IV bob. ElEktroMagnit to‘lqinlar va to‘lqin optikasi 1.J. k. Maksvell 1864-yilda vakuumda va dielektriklarda tarqala oladigan elektromagnit to‘lqinlarning mavjud bo‘lishi haqidagi gipotezani aytib o‘tadi.
2. elektromagnit induksiya hodisasi 1831-yilda M.faradey tomonidan kashf etilgan
3.Maksvellgipotezasi: 1)magnit maydonining har qanday o‘zgarishi uning atrofidagi fazoda uyurmaviy elektr
maydonni hosil qiladi. 2) elektr maydonning har qanday o‘zgarishi uning atrofidagi fazoda uyurmaviy magnit maydonni hosil qiladi.
4. Elektromagnit to’lqinlarni nazariy jihatdan Maksvell, eksperimental jihatdan H.Hers aniqlagan
5. elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishi nurlanish deb ham ataladi.
6. ochiq tebranish konturi deb fazoga tarqaladigan elektromagnit tebranishlar hosil bo’luvchi konturga aytiladi
7.Elektromagnit tebranishlarning fazoda tarqalishi elektromagnit to’lqin deb ataladi
8. Elektromagnit To‘lqin metalldan o‘ta olmaydi, lekin metall sirtining o‘zi ikkilamchi to‘lqinlar manbayi bo‘lib qoladi, ya’ni to‘lqin sirtdan qaytadi. Tajribalar elektromagnit to‘lqinlarning ikki muhit chegarasidan qaytishida qaytish qonuni bajarilishini ko‘rsatadi. α=β
9. elektromagnit to‘lqinlarning qaytishidan radioaloqa va radiolokatsiyada keng qo‘llaniladi.
10. Tajribalar elektromagnit to‘lqin bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda sinish qonunining bajarilishini ko‘rsatadi:
11. Tebranishlar fazasi bir xil bo‘lgan, bir-biriga eng yaqin turgan ikki nuqta λ=c/v orasidagi masofa elektromagnit to‘lqin uzunligi deyiladi.
12. elektromagnit to‘lqinning asosiy xarakteristikasi uning chastotasi ν (davri T) hisoblanadi. Chunki, elektromagnit to‘lqin bir muhitdan ikkinchisiga o‘tganda uning to‘lqin uzunligi o‘zgaradi, chastotasi o‘zgarmasdan qoladi.
13. elektr maydon kuchlanganligi va magnit maydoni induksiya vektorlarining tebranish yo‘nalishlari to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendicular bo‘ladi
14. elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlardir
15. elektromagnit to‘lqinning tarqalish tezligi υ elektr maydon kuchlanganlik vektori E va magnit maydon induksiya vektori B ga perpendicular yo‘nalgan.
16. elektromagnit to‘lqinning asosiy energetik xarakteristikalaridan biri elektromagnit to‘lqin nurlanishining oqim zichligi I hisoblanadi.
17. Elektromagnit to‘lqin nurlanishining oqim zichligi I deb, to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikular yo‘nalishda joylashgan S yuzali sirtdan ∆t vaqtda o‘tuvchi W o‘rt o‘rtacha elektromagnit energiyaning sirt yuzi bilan energiyaning o‘tish vaqti ko‘paytmasiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi:
( 1) (2)
Nurlanishning oqim zichligi yoki to‘lqin intensivligining birligi W/m2 18. to‘lqin intensivligi deb- sirtning birlik yuzasidan bir davrda o‘tuvchi elektromagnit to‘lqin nurlanishining o‘rtacha quvvati (To‘lqin nurlanishining oqim zichligi) ga aytiladi (2)
19. elektromagnit to‘lqin oqimining zichligi, elektromagnit energiyasining zichligi bilan to‘lqinning tarqalish tezligi ko‘paytmasiga teng. I = wc 20. nuqtaviy manbadan chiqadigan to‘lqinning intensivligi masofaning kvadratiga proporsional ravishda kamayib boradi.
21. elektromagnit maydonning elektr maydon kuchlanganligi va magnit maydon induksiyasi tebranayotgan zarralarning tezlanishi a ga proporsional. Tezlanish garmonik tebranishlarda chastotaning kvadratiga proporsional. Maydonlar energiyasining zichliklari chastotaning to‘rtinchi darajasiga proporsional bo‘lishi kelib chiqadi: