Vaqti
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Kimyoviy birikmalar orasida genetik bog'lanish mavjud.
Oddiy moddalardan murakkab moddalarni olish mumkin: 4P + 5O2 = 2P2O5.
Murakkab moddalardan oddiy moddalarni olish mumkin: 2HgO → 2Hg + O2.
Bir sinfga taalluqli moddalardan boshqa sinfga mansub moddalarni olish mumkin. Masalan, fosfor yonib, fosfor (V)-oksidini hosil qiladi, u esa suv bilan ta’sirlashib kislota hosil qiladi, undan tuz olish mumkin. Bu tuzdan yana boshqa tuzni ham hosil qilish mumkin: P →P2O5 →H3PO4→Na3PO4→Ca3(PO4)2.
Magniyning yonishidan oksidi hosil bo‘ladi, suv uni gidroksidga o‘tkazishga yordam beradi, gidroksiddan esa tuz olish mumkin: Mg→MgO →Mg(OH)2→Mg3(PO4)2.
Kalsiyning suv bilan ta’sirlashuvidan kalsiy gidroksid olish mumkin va uni CO2 bilan reaksiyaga kirishtirib, CaCO3 tuzi olinadi. Bu tuz qizdirilganda parchalanadi va karbonat angidrid, kalsiy oksid hosil qiladi. Ulardan yana kalsiy karbonat olish mumkin: Ca→Ca(OH)2 → CaCO3 →CaO → CaCO3.
Ko‘rinib turibdiki, genetik bog‘lanish oddiy moddalar va anorganik moddalarning boshqa sinflari orasida mavjud ekan. Genetik bog‘lanishni bilgan holda bir moddalardan boshqa moddalarni olish va yana ulardan dastlabki moddalarni olish mumkin ekan. Anorganik moddalarning asosiy sinflari orasidagi genetik bog‘lanishni sxema tarzida ifodalash mumkin:
Oksidlardan asos, kislota va tuzlarni olish mumkin. Aksincha, asos, kislota va tuzlardan oksidlarni olish umkin:Na2O + H2O = 2NaOH;
|
Cu(OH)2 = CuO + H2O;
|
SO3 + H2O = H2SO4;
|
H2CO3 = CO2 + H2O;
|
CaO + SiO2 = CaSiO3;
|
CaCO3 = CaO + CO2.
|
2.Asoslardan oksid va tuzlarni yoki aksincha oksid va tuzlardan asoslarni olish mumkin:
Fe(OH)2 = FeO + H2O;
|
CaO + H2O = Ca(OH)2;
|
Cu(OH)2+ 2HC1 = CuCl2+2H2O;
|
FeCl2+2KOH= Fe(OH)2 + 2KCl.
|
3.Kislotalardan oksid va tuzlar yoki aksincha oksid va tuzlardan kislotalar olish mumkin:
H2SiO3 = SiO2 + H2O;
|
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4;
|
HNO3 + NaOH = NaNO3 + H2O;
|
2HC1 = H2S + 2KCl.
|
Birikmalar va ularning o‘zgarishlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik modda element tarkibining birligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |