi uchun ko’klab olinadi va shlitsa o’ng tomonidan universal mashinada puxtalanadi. So’ngra ko’klangan iplar olib tashlanadi.
|
2.10. Ort bo’lak koketkani biriktirib tikish
|
UM
|
|
Relef qirqimlari tikib tayyor qilingan ort bo’lakka koketkani o’ngini o’ngiga qo’yib kertimlariga to’g’rilab to’g’nog’ich bilan to’g’nab qirqimlarini bir-biriga tenglashtirib ko’klanadi. So’ngra universal mashinada qirqimdan 1.0 sm kenglikda biriktirib tikiladi.
|
2.11. Koketka choklarini dazmollash
|
Dazmol
|
|
Tikilgan koketka choklarini teskari tomondan namlangan mato orqali bir tomonga koketkaga qaratib dazmollanadi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi.
|
2.12. Koketka choklarini yo’rmalash
|
MM
|
|
Dazmol qilingandan so’ng koketka chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi.
|
2.13. Koketka ustidan bezak bahyaqator yuritish
|
UM
|
|
Koketka ort bo’lakka biriktirib tikib tayyor qilingandan so’ngra o’ng tomondan modelga muvofiq bezak bahyaqator yuritiladi. (0.5 sm kenglikda).
|