2. Uglevodlarning xossalariga oid.
1. Quyidagi formulalar orasidan glyukozaning qaytarilish maxsulotini toping.
A) C6H10O6 B) C6H14O6 C) C6H12O6 D) C6H17O7 E) C6H10O5
2. Glyukoza qattiq xolatda faqat α-shaklda bo’ladi. U suvli eritmada qanday shaklda bo’lishi mumkin?
A) faqat α-shakl B) faqat β-shakl C) faqat aldegid shakl
D) α- va β-shakllar E) α-β- va aldegid shakllar
3. Quyidagi moddalarning qaysi qatori "kumush ko’zgu" reaksiyasini beradi?
A) glyukoza, gliserin, etilenglikol; B) gliserin, glyukoza, saxaroza; C) glyukoza, formaldegid, metan kislota; D) glyukoza, sut kislota, fruktoza; E) riboza, etilenglikol, etan kislota;
4. Glyukozadan kraxmal hosil bo’lish reaksiyasining nomini ko’rsating:
A) polimerlanish B) gidroliz C) degidrogenlash
D) polikondensatlanish E) polialkillanish
5. Glyukozaning tarkibida aldegid guruh bor ekanligini qaysi reaktivdan foydalanib aniqlash mumkin?
A) kumush oksidning ammiakli eritmasi B) mis(II) oksid
C) vodorod xlorid D) natriy gidroksid E) nitrat kislota
6. Probirkadagi noma’lum eritmaga xavorang Cu(OH)2 qo’shildi. Probirkadagi eritma sariq rangga bo’yaldi va qizil cho’kmaga aylandi. Probirkadagi boshlangich moddani aniqlang.
A) etil spirt B) metilxlorid C) anilin D) alanin E)glyukoza
7. Quyidagi uglevodlardan qaysilari kumush ko’zgu reaksiyasiga kirishadi?
A) saxaroza,, fruktoza B) kraxmal, sellyuloza C) riboza, glyukoza
D) glyukoza, fruktoza E) saxaroza, dezoksiriboza
8. Qaysi uglevodlar gidroliz reaksiyasida qatnashmaydi? 1) dezoksiriboza; 2) kraxmal; 3) fruktoza; 4) sellyuloza; 5) maltoza; 6) saxaroza
A) 3,5 B) 2, 4,6 C) 1,3 D) 1,6 E) 1, 3, 5
9. Sellyuloza molekulasi struktur zvenosining nechta reaksion markazi sirka angidrid bilan reaksiyada qatnasha oladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 5
10. Glyukoza molekulasida beshta gidroksil gruppa mavjud ekanligini qaysi reagent yordamida aniqlash mumkin?
A) kumush (1) oksidning ammiakdagi eritmasi
B) mis(II) gidroksid C) H2SO4 D) NaOH E)CH3COOH
11. Selluloid ishlab chiqarish uchun qaysi birikma ishlatiladi?
A) asetilsellyuloza B) trinitrosellyuloza C) kraxmal
D) mononitrosellyuloza E) dinitrosellyuloza
12. Qaysi reaktiv va ular orasidagi reaksiya maxsulotlaridan foydalanib ayrim-ayrim probirkalardagi gliserin, glyukoza va saxarozalarning sifat reaksiyasini amalga oshirish mumkin?
A) CuSO4, NaOH, HCl B) J2, NaOH, CuSO4 C) Cu(OH)2, Cu, HCl D) [Ag(NH3)2]OH, Zn, HCl E) AgNO3, NH4OH, Zn
13. Biri ikkinchisidan gidroksid gruppasi bilan farq qiladigan birikmalar juftini ko’rsating.
1) sut kislota; 2) riboza; 3) propion kislota; 4) glyukoza;
5) dezoksiriboza; 6) fruktoza
A) 1 va 3; 2 va 4 B) 1 va 3; 2 va 5 C) 2 va 5
D) 1 va, 3; 2 va 6 E) 2va.4; 5va 6
14. Saxarozani qaysi reagentlar yordamida propandiol-1,2 dan farqini aniqlash mumkin? 1) CuSO4; 2) Cu; 3) NaOH; 4) Zn; 5) NH4OH; 6) HCl; 7) AgNO3 .
A) 1+3, 4+6 B) 4+6 C) 6,1+3 D) 4,5+7 E) 2, 3+7
15. Tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni ko’rsating.
1) polistirol; 2) sellyuloza; 3) oqsillar; 4) polietilen; 5) kraxmal;
6) butadiyenstirol kauchugi; 7) nuklein kislotalar
16. Quyidagi moddalarning qaysilari gidrolizga uchraydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy asetat; 3) gliserin; 4) olein kislota gliseridi; 5) fruktoza; 6) natriy gidrid; 7) saxaroza
A) 2.4,7 B) 2,4,6,7 C) 1,3.5 D) 1,3,5,6 E) 2,3,4,7
17. Qaysi modda yordamida glyukozaning besh atomli spirt ekanligini isbotlash mumkin?
A) Cu(OH)2 B) CH3COOH C) Ag2O D) NaHCO3 E) NH3
18. Kolloksilin tabobatda qo’llashga qulaylik tug’diradigan xususiyatga ega. U qanday tayyorlanadi?
A) dinitrosellyulozani spirt va dietil efir aralashmasida eritish bilan
B) dinitrosellyulozani kamfora bilan aralashtirib suyuqlantirish bilan
C) trinitrosellyulozani asetonda eritish bilan
D) trinitrosellyulozani etilasetatda eritish bilan
E) asetilsellyulozani dixlormetan va etanol aralashmasida eritish bilan
19. Gliserin, glyukoza va sirka aldegidlarni qanday bitta reaktiv yordamida aniqlash mumkin?
A) nitrat kislota B) natriy gidroksid C) mis(II) gidroksid
D) kumush oksidning ammiakdagi eritmasi E) brom
20. Portlovchi xususiyatga ega bo’lgan moddani ko’rsating. 1) trinitrogliserin; 2) etilbromid; 3) trinitrosellyuloza; 4) gliserin; 5) pikrin kislota; 6) triasetildellyuloza.
A) 1,2,3 B) 2,3,5 C) 1,3,5 D) 3,4,6 E) 3,5,6
21. Nitrosellyuloza quyidagi moddalar sinflaridan qaysi biriga mansub?
A) nitrobirikma B) oddiy efir C) murakkab efir
D) amin E) karbon kislota
22. Shvesiyalik kimyogar Shenbayn stol ustiga to’kilgan ikki modda aralashmasini sochiq bilan artib olgan va uni pech ustiga quritish uchun qo’ygan. Sochiq qurigan va portlash natijasida maydalanib ketgan. Portlovchi xususiyatga ega bo’lgan qaysi modda shu tarzda ixtiro etilgan edi? Aralashma qaysi birikmalardan tashkil topgan? 1) toluol +HCl: 2) H2SO4 +HNO3: 3) H2SO4 + HCl; 4) KMnO4 + H2O2 5) piroksilin; 6) kolloksilin; 7) trinitrotoluol; 8) pikrin kislota.
A) 7,1 B) 6.2 C) 8,4 D) 3,8 E) 5,2
23. Etilenglikol, dezoksiriboza va saxarozalarga sifat reaksiyasini amalga oshirish uchun qanday reaktivdan va ular ishtirokida olingan maxsulotlardan foydalanish mumkin?
A) kumush nitrat, ammoniy gidroksid, xlorid kislota B) mis(II) sulfat, natriy gidroksid, rux xlorid kislota C) mis(II) gidroksid, magniy, xlorid kislota D) mis(II) sulfat, natriy gidroksid, xlorid kislota E) kumush nitrat, ammoniy gidroksid, brom
24. Glyukozaning - va - siklik shakllarining tuzilishi nima bilan farq qiladi?
A) uglerod zanjirining tuzilishi
B) turli xil funksional gruppalarga ega bo’lishi
C) uchinchi uglerod atomida turli fazoviy xolatda joylashishi bilan
D) birinchi uglerod atomida atomlarning turli fazoviy xolatda joylashishi bilan
E) to’rtinchi uglerod atomida turli fazoviy xolatda joylashishi bilan
25. Kraxmal va sellyulozaning ishlatilishida umumiy bo’lgan soxani tanlang.
A) inson uchun oziq-ovqat maxsuloti B) qog’oz tayyorlash
C) pista ko’mir ishlab chiqarish D) etil spirt ishlab chiqarish
E) asetat tola ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |