Ix. Menejer shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Reja


 Boshqaruvda muloqat  uning afzal va o‘ziga xos   tomonlari



Download 397,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.06.2021
Hajmi397,15 Kb.
#105563
1   2   3
Bog'liq
IX . MENEJER ShAXSIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.

             3. Boshqaruvda muloqat  uning afzal va o‘ziga xos   tomonlari.   

Ayrim mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasi 

ko‘pincha  OAVda  «.kommunikativ  kompetensiya»  tushunchasi  bilan  sinonim 

sifatida  ham  ishlatiladi.  Bevosita  kommunikativ  kompetensiyani  aniqlash  uchun 

«Muloqotga  kirishuvchanlik  darajasi»,  «Fikrni  bayon  eta  olish»  kabi  qator 

metodikalar xamda o‘zini qanchalik nazorat qila olishini bilishda M.Snaydershshg 

maxsus  testi  qo‘llaniladi.  Kognitiv  kompetensiya  —  bu  rahbarning  ma’lumot 

darajasini  oshirishga  tayyorligi,  o‘zining  shaxsiy  imkoniyatlarini  faollashtirishga 

112 extiyojmandligi, yangi malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda 

o‘zini-o‘zi  rivojlantirish  qobiliyati  demakdir.  Maxsus  kompetensiya  -  bu 

boshqaruvchining  professional  xatgi-xarakatlarni  mustaqil  tarzda  bajarishga 

tayyorlanish  va  o‘z  mehnati  natijalarini  baholay  olish  qobiliyati.  Madaniy 

kompetensiya  -  bu  menejerning  tashkilot  normalari  va  qadriyatlari  orqali  xuld-

atvorini  boshqarishga  tayyorlik  qobiliyatiga  egaligi.  Shuningdek,  munosib 

bo‘lmagan  vaziyatlardagi  xatti  xarakatlarda  maqsadga  erishish  uchun  standart 

vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo‘lganda ularni yangilari bilan almashtira olish 

savodxonligi. 

Raxbarlik  sifatlari.  Yuqorida  keltirilgan  ta’riflar  rahbarlik  faoliyatining  bir 

tomonini  tashkil  qiladi.  Ikkinchi  tomoni  rahbarlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi 

kishining shaxsi yuksak insoniy fazilatlar bilan bog‘liqdir. 

 Rahbar  mustaqil  bo‘lishi,  ijtimoiy  faoliyatning  qonuniy  taqiqlanmagan 

hamma  sohasi  bilan  shug‘ullana  olishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  u  o‘zi  

boshqarayotgan  jamoa  orasida  obro‘-e’tiborga  ega  bo‘lishi,  o‘zin  kamtar  tutishi 

zarur.  Rahbarning  mustaqil  fikrlilik,  topqirlik,  mustaqillik  shaxs  qiyofasini 

belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. 



  Rahbarda  mustaqillik  bo‘lsa,  unda  o‘ziga  ishonch  ham  bo‘ladi,  bu  esa  o‘z 

navbatida  rahbardagi  sub’ektiv  talablar  darajasining  yuqori  bo‘lishiga  olib  keladi. 

Ko‘pincha,  rahbarning  boshqalarga  talabchanligi  haqida  gapiriladi,  lekin  yaxshi 

rahbar  avvalo  o‘ziga-o‘zi  nisbatan  talabchan  bo‘lishi  talab  etiladi.  O‘z-o‘zini 

baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi 

muhim bir omildir. 

 Har  qanday  rahbarda  intellekt  —  aql-zakovatning  ma’lum  normasi  bo‘lishi 

kerak.  Bu  norma  yaxshi  rahbar  uchun  o‘rtadan  yuqori  bo‘lmog‘i  maqsadga 

muvofiqdir,  chunki  o‘ta  yuqori  darajasidagi  intellektga  ega  bo‘lgan  rahbar  bilan 

ishlash  xodimlar  uchun  qator  noqulayliklarni  keltirib  chiqarishini,  bunday  aql-

zakovat  qolganlarning  ijobiy  rivojlanishiga  psixologik  tusiq  vazifasini  o‘tash 

mumkin.  Rahbardagi  o‘rtadan  yuqori  intellektni  qoplab  ketadigan  yana  boshqa 

muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi 

 Bugungi  kunda  rahbarlik  faoliyati  uchun  umuminsoniy  ma’naviy 

fazilatlarning  roli  ham    juda  katta.  Bunday  fazilatlar  o‘zaro  ishonch,  halollik, 

haqqoniylik, adolatlikdan iborat bo‘lishi kerak. 

 Bundan  tashqari,  rahbar  psixologiyasini  ma’naviy  jihatdan  shakllantirish 

uchun quyidagi maxus fazilatlar ham zarur: 

-tashabbuskorlik, doimo yangi imkoniyatlarni izlab topish; 

-vaqtdan, shuningdek vaziyatdan hamisha unumli foydalan olish; 

- hayotda har doim boshqalardan bir qadam oldinda yurish; 

-bo‘ladigan o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish; 

-qat’iyatli, tirishqoq, sabr-bardoshli bo‘lish; 

-qiyinchilik va to‘siqlarga tayyor  turish, ularni irodaviy qat’iyatlilik bilan yengish; 

-maqsadni aniq belgilab, unga erishishga harakat qilish

-faoliyat sohasida yetarli darajada ilmiy-amaliy axborotg ega bo‘lish; 

-ish yuritishda mustaqil bo‘lish; 

-ayrim  vaqtlarda  tavakkalchilikka  yo‘l  qo‘yish  va  uning  natijasini  tasavvur  qila 

olish, shu tariqa yuksak samaradorlikka erishish.  



 Rahbarlik odobi yuksak ma’naviy axloqiy me’yor, talab va tamoyillar bo‘lgan 

erkinlikka  asoslanadi.  Rahbar  nafaqat  o‘zi  erkin  bo‘lishi,  balki  sherigining,  o‘zi 

ishlayotgan jamoa a’zolarining ham erkinliklarini hurmat qilishi lozim. 

 Rahbarlik  odobi  ko‘pincha  o‘zaro  tenglik  va  odillikka  asoslandi.  Bu  narsa 

tomonlarning o‘z faoliyatini ob’ektiv baholashga yordam beradi.  

Zamonaviy  rahbarning  o‘z  faoliyatida  muvaffaqiyatga  erishishi  uchun 

quyidagilarga qat’iy rioya qilishi zarur: 

-Sheriklariga,  hamkorlariga,  jamoa  a’zolariga  bergan  va’dasini  doim  o‘z 

vaqtida bajarishi kerak; 

-Mag‘rurlanib  ketmaslik,  jamoa  o‘rtasida  kamtar,  o‘ziga  ortiqcha  baho 

bermasligi zarur; 

-Faqat o‘zining nuqtai nazarini, fikrini o‘tkazish emas, o‘zgalarning ham fikri 

bilan hisoblashishi zarur; 

-Hamkorlarning  bilim  va  malakalarini,  topqirlik  qobiliyatini  ham  qadrlash 

lozim; 

-O‘zining  ishtiroki  zarur  bo‘lgan  masalalarnigina  hal  qilishda  qatnashishi 

shart 

-Sheriklari va qo‘l ostidagi xodimlarni maqtash, kerak bo‘lsa rag‘batlantirish, 



ularning  fikrini  agar  o‘rinli  bo‘lsa  ma’qullash,  bu  kabi  tadbirlarni  jamoatchilik 

oldida amalga oshirish kerak;  

-Sheriklarining takliflarini e’tibor bilan tinglashi, to‘g‘ri bo‘lsa, ish faoliyatida 

foydalanish, noto‘g‘ri bo‘lsa, xushmuomalalik biln ulardan voz kechishi lozim; 



-Har qanday sharoitda jamoa oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymasliklari zarur; 

 

 

Download 397,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish