Enolit - Enolit – lotin va grek so`zlaridan yasalgan bo`lib, «alneus» - lotincha mis, «litos»-grekcha tosh degan ma`noni anglatadi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to`g`ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo`lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Evropa va Osiyoning ko`p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo`lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan. Evropa va Osiyoning boshqa o`lkalarida aynan shu paytda metaldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning ho`jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metalning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |