3. Aminlarning xossalariga oid.
1. Qaysi birikma eng kuchli asos xossasini namoyon qiladi? A) suv B) metilamin C) ammiak D) anilin E) benzol
2. Quyidagilar orasidan birlamchi aromatik aminni toping. 1) anilin; 2) difenilamin; 3) n-metilanilin; 4) N-metilanilin.
A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 3 va. 4 D) 1 va 3 E) 2,3 va, 4
3. Asetilen asosida olingan nitrobirikmani qaytarish natijasida hosil bo’ladigan, bromli suvni rangsizlantiradigan, asosli xossaga ega bo’lgan organik moddani ko’rsating.
A) metilamin B) dietilamin C) Benzaldegid D) dimetilanilin E) anilin
4. Qaysi birikma eng kuchli asos xossasini namoyon qiladi?
A) suv B) metilamin C) ammiak D) anilin E) benzol
5. Quyidagilar orasidan birlamchi aromatik aminni toping. 1) anilin; 2) difenilamin; 3) n-metilanilin; 4) N-metilanilin. A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 3 va. 4 D) 1 va 3 E) 2,3 va, 4
6. Asetilen asosida olingan nitrobirikmani qaytarish natijasida hosil bo’ladigan, bromli suvni rangsizlantiradigan, asos xossaga ega bo’lgan organik moddani ko’rsating.
A) metilamin B) dietilamin C) Benzaldegid D) dimetilanilin E) anilin
7. Anilin qanday moddalar tayyorlash uchun ishlatiladi? 1) oqsil moddalar ishlab chiqarish; 2) bo’yoq moddalar tayyorlash: 3) nitrobenzol olish: 4) dorivor moddalar tayyorlash; 5) portlovchi moddalar olish; 6) polimerlar tayyorlash; 7) xushbuy xidli moddalar tayyorlash A) 2,4,7 B) 1,2,5 C) 2,3,6 D) 4,5,6 E)2,5,7
8. Benzolda erigan anilinni ajratib olish uchun qaysi reagentlarni ketma-ket qo’llash kerak bo’ladi?
1) PCl5 2) HCl 3) Na 4) K2Cr2O7 5) NaOH A) 1, 3 B) 2, 4 C) 3, 1 D) 2, 5 E) 4, 5
9. Metilamin va butan aralashmasidan metilaminni qaysi moddalarni ketma-ket qo’llash yordamida ajratib olish mumkin? 1) NaOH; 2) Br2; 3 ) HCl 4) KMnO4
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 4, 1 D) 3, l E) 3, 4
10. Quyidagi moddalarni asoslik xossasi kamayib borish tartibida joylashtiring:
1) dimetilamin 2) anilin 3)ammiak
A) 1,2,3 B) 2,1,3 C) 2,3,1 D) 1,3,2 E) 3,1,2
11. Quyidagi moddalarning qaysi birida asoslik xossa eng kuchli ifodalangan.
A) anilin B) metilamin C) etilamin
D) dimetilamin E) difenilamin
12. Etilamin quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirisha oladi?
1) HNO3; 2) NaOH; 3) NaCl 4) H2O 5) CH3COOH
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D)1,5 E)3,5
13. Aminlarning suvli eritmalari qanday xossalarga ega? 1. kislotalik xususiyatiga ega 2. asoslik xossaga ega
3. amfoter xossaga ega 4. biriktirish reaksiyasida qatnashadi;
A) 1 va 3; B) 2 va 4; C) 1 va 4; D) 2 va 3; E) 3 va 4;
Do'stlaringiz bilan baham: |