Ix боб мушак тўҚимаси (textus muscularis)



Download 314,5 Kb.
bet1/6
Sana11.07.2022
Hajmi314,5 Kb.
#777808
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ix боб мушак тў имаси (textus muscularis) (1)


IX BOB.
MUSHAK TO`QIMASI (TEXTUS MUSCULARIS)

Mushak to`qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funktsiyasiga moslashgan, ya’ni ularning shakli cho`ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir.


Tuzilishi va bajarayotgan funktsiyasiga ko`ra silliq, ko`ndalang-targ`il (skelet), yurak mushagi va ba’zi a’zodarda uchrovchi maxsus mushak to`qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak to`qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifasiga ko`ra turlichadir. Ko`ndalang-targ`il yurak mushagi hamda maxsus mushak to`qima - mioepitelial hujayralar (ter, sut va so`lak bezlarida uchrovchi hujayralar), ko`zning siliar va qorachig` mushaklari xususiy gistologiyaning tegishli boblarida keltirilgan.
SILLIQ MUSHAK TO’QIMASI

Silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq mushak ko`pgina ichki organlar - me’da-ichak yo`li, tanosil organlari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq mushak tuzilishi hamda funktsiyasi bo`yicha ko`ndalang-targ`il mushakdan qancha farq qiladi. Silliq mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli kishi ixtnyoriga bo`ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega bo`lib, cho`ziq, duksimon va tarmoqlangan bo`ladi. Hujayraning o`lchamlari turlicha bo`ladi, ya’ni uzunligi 50-250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm. To`qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi (90-rasm).



90-rasm. Silliq mushak to`qimasining tuzilishi (sxema).
A - ichak devorining silliq mushak qavati, B - alohida ajratilgan silliq mushak hujayralari (oddiy mikroskop ostida ko`rinishi).1 - mushak qavatining bo`ylama kesimi; 2 - mushak qavatining ko`ndalang kesimi; 3 -silliq mushak hujayra; 4 - hujayra yadrosi; 5 - mushak hujayralari orasidagi biriktiruvchi to`qima; 6 - qon tomir.
V, G -silliq mushak hujayrasining bo`shashgan (V) va qisqargan (G) holati (elektron mikroskopda ko`rinishi). (A.Xem, D.Kormakdan, 1982). 1 - sarkolemma (plazmolemma); 2 - yadro; 3 - yadro teshiklari; 4 - Golji kompleksi; 5 - miofibrillalar; 6 - zich tanacha; 7 -ribosoma va polisomalar; 8 - mikropinotsitoz pufakchalar; 9 - mitoxondriyalar.
Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning o`tkir uch qismi yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi.
Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining biridan ikkinchisiga qo`zg`alish o`tishiga xizmat qiladi, degan taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi.

91-rasm. Silliq mushak. Me’da devori shilliq qavatining mushak plastinkasidan olingan silliq mushak hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. X.85OO.
1- yadro; 2 - sitoplazma; 3 - hujayra atrofidagi kollagen tolalar.

Yadro va organellalar hujayraning t r o f i k a p p a r a t i n i tashkil etadi. Silliq mushak hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho`ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega (90, 91-rasmlar). Yadroning shakli qissarish paytida o`zgaradi. Unda ko`p hollarda ikkita yoki undan ko`proq yadrocha bo`ladi. Yadro yonida sust rizojlangan plastinkasnmon kompleks joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Mushak hujayrasida endoplazmatik to`r sust rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho`ziq, oz miqdorda bo`lib, sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko`proq bo`lishi mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari ko`ndalang-targ`il mushaklardagiga nisbatan kam.


- Miofibrillalar mushak hujayrasining q i s q a r u v c h I a p p a r a t i n i tashkil etishi sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo`lgan ko`ndalang-targ`illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar 'shaklida ko`rinadi. Elsktron mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o`rganilganda hujayraning butun uzunligi bo`yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo`ylama joylashgan submikroskopik protofibrillalar mavjud bo`lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: a k t i n va m i o z i n . Miozin protofibrillalar diametri 17 nm ga teng bo`lib, yo`g`on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar nozik bo`lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo`shashgak holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo`yi bo`yicha joylashgan bo`lib mushak qisqarganda o`z joylashishini uzgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko`ndalang-targ`illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar o`zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qilmaydi, plastinkalar ham topilmagan. Sil-liq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktinin oqsillari topilgan.
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o`rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mikroskopda to`q dog` shakliga ega. Zich tana-chalar ko`ndalang-targ`il mushak tolasining Z plastinkasida uchrovchi aktinin tutgani uchun, bu tanachalarni Z plastinkaning analogi deb taxmin qilish mumkin, lekin ular betartib joylashtan. Mushak qisqarish jarayonida xuddi ko`ndalang-targ`il mushakdagi singari aktin va miozinning o`zaro sirpanishi yuzaga keladi. Tortilish kuchi zich tanachalar orqali sarkolemmaga (sitolemmaga) o`tadi, natijada, silliq mushak hujayra qisqaradi.
Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kaltsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo`lib, ular ko`ndalang-targ`il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o`zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo`lgan tuzilmalar tegib yetadi. Bu tuzilmalar ko`ndalang-targ`il mushakning T-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kaltsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o`rin tutadi.
Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutashish - neksuslar uchrab ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishinn ta’minlaydi. Bazal membranaga biriktiruvchi to`qima tolalari kirib to`r hosil qiladi. Mushak hujayralarining truppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi to`qima qatlamlari bilan o`raladi. Ana shu biriktiruvchi to`qima sarkolemma bilan birga silliq mushak to`qimasining tayanch apparatini hosil qiladi.
Silliq mushak to`qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega, Qon tomirlar to`qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi birikti-ruvchi to`qima qatlamlarida kapillyarlar to`rini hosil qiladi.

Download 314,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish