Avariya temperaturasi xabarchilari. A
vtomobillarda strelkali temperatura
ko‘rsatkichlarining o‘rnatilishi, dvigatelning issiqlik rejimini birdan buzilishi
(masalan, suv nasosining ishdan chiqishi, suv nasosining harakatga keltiruvchi
tasmaning uzilishi yoki sovutuvchi suyuqlikning oqib ketishi va boshqa saba-
blarga ko‘ra) natijasida, uning temperaturasi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan
qiymatlargacha ko‘tarilib ketishini haydovchi darhol sezadi va tegishli chora
ko‘radi deb kafolatlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ba’zi avtomobillarda strelkali
termometrga qo‘shimcha avariya temperaturasi xabarchilari ham o‘rnatiladi.
Suyuqlikli sovutish tizimiga ega bo‘lgan dvigatellarda avariya temperaturasi
xabarchisining datchigi radiatorning yuqori bakiga, havo bilan sovutiladigan
dvigatellarda esa, moylash tizimiga o‘rnatiladi.
Avtomobillarda avariya temperaturasi xabarchisi sifatida termobimetall plasti-
nali datchiklar ishlatiladi. Datchiklarni tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini
TM104, TM111 va РС403-Б belgili datchiklar misolida ko‘rishimiz mumkin (4.5-
4.4-rasm. Logometrik termometrning umumiy sxe-
masi.
131
rasm). TM104 datchigida (4.5-a rasm) uchiga kontakt 5 o‘rnashtirilgan bimetall
plastina 4 jez ballon 3 ga joylashtirilgan va qobiqdan izolyatsiya qilingan. U qalin
sim 9 orqali izolyator 2 ga mahkamlangan qisqich 1 bilan tutashtirilgan. Che-
klagich 6 bimetall plastina 4 ning ballon 3 ga tegib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Kontakt plastinasi 8 ga mahkamlangan qo‘zg‘almas kontakt 7, qobiq orqali
«massa» ga ulangan.
Nazorat qilinayotgan muhit harorati ortishi bilan bimetall plastina 4 ham
qiziydi va past tomonga qarab egila boshlaydi. Temperatura ma’lum xavfli
qiymatga yetganda bimetall plastinaning egilishi shu darajaga yetadiki, u kon-
taktlar 5 va 7 ni tutashtiradi. Bu holda avtomobilning asboblar panelida joy-
lashtirilgan qizil xabarchi chiroq 10 yonadi.
Datchik TM111 (4.5-b rasm) qalin jez qobiq 5 dan iborat bo‘lib, uning ichki
qismiga uchiga kontakt 5 joylashtirilgan sirtmoqsimon termobimetall plastina 8
shayba 7 yordamida qisib qo‘yilgan. Murvat 3 bilan birgalikda yasalgan tarelkasi-
mon kontakt 4, izolyator 2 ning ichiga o‘rnashtirilgan chiqish qisqichi 1 ning
rezbasi bo‘ylab harakatlanishi mumkin. 4 va 6 kontaktlar orasidagi masofani
o‘zgartirish hisobiga datchik kontaktlari tutashish temperaturasini 92 ... 98
0
C
doirasida o‘rnatish mumkin. Bu turdagi datchiklar КамАЗ avtomobillarida
qo‘llangan.
Datchik РС403-Б (4.5-c rasm) ЛАЗ va ЛиАЗ avtobuslarining avtomatik
uzatma qutisidagi moy haroratini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Uchiga kontakt
9 o‘rnatilgan bimetall plastina 7 korpusga biriktirilgan. Kontakt 6 esa rostlanuvchi
4.5-rasm.
Avariya temperaturasi xabarchilarining datchiklari:
a – TM104 datchigi va uning ulanish sxemasi: 1–chiqish qisqichi, 2– izolyator,3–ballon,
4–bimetall plastina, 5,7–kontaktlar, 6–cheklagich, 8,9–tok o’tkazgich plastinalar, 10–
xabarchi chiroq. b – TM111 datchigi: 1– chiqish qisqichi, 2–izolyator, 3–rostlash murvati,
4,6–kontaktlar, 5–qobiq, 7– qisuvchi shayba, 8–bimetall plastina, 9 – shtekker. c –РС403-
Б datchigi: 1–chiqish qisqichi, 2– izolyator, 3–rostlash murvati,4–tirgak. 5–rostlanuvchi
plastina, 6,9–kontaktlar, 7–bimetall plastina, 8–ballon.
132
plastina 5 ga o‘rnatilgan bo‘lib u chiqish qisqichi 1 ga ulangan. Kontaktlarning
tutashish temperaturasi, 127...143
0
C doirasida murvat 3 yordamida o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |