IV mavzu. DUNYO AHOLISI GEOGRAFIYASI
4.1. Dunyo aholisining o'sishi
Aholi tabiat va jamiyat o'rtasidagi murakkab bog'liqlikni ta'minlab turuvchi asosiy bo'g'indir. XX1 asr boshiga kelib bu muammo jahonshumul ahamiyatga molik bo'lib turibdi. Aholining tabiiy o'sishi yillar o'tgan sari ortib borayotganligi to'g'risida turli ma'lumotlar bor. Yer sharida bundan 1000 yil muqaddam 300 mln. kishi yashagan bo'lsa, 1900 yilga kelib 1mlrd. 600 mln. 1987 yili 5 mlrd, hozir esa 6 mlrd. dan oshib ketgan. “Buyuk Britaniya – 1995” yilnomasi, BMT va bashqa xalqaro tashkilotlarning hisob-kitob va taxminlariga ko'ra, 2010 yilda aholi soni 7 mlrd. 176,6 mln.ga, 2025 yilda esa 8 mlrd. 504,2 mln.ga yetadi. Hisob-kitoblardan ma'lum bo'ldiki, dunyoda har 230 kunda 1 ta turkiya aholisiga barobar nufuz ortdi. Har soniyada 3, daqiqada 155, har soatda 10609, har kunda esa 245-620 chaqaloq ro'yxatga olinadi. Jahonda aholi sonining ozayib ketishi bo'yicha Yevropa malakatlari (Germaniya, Daniya, Finlandiya) oldinda turadi.
4.2. Dunyo aholisining zichligi va joylashuvi
Aholi Yer kurrasida nihoyatda notekis joylashgan. Aholi ko'p to'plangan uchta asosiy arealni ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi areal Janubiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyoni o'z ichiga oladi. Bu arealdagi mamlakatlarda o'rtacha zichlik 1 km.kv. 100 kishidan ortadi, ba'zi joylarda esa, 1000-1500 kishiga yetadi va undan ham oshadi. Aholining bunday zichligiga bu yerda kishilarning qadimdan yashashi, ko'p mehnat talab qiluvchi intensiv obikor dehqonchilik tipining
56
tarixiy tarkib topganligi, shuningdek, aholining tabiiy ko'payishi xususiyatlari sabab bo'lgan. Yer shari aholisining 70%i quruqlikning 7 foizida mujassamlashgan bo'lsa, 15%da aholi umuman yashamaydi. Aholining asosiy qismi mo''tadil, subtropik va subekvator iqlim mintaqalarida joylashgan, 50% aholi dengiz satkidan 200 m.gacha bo'lgan hududlarda; 30%i dengiz sohillaridan 50 km.gacha uzoq hududlarda yashaydi. Yer shari bo'yicha har km2 ga o'rtacha 40 kishi tugri kelsada, ayrim mamlakatlarda aholi zigligi juda yuqori(Bangladeshda har km2 ga 800 kishi, Manakoda 15,5 ming,Singapurda 4,5ming kishi tugri keladi) Yer sharida aholi eng zich yashaydigan hududlar quyidagilardir: 1. Janubiy Osiyo - Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Pokiston(aholi soni 1,5mlrdga yaqinlashmokda, zichligi 300500 kishiG'km2); 2. Sharqiy Osiyo – Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, KXDR(Bu hududda 1,5mlrd dan ortik aholi yashaydi, zichligi har km2 ga 200-ZOOkishi); 3. Janubi-Sharqiy Osiyo – Indoneziya, Fillippin, Tayland, Malayziya va boshqalar(aholi soni 0,5mlrd, zichlik ZOOkishi km2); 4. Yevropa (aholi soni 0,7mlrdga yaqin , zichlik 200 kishi); 5. Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani sohillari, AQSHning shimoli-sharqi. Umuman, dunyo aholisining 60%i Osiyoda ,12%i Afrikada, 9,5%i Yevropada, 8,5%i Lotin Amerikasida, 5,5%dan Shimoliy Amerika va sobiq Ittifoq hududida, 0,5% Avstraliya va Okeaniyada istiqomat qiladi. Zichligi katta bo'lgan ikkinchi areal Yevropada tarkib topgan. Bu arealda aholining o'rtacha zichligi 200 kishidan 400 kishigacha bo'lgan bir qancha mamlakatlar bor. Asosiy sanoat
57
rayonlarida aholi zichligi har km.kv.da 500-1500 kishiga yetadi va undan ham ortadi. Uchinchi areal AQSHning Shimoliy– Sharqiy qismidir. Quriqlik maydonining atigi 7%ini eg'allagan aholi eng zich rayonlarda yer sharidagi aholining 70%ga yaqini to'plangan. Shu bilan birga quruqlik maydonining yarmiga yaqinida aholi zichligi 1km2ga bir kishi ham to'g'ri kelmaydi. O'zlashtirish ayniqsa qiyin bo'lgan doimiy sovuq qutbda baland tog'li o'lkalar, cho'llar, issiq va sernam ekvatorial o'rmonlar aholi nihoyatda kam va odam butunlay yashamaydigan hududlardir. Shunday qilib, tabiiy sharoit aholining joylashishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Aholining joylashishiga tabiiy sharoit xususiyatlari emas, balki iqtisodiy va tarixiy sharoitlar: aholini kelib o'rnashgan vaqt, xo'jalik tipi, tashqi va ichki migrasiyaning intensivligi va boshqalar hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi, Har bir mamlakatning rivojlanishi uchun aholi soni va zichligi muayyan miqdorda bo'lishi zarur. Aholining joylashishi ko'p jihatdan shaharlar geografiyasiga bog'liq. Shaharlar juda qadim zamonlarda bunyodga kelgan. Biroq ular XIX asrda ishlab chiqarishni mashinalashtirish rivojlanishi bilan ayniqsa tez o'sdi. K.Marks “shaharlarni kapitalizm bunyod etdi”,-deydi. Yer kurrasi aholisining XIX asr boshida 3%i, XX asr boshida 13%i va 1985 yilda esa 41%i shaharlarda yashagan. Hozirgi vaqtda shahar aholisi yer sharidagi butun aholiga qaraganda ikki baravar tez ko'paymoqda. 2000 yilga borib butun dunyo aholisining yarmidan ortig'i shaharlarda yashaydi.
4.3. Urbanizasiya jarayonining rivojlanishi
Mamlakat yoki rayon aholisi sonida shaharliklar salmog'ining o'sishi urbanizasiya deb ataladi. Dunyo bo'yicha
58
urbanizasiya darajasi XX asr boshidagi 4%dan hozirgi davrda 41% ga ortdi. Hozir dunyo mamlakatlarining 120 tasida urbanizasiya darajasi o'rtacha dunyo ko'rsatkichlaridan yuqori. Urbanizasiya darajasi ham dunyoning turli qismlarida turlicha. Masalan, xorijiy Osiyoda 27%, Afrikada 30%, Yevropada 73%. Shimoliy Amerikada 75%. Umuman, rivojlangan mamlakatlarda urbanizasiya darajasi (72%) rivojlanayotgan mamlakatlardagidan (30% ) ancha yuqori. Shahar aglomerasiyalari ham tez rivojlanmoqda. AQSHdagi Bosvash, Chiplits, Sansan megopolislarida yaqin kelajakda AQSH aholisini qariyib 50%i yashashi kutilmoqda. Yer yuzasida soni 10 mln.dan ko'p bo'lgan «bahaybat shaharlar» ancha ko'paydi Yangi asr boshlaridayoq Mexikoda-31 mln, San-Pauluda-26 mln., Tokioda-24, Nyu-Yorkda-23, Kalkuttada20 mln aholi yashashi bashorat qilinmoqda. Aholisining soni 5 mln. dan ziyod shaharlar soni 30 taga yetadigan bo'lsa, “millioner shaharlar” soni 250 taga yetdi. Lekin bu salmog' urbanizasiya jarayonida erishilgan haqiqiy darajaning tashqi belgisidir, holos. Aslida urbanizasiya shaharlar rolining ortishi va shaharliklar turmush tarzining o'zgarishi jarayonidan iborat. Odatda, shahar aholisi qancha ko'p bo'lsa, shaharning o'sish sur'ati shuncha yuqori bo'ladi: kichik va o'rta shaharlarda sekin, katta shaharlarda esa ancha tez o'sadi. XX asr boshida bunday shaharlar butun yer yuzida 360ta bo'lgan, hozir ular 2000 dan ortiq. Katta shaharlar sanoat konsentrasiyasining hozirgi zamon shakllariga juda mos keldi. Katta shaharlar fan bilan ishlab chiqarish aloqalarining kuchayishiga yordam beradi, kishilarning ma'naviy ehtiyojlarini yaxshiroq qondiradi, ularning tez o'sayotganligi bir qancha murakkab muammolarni keltirib chiqarishga qaramay, kichik va o'rta shaharlarni rivojlantirish zaruratini sira ham mustasno qilmaydi.
59
Lekin shaharlarning o'zgarishi faqat aholisi sonining o'sishi bilangina cheklanmaydi. Urbanizasiyaning hozirgi bosqichi uchun shaharlar joylashishining oddiy shakllardan murakkabroq shakllariga o'tishi, ya'ni aholining odatdagi bir katta shaharda to'planishidan shaharlar guruhida joylashishi ayniqsa harakterlidir. Shahar guruhi sistemasining oliy shakli shaharlar aglomerasiyasidir. Binobarin, shahar aholisining ko'payishi jarayoni katta shaharlarda va shahar aglomerasiyalari aholining ko'plab to'plana borishidan ham iboratdir. Mamlakatlar urbanizasiya darajasi va sur'atlari jihatidan bir-biridan katta farq qiladi. Amerika, Avstraliya va Yevropada urbanizasiya eng yuqori darajaga yetgan, bu jihatlardagi ko'p mamlakatlarda shahar aholisining o'sishi amalda nihoyasiga yetayapdi, boshqalarda esa shahar aholsining ko'payish sur'atlari katta emas. Osiyo va Afrikaning ko'pchilik mamlakatlarida, aksincha, urbanizasiya darajasi hali juda past, lekin uning o'sish sur'atlari juda yuqori. Urbanizasiya darajasini taqqoslaganda, hamma mamlakatlar uchun yagona bo'lgan “shahar” tushunchasi yo'qligini e'tiborga olmoq kerak. Masalan, Daniyada aholisi 200dan ortiq bo'lgan aholi punktlari, Niderlandiya esa aholisi 20 mingdan ortiq bo'lgan aholi punktlari shahar deyladi. Afrika va Lotin Amerikasining ko'p mamlakatlarida aholisi sonidan qat'i nazar barcha ma'muriy markazlar shahar deyilaveradi. Shaharlar juda tez o'sayotganligiga qaramay, hozircha dunyo aholining ko'pchilik qismi qishloq joylarda yashaydi. Yevropa bilan Shimoliy Amerikada barcha qishloq aholisi qishloq xo'jaligi bilan band bo'lmagan holda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida qishloq aholisi bilan qishloq xo'jalik aholisi o'rtasida farq deyarli yo'q.
60
Qishloq aholi punktlarining joylashishi shakllari har-xil bo'ladi. Qishloq aholi punktlarining to'p-to'p bo'lib joylashish shakli ustun turadi. Ba'zi mamlakatlar va rayonlar qishloq aholi punktlarining alohida qo'rg'on shaklida tarqoq joylashishi tarqalgan.
4.4. Aholining jinsiy, diniy va irqiy tarkibi
Aholining jinsi va yoshi bo'yicha tarkibi. Dunyo bo'yicha o'g'il bolalar qiz bolalarga qaraganda bir oz ko'proq tug'iladi va umuman olganda, dunyo aholisining jinsiy tarkibida erkaklar bir oz ko'proq. Aholining yoshi bo'yicha tarkibi uning tabiiy ko'payishi ta'sirida tarkib topadi. Unga migrasiya va urushlar ham ancha ta'sir ko'rsatadi. Aholi ko'payishining birinchi tipiga aholi yoshi strukturasining o'ziga xos tarkibi to'g'ri keladi, bunda kichik yoshdagilar salmog'i katta bo'ladi. Aholi ko'payishining ikkinchi tipi ustun bo'lgan mamlakatlarda kichik yoshdagilar salmog'i juda yuqori (40-45%) va katta yoshdagilar salmog'i nihoyatda kichik (odatda 306%) bo'ladi. Yer shari aholisining turli dinlarga mansubligini bilish ham muhimdir. Eng ko'p tarqalgan dinlarga uch masxabga ega bo'lgan xristian dini, islom dini, hind dini va buddizm kiradi. Din davlatdan ajratilgan sosialistik mamlakatlarda diniy sarqitlar hozircha saqlanib kelayotgan bo'lsada, lekin dinning roli katta emas.
4.5. Mehnat resurslari va bandlik muammolari
Aholining jismonan rivojlangan va sog'lom, mehnatga yaroqli qismi mehnat resurslarini tashkil etadi. Mehnatga
61
yaroqli aholiga, odatda, 15 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan kishilar kiradi. Mehnatga yaroqli aholining asosiy qismini ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashuvchi iqtisodiy faol aholi tashkil etadi.Aholining mehnat faoliyatiga munosobatiga karab : mehnatga layoqatligacha bo'lgan, mehnatga layoqatli va mehnatga layoqatlidan keyingi guruhlar ajratiladi. Asosiy mehnat resurslari mehnatga layoqatli va mehnat yoshidagi, xususan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qiydigan va harbiy xizmatdagilarni o'zida birlashtirsa, qo'shimcha mehnat resurslariga 14-16 yoshdagi ishluvchi o'spirin-yoshlar va xizmatini davom etdirayotgan nafaqaxo'rlar kiradi. Ishga layoqatli yosh turli mamlakatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Rossiyada 16-59 yoshdagi erkaklar , 1654 yoshdagi ayollar mehnat resurslari hisoblanadi. AQSH da erkak va ayollar bir xil – 16-65, Finlyandiya, Yaponiya, Kanada, Germaniyada 15 yoshdan mehnatga layoqatli hisoblanadi. Uning yuqori chegarasi aholining o'rtacha umr ko'rish darajasi, mamlakatning iqtisodiy salohiyati asosida belgilanishi mumkin. Aholi bandligi ham turli mamlakatlarda turlicha .Masalan, moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasida Rossiya aholisining (mehnatda band aholining) 70%i, AQSH aholisining 54%i, noishlab chiqarish sohasida esa Rossiyaning 30%, AQSHning 46% mehnat resurslari band. Bu ko'rsatkichlar qishloq xo'jaligi bo'yicha Rossiyada 15%ni, AQSHda 3%ni, sanoatda Rossiyada 37%ni, AQSHda 24%ni, xizmat ko'rsatish sohasida Rossiyada 48%ni, AQSHda 70% ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholi salmog'i G'arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada 40-45%ni, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 30-40%ni tashkil etadi. Ishsizlikka barham berish ko'plab mamlakatlarda eng asosiy
62
muammolardan birga aylangan. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa, ishsizlarning mavjudligiga, iqtisodning umuman, sust rivojlanganligi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga kam tortilganligi, kichik yoshdagilar ko'pchilikni tashkil etishi sababdir. Mehnatda band aholini tarkibida qishloq xo'jaligi va unga yaqin bo'lgan sohalarda band aholi ko'pchilikni tashkil etadi. Bu sohalarda yer shari iqtisodiy faol aholisining yarmidan ortig'i band. Qishloq xo'jaligida band aholi salmog'ining kamayishi sanoatda va moddiy boylik ishlab chiqaruvchi boshqa tarmoqlarda band aholi salmog'ining oshishi bilan qoplanib bormoqda. Biroq fan-texnika taraqqiyoti tezlashib borayotgan davrda moddiy boylik ishlab chiqarmaydigan tarmoqlarda band aholi salmog'i yanada tezroq o'sib boradi. Umuman, bu progressiv tendensiyadir. Buning sababi shuki, birinchida, moddiy boylik ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tez o'sadi, ikkinchidan, aqliy mehnatning roli ortadi, ilmiy va texnik xodimlar soni ko'paya boradi, shuningdek, boshqarish va xizmat ko'rsatishning turli shakllari kengayadi. Aholining etnik tarkibi. Yer shari aholisi juda ko'p etnik birliklardan iborat.Ana shunda birliklarning eng kichigi - qabila, o'rtasi elat va kattasi millatdir. Bu tushunchalar bilan birga yana umumlashtiruvchi “xalq” degan atama ham bor. Sovet etnografiyasida xalq atamasi orqali etnik birliklarning hammasini ifodalash qabul etilgan. Yer yuzida 2000dan ortiq milliy guruhlar bor, lekin ularning ko'pchiligi juda kam sonlidir. Aholisi soni 50 mln. kishidan ortiq bo'lgan eng yirik xalqlardan 18tasi butun insoniyatning yarmiga yaqinini tashkil etadi. Eng yirik til oilalari
63
(hind, yevropa, xitoy,tibet, malayziy, polineziya, dravid, semithamit, buntu, oltoy tili oilalaridir). Milliy va siyosiy chegaralari bir-birlariga to'g'ri kelib qolganda bir millatli davlatlar hosil bo'ladi. Polsha yoki Yaponiya bir millatli davlatlarga misol bo'lishi mumkin. Ba'zi mamlakatlar bir millatli davlatlar tipiga yaqin bo'lib, ularda aholining juda oz qismini kichik millatlar tashkil etadi. Masalan, Finlyandiya. Ikki va undan ko'p millatli davlatlarga Rossiya, Hindiston va boshqalar kiradi.
Qisqacha xulosalar
Mavzuda dunyo aholisining hududiy joylashuvidagi qonuniyatlar ochib berilgan. Muayyan tarixiy davrlar mobaynida aholi sonining o'sish dinamikasi ko'rsatilgan. Jahon aholisining diniy va irqiy tarkibiga keng o'rin ajratilgan. Unda asosiy irkiy guruhlar, dunyo dinlari va ularning hududiy tarkalishi bo'yicha ma'lumot berilgan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha bo'lgan mamlakatlarda mehnat resurslarining tarkibi, ular orasidagi tavofutlar haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |