TADQIQODNING MAQSADI, VAZIFALARI VA OBYEKTLARI
Bizning maqsadimiz Abay qo’ylarini bo’rdoqiga boqish va qorako’lcha ishlab chiqarish shirkat xo’jaligi sharoitida xar-xil kunlik (yoshdagi) qorako’lcha tipidagi terilarning ayrim tovar xususiyatlarini o’rganish edi. Buning uchun quyidagilarni aniqlashni vazifa qilib qo’ydik:
Bo’rdoqiga boqilgan qo’ylarni semizlik darajasini va tirik vaznining o’zgarishini;
Embrionning og’irligini;
Teri satx kengligini;
Jun qoplamining ipaksimonligini;
Jun qoplamining yaltiroqligini;
Jun qoplamining quyuqligini;
Xar xil muddatda olingan terilarni tiplari;
Teri navlari;
Tajribaning iqtisodiy samaradorligi;
Xulosa va takliflar.
Do'stlaringiz bilan baham: |