Ix bob. Tovar va tovar siyosati


Tovarning har xil hayotiylik davri fazasida marketing taktikasi



Download 232,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana17.05.2023
Hajmi232,54 Kb.
#940322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-mavzu

Tovarning har xil hayotiylik davri fazasida marketing taktikasi 
 
 
Bozorga chiqish 
bosqichi 
O‘sish 
bosqichi 
Yetuklik 
bosqichi 
Chiqish 
bosqichi 
Tovar Asosiy 
Nomenklatura-
sini kengay-
tirish 
Yangi 
tovarlarni 
bozorga 
kiritish 
Bozordan 
chiqish 
Baho 
Past, aksincha 
yuqori 
Narx oldingi 
fazadagiga 
nisbatan 
baland, yoki 
uning yuqori 
darajasiga mos 
keladi 
Chegirma va 
narxga 
nisbatan 
texnik 
harakatlar 
Talab 
holatiga mos 
keladi 
Sotish 
Tovar tarqatish 
chegaralangan, 
bir segmentda 
konsentratsiya-
langan 
Sotishni tez 
kengaytirish, 
yangi 
segmentlarni 
topish 
Intensiv 
sotish 
Tovarni 
tanlab 
tarqatish 
Tovarni 
bozorga 
siljitish 
Ancha harakat 
talab etiladi 
Mumkin qadar 
maksimal 
harakat 
Foydaga mos 
ravishda 
harakatning 
kuchsizlanishi 
Tovarni 
bozordan 
chiqarish 
Servis 
Nazorat, mumkin 
qadar 
markazlashtiril-
gan nazorat 
Nazorat, 
mumkin qadar 
markazlash-
tirilmagan 
nazorat 
Servis 
markazi 
tomonidan 
olib 
boriladigan 
nazorat 
Tovarni 
sotish uchun 
yangi 
imkoniyatlar 
yaratish 
maqsadida 
servisdan 
foydalanish 
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish 
mumkinki, firma yoki korxona tovarning turli hayotiylik davri bos-


230 
qichida ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda marketing taktikasining u 
yoki bu shaklidan foydalanadi. 
 
9.3. Yangi tovar tushunchasi 
 
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar, 
iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro raqobat tufayli firma ishlab chiqara-
yotgan tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Iste’molchi 
doimo yangi va takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi va 
albatta, raqobatchi firma bu talabni qondirish maqsadida yangi turdagi 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor kuchini safarbar etadi. Har bir 
firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z dasturiga 
ega bo‘lishi kerak. 
Kompaniya yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ikki usulda 
yo‘lga qo‘yishi mumkin: 
1. Yangi turdagi tovarlarni chetdan olib o‘zlashtirish. Bunda firma 
boshqa biron firmaning mahsulotini ishlab chiqarish huquqini beruvchi 
litsenziya, patentini sotib oladi. 
2. Yangi turdagi tovarlar o‘z imkoniyatlarini ishga solgan holda, o‘z 
kuchi bilan dunyoga keltiriladi. Bunda firma yangi turdagi tovarlarni 
ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot va izlanishlar bo‘limini tashkil etadi. 
Xo‘sh, yangi turdagi tovarlar iste’molchilarning ehtiyojlarini qon-
dirish uchun ishlab chiqarilsada, nega muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? 
Buning oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Firma rahbari o‘ziga yoqqan 
biron yangi turdagi tovar g‘oyasini marketing tadqiqotlari natijalari 
salbiy bo‘lsa ham ilgari suradi va natijada zarar ko‘radi. Yoki yangi 
tovar haqidagi g‘oyaning o‘zi qiziqarli, lekin bu tovarga bo‘lgan bozor 
talabi keragidan ortiqcha hajmda belgilanadi. Oqibatda yangi turdagi 
tovar talabdan ortiq ishlab chiqariladi va hech kimga kerak bo‘lmaydi. 
Boshqa bir holatni olaylik: tovar g‘oyasi ham a’lo, lekin uning namuna-
sini yaratish jarayonida tovar konstruksiyasi talab darajasida bo‘lmay 
qoladi. Bunday tovar ham bozorda kasod bo‘ladi. Yana bir boshqa 
holatni faraz qilaylik, g‘oya juda yaxshi o‘ylangan, tovar namunasi 
sinovlardan yaxshi o‘tgan, marketing hisoblari bo‘yicha bu mahsulot 
foyda keltirishi kerak. Lekin natija firma o‘ylagandek bo‘lmaydi. Bunga 
sabab ushbu yangi tovar reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, tovarning 
iste’molchi uchun qiziqarli bo‘lgan xususiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. 
Yangi tovarning reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi, bozorda kerakli 


231 
xususiyatlari ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar narxining balandligi 
ham ushbu tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari yangi 
turdagi tovarni ishlab chiqarishda mo‘ljallangandan ortiqroq sarf-xarajat 
bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab qilinmasa
ko‘riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar 
ishlab chiqarish bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma 
undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib, zarar keltirishi mumkin. 
Shunday qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan, 
yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan, 
yangi tovar imkoniyatining muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday 
murakkab va og‘ir masalani hal etish usullaridan biri shuki, firma yangi 
turdagi tovarlarni o‘ylab topish, amalga oshirish ishlarini doimo, 
izchillik bilan, o‘z maqsadiga yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak. 
Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarish bilan birga yangi 
tovarlarni dunyoga keltirish borasida uzluksiz izlanishlar olib borishi 
kerak.
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan 
o‘tadi:

Download 232,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish