Iudaizm dini Reja I. Kirish Yahudiylik dini haqida II. Asosiy qism Iudaizm dini kelib chiqishi



Download 22,68 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi22,68 Kb.
#462214
Bog'liq
Iudaizm dini



Iudaizm dini
Reja
I.Kirish Yahudiylik dini haqida
II.Asosiy qism
1. Iudaizm dini kelib chiqishi
2. Iudaizmning aqidalari
3. Iudaizm dinidagi ibratli marosimlar
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Yahudiylik dini yahudiy (Isroil) xalqining yakka xudolikka asoslangan dindir. Bu dinning nomi yahudiylar deb ataluvchi qabilaning ilk boshlig’I Yahudo (Iuda) nomidan olingan.


Yahudiylik dinining paydo bo’lishi jarayoni uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi va uning asosida yahudiylarning yagona davlatga birlashishga intilishlari yotadi. Yahudiy qabilalari dastlab ko’chmanchi tarzda yashaganlar. Miloddan avvalgi XIII asrda Yuqori Mesopatamiyada yashagan yahudiylar Falastinni bosib ilganlar. Man shu tarixiy davrdan dastlabki yakka xudolik dinlardan biri – yahudiylik dinining shakllanish jarayoni boshlanadi. Yahudiylik dinining taraqqiyoti, uning bugungi ko’rinishida shu kungacha yetib kelish tarixi – yahudiy xalqining o’z boshidan kechirgan o’gir tarixiy sinovlari bilan bevosita bog’liqdir. Shu jihatdan olganda, yakka hudolikka asoslangan yahudiylik dinining taraqqiyot jarayoni bir necha davrlarga bo’linadi. Xususan, bu dinning shakllanish davri – Falastin davri deb ataladi. Flastin bosib olinganidan so’ng yahudiylar o’troqlik hayot tarziga o’ta boshlaganlar. Miloddan avvalgi X asrga kelganda esa yahudiy xalqi tarixida yirik tarixiy voqea yuz berdi. Ya’ni, tarixda ular birinchi bor o’z davlatlariga ega bo’ldilar. Bu davlatning vujudga kelishida yahudiylarning yahudo qabilasi asosiy ro’l o’ynagan. Birinchi bor mamlakatni birlashtirib, Isroil – Yahudiya davlatini barpo qilgan shaxs – Dovuddir (1004 – 965 ). Barcha yahudiylar endilikda yagona xudo – yahudo qabilasining xudosi Yahvega sig’inadigan bo’lganlar. Shu tariqa, miloddan avvalgi X asrdan boshlab yahudiylik dini umumdavlat diniga aylandi.Yahudiy davlati podshosi Solomon (Sulaymon) miloddan avvalgi X asrda hashamatli Yavhe ibodatxonasini qurdirgan.Yahudiylik dinining Falastin davri hamda uning davlat diniga aylanishi – yahudiylik dini tarixidagi birinchi va ikkinchi davrlar hisoblanadi. Bu din tarixdagi uchinchi davr – asrlikdan keyingi yoki ikkinchi ibodathona davri deb ataladi. Bu davr yahudiylar tarixida quyidagi uchta yirik voqea bilan belgilanadi: - Miloddan avvalgi 621 – yilda yahudiy podshosi Iosiy o’tkazgan diniy islohot. Bu islohot din ishlarini nihoyatda markazlashtiragan. - Miloddan avvalgi 586 – yilda Bobil podsholigi Iyerusalim (bu shahar hozir ham mavjud) shahrini bosib olgan hamda Iyerusalim ibodathonasi buzib tashlangan. Yahudiylarning ma’lum bir qismi Bobilga asir sifatida olib ketilgan. Bobil asirligi 50 yil davom etgan. - Miloddan avvalgi 538 – yilda Bobildagi asirlar Eron davlati tomonidan “ozod” etilgan va ular Falastinga qaytarilgan.
Yahudiylar Iyerusalim ibodathonasini qayta tiklaganlar.
Mana shu davrda yahudiylik dini to’la shakllangan qat’iy yakka xudolik qaror topgan. Diniy ishlar qattiq markazlashtirilgan va muqaddas kitoblar qonunlashtirilgan.
Iudaizm avval yahudiy qabilalarining eng kuchlisi bo’lgan Iuda qabilasining politeistik dini bo’lgan. Iudaizm -qadimgi dinlardan bo’lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga keldi. Iudaizm o’zining asosiy aqidalarini bevosita o’sha davrda mavjud bo’lgan totemizm, animizm, fetishizm, sehrgarlik va politeistik dinlarning qorishmasi sifatida, quldorlik davrining xususiy mulkchilik munosabatlariga asoslangan bazisi va yagona davlat hokimiyati, uning boshida turgan podshoning ilohiylashtirgan usqurtmaning in’ikosi o’laroq ishlab chiqilgan dastlabki monoteistik din edi. Demak, iudaizmning paydo bo’lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog’liqir.
Hozirgi davrda Yosir Arofat boshchilik qilayotgan falastin Arab davlatining hududlarida chorvachilik bilan shug’ullangan ko’chmanchi yahudiy va arab qabilalari eramizdan avvalgi 2 mingginchi yillarda osmon jismlarini, ayrim hayvonlarni ilohiylashtirib ularga sajda qilganlar, arvohlarga ishonganlar.
Diniy adabiyotlarda va din peshvolari ta’limotida yahu-diylar oliy nasl-nasabli xalq, shuning uchun ularga oliy irq mumtoz xalq bo’lishini xudoning o’zi ato qilgan, deydilar. Bunday qarashni isbotlash uchun asrlar davomida jamiyatdagi sodir bo’layotgan juda ko’p ijtimoiy hodisalar bu dinga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi, u milliy dinligicha saqlanib qoldi, degan fikr ta’kidlanadi.
Aslida esa hamma narsa va hodisalar o’zgarib turganidek, iudaizm ham o’z mazmun va shakllarini o’zgartirdi, zamonga moslashdi.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o’tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirdi. Bu din tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko’p xudoga e’tiqod qilganlar. Har bir qabila, urug’ alohida xudoning nomi bilan bog’langan. Moddiy olam hodisalarning har bir guruhi, hatto shaharlarning ham o’z xudosi bo’lgan. Masalan, Iudaizm dinining muqaddas kitobi Tavrot yozuvlarida: «Sening shaharlaring qancha bo’lsa, xudolaring ham shunchadir», deyilgan. Iudaizmda Yahudiy millatining yo’lboshchilari va payg’ambarlari hisoblangan Iso (Iisus Xristos), Navin, Ibrohim (Avraam), Muso (Moisey), Ishoq (Isaak), Yoqub (Iakav), Yusuf (Iosif), Sulaymon, Dovud, Nuh(Noi) va boshqalarga politeistik dinlar hukmronlik qilgan davrlarda mahalliy qabilaviy xudolar sifatida e’tiqod qilingan. Masalan, Moisey (Muso) Iuda qabila-sining payg’ambari, Yahve (Iegova) esa shu qabila xudosi edi.
Eramizdan avvalgi X asrda yahudiy qabilalari o’rtasida sinfiy tabaqalanish ro’y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida iudaizm shakllandi.
Falsafa ta’limotiga ko’ra, yer yuzida sodir bo’ladigan vo-qea-hodisalar jamiyat hayotining o’zgarishlari, ma’naviyatdagi barcha o’zgarishlar tabiiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Din sohasidagi evolyutsion o’zgarishlar ham mana shu ob’ektiv dialektik tamoyilga bo’ysinadi.
SHunga ko’ra, yahudiy qabilalari o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti bilan iudaizmda bo’lgan o’zgarishlar o’zaro bog’liq edi. Qabilalar ittifoqi yuz berishi natijasida qabilaviy xudolar o’rniga bitta xudoga e’tiqod qilish ham shakllana boshlagan. Bunda past va yuqori darajada turadigan xudolar pillapoyasi paydo bo’ladi. Falastindagi Ruvit, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalari obro’si ko’tarilgan. Bularning ichida Iuda qabilasi kuchli bo’lib, bu qabilarni o’ziga bo’ysindirgach, uning Yaxve xudosi ham barcha xudolardan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblandi. Uni yakka-yu yagona xudo deb tan olindi. Bunga qadar politeizmda yaxve tog’lar, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi hisoblanardi. Iudeya deb nom olgan quldorlik davlatining paydo bo’lishi munosabati bilan Yaxve ham Osmon va Yer yuzini, barcha narsalar va hodislarni yaratgan, boshqarib turgan yagona xudo deb, tasavvur qilina boshlandi. SHu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berildi. Yaxve sharafiga atab Quddus (Ierusalim) shahrida hashamatli ibodatxonasi Nogota qurilgan. Yahudiy milliy davlati iudaizmni rasmiy davlat dini deb qabul qildi. Iudaizm sinfiy va ijtimoiy jihatdan yahudiy millatining hukmronligini muqaddaslash-tirdi. Iudaizmda dindorlar tepasida ravvin deb ataladigan ruhoniy «ota»lar turadi. Iudaizm ibodatxonalari sinogo-galar deyiladi, bular islomdaga masjidlarga, xristianlik-dagi cherkovlarga to’g’ri keladi.
Iudaizmning kelib chiqish tarixi, aqidalari (ta’limotlari, falsafiy-nazariy asoslari), marosim, urf-odatlari, ahloqiy qarashlari, huquqiy va qonun tizimlari, undagi payg’ambarlar, avliyolar to’g’risidagi ma’lumotlar, rivoyatlar, ibodat duolarining barchasi Tavrot kitobida (Tavrot - ilohiy qonun demakdir) bayon etilgan. Tavrot xudo Yaxve tomonidan payg’ambar Musoga osmondan vahiy qilingan muqaddas kitob hisoblanadi. Qur’onda Tavrotni ilohiyligi va muqaddas kitobligi aytilgan. Masalan, Qur’onning «Baqara» (Sigir) deb nomlangan ikkinchi surasining 53-oyatida: «Sizlar haq yo’lini topishingiz uchun Musoga kitob va furqonni (ya’ni Tavrotni) berganimizni eslanglar», deyil-gan. «Baqara» oyatlarining qariyb uchdan bir qismini «ahli kitoblar» (Tavrot va Injilga iymon keltirganlar), xususan yahudiylar haqidagi ma’lumotlar tashkil qiladi». (Qarang:Qur’oni Karim. O’zbekcha izohli tarjima, Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. «CHo’lpon» nashriyoti».Toshkent.1992 yil, 6-7 betlar). Tavrotni «Qadimiy ahd» ham deyiladi.
IUDAIZMNING AQIDALARI
1-aqida: «Qadimiy ahd» va Talmudning (Talmud Tavrotdagi va xalq og’zaki aytib yurgan duolar to’plami) muqaddasligiga ishonish va ularga e’tiqod qilish to’g’risidagi ta’limot.
2-aqida: Yagona xudo Yaxve (Iegova)ga sig’inish, unga iymon keltirib e’tiqod etish to’g’risidagi ta’limot.
3-aqida: Xudo Yaxve Isroil davlatini Yer yuzidagi jannat qilib yaratgan va Yahudiy millatini oliy irq, tanlab olingan mumtoz millat qilib yaratgani to’g’risidagi ta’limot. SHu-ningdek Yahudiy xalqi xudoning eng sevgan bandasi ekaniga ishonishdir.
4-aqida: G’oyib bo’lgan payg’ambarlar madhining Yer yuziga yana qaytib kelishi, uning yomon odamlarni jazolashi ming yil davom etadigan adolatli jamiyat yaratish to’g’risidagi ta’limotlaridir.
Iudaizm o’rta asrlarda o’zining eski mazmunini saqlab qolgan holda biroz o’zgargan. XI-XII asrlarda iudaizmda hukmronlik qilgan ravvinlar uning ko’p tomonlarini qayta ishlab chiqdilar. O’rta asrning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan biri bo’lgan ravvin Maymond iudaizmning 13 ta asosiy aqidasini tuzib chiqdi. Bu aqidalar quyidagilardan iborat: 1) olamni yaratuvchi xudo bor; 2) u bitta; 3) u jimsiz; 4) u ibtidosiz; 5) faqat xudoning bir o’ziga sig’inish kerak; 6) tabiiy sir - haqiqat; 7) Muso payg’ambarlarning eng ulug’i; 8) tora (tavrot), ya’ni injilning birinchi besh kitobi Musoga xudo tomonidan berilgan; 9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan almashtirib bo’lmaydi; 10) Koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi; 11) yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor; 12) Isroilga haloskor keladi; 13) o’lganning tirilishi haqiqat.
Maymond yozgan bu 13 ta aqida orqali iudaizmning yanada kuchaytirish, uning feodalizm manfaatlarini kuchliroq himo-yachisiga aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish iudaizmni zamonaviy qilishga urinish edi. Yangi aqidalarda iudaizmning haloskorlik vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan.
Bu aqidalarda Yahudiylarning o’z milliy dinlarida mustahkam turishlariga da’vat qilish ham ko’zda tutilgan edi.

5-aqida: Oxirat mavjudligiga ishonish.


Tavrot rivoyatlariga ko’ra, xudo butun olam, undagi jonli va jonsiz narsalarni olti kunda yo’qdan bor qilib yaratgan. Jumladan, xudo Adam va Yeva (erkak va ayol) odamlarni ham loydan yaratib o’z ruhidan jon ato etgan, ular dastlab jannatda yashashgan. So’ngra ular shaytonning gapiga kirib jannat tartibini buzishib, gunoh qilishgan, xudo ularni jannatdan haydab yuborgan. Dastlabki odamlar gunohkor bo’lgani uchun ulardan tarqalgan bolalar ham tug’ma gunohkor bo’ladilar, cho’qintirish marosimi o’tkazilib boladagi tug’ma gunoh yuvib yuboriladi, degan tasavvurlar iudaizmda keng tarqalgan, keyin bu tasavvurlar xristianlarga ham o’tib qolgan.
Tavrotni «Qadimiy ahd» deyilishiga sabab esa quyidagi rivoyatda bayon etilgan. Go’yoki er.av. XII asrda Sinay yarim orolidagi Sino tog’ida yahudiy qabila boshliqlari bilan xudo Yaxve o’rtasida kelishuv ahdnomasi tuzilgan. Unga ko’ra xudo yahudiylarni oliy irq va yer yuzining hukmroni, Isroil mamlakatini esa Yer yuzidagi jannat qilib yaratgan. Buning evaziga esa barcha yahudiylar Yaxvega iymon keltirishlari, u yuborgan kitobga asosan payg’ambar Musoga ummat bo’lib yashashlari, buning belgisi sifatida sinagogalarda ibodat qilish, ravvinlarga hurmat ko’rsatish, ularga xizmat qilish, o’z hukmronlariga sadoqat ko’rsatish majburiyatlari yuklangan. Bu ahdnoma 5 ta kitobda yozilgan, ya’ni Tora to’plamida bayon qilingan. Bibliya (Injil)ning dastlabki 5 ta kitobidan iborat qismini «Qadimiy ahd» deyiladi.
Iudaizmda bir qator marosimlar mavjud, Yaxve bandalari o’z diniy ibodatxonlarini «studiya»lar deb ataydilar, ular, asosan, diniy adabiyot, pand-nasihatlarni o’qib o’rganadilar.
Iudaizmdagi rasm-rusumlarning tartiblari, ijozat va taqiqlar, grajdanlik, oilaviy, turmush, nikohga oid ko’rsatmalar, asosan, Talmud to’plamida bayon qilingan. Unda 600 dan ziyod toat-ibodat, urf-odatlar ko’rsatilgan. Masalan, xatna qilish qoidasi, ro’za tutish tartiblari, janoza, dafn qilish, marhumning xotirasiga bag’ishlangan marosimlar, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik sohalaridagi udumlar va boshqa muhim hayotiy marosimlar xususidagi fikrlar bayon qilingan.
Masalan, ro’za tutgan yahudiy tuxum, sut, go’sht iste’mol qilmaydi. Azador kishi qora kiyadi. Azador erkaklar qirq kungacha soqollarini oldirmaydi. Zino yo’liga kirgan ayol jazolanadi, hatto u diniy jamoadan haydaladi.
IUDAIZM DINIDAGI IBRATLI
MAROSIMLAR
Sadaqa berish odati to’g’risida Injildagi Matto bayon etgan muqaddas xushxabarda shunday deyilgan: «Ehtiyot bo’linglar, savobli ishingizni odamlarga ko’rsatish uchun hammaning ko’z o’ngida qilmanglar. Aks holda osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar». SHunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo’lsang, o’tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun ibodatxonalarda va ko’cha-ko’yda shunday qiladilar. Sizlarga aytayin: bular o’zlariga yarasha mukofotni olib bo’ldilar. «Sen sadaqa berayotganingda, chap qo’ling o’ng qo’ling nima qilayotganini bilmasin. Ya’ni sening muruvvating yashirin bo’lsin. SHunda yashirin bo’lganlarni ko’ruvchi otang seni aniq taqdirlaydi». (Qarang: Injil. Tavrot. Muso payg’ambarning birinchi kitobi. Turkiya Muqaddas kitob jamiyati-1995 yil, 12-13-betlari).
Ibodat marosimi. «Sen esa ibodat qilayotganingda o’z hujrangga kir va eshikni berkitib, yashirin bo’lgan otangga ibodat qil. SHunda yashirin bo’lganlarni ko’ruvchi Otang seni taqdirlaydi. Sizlar esa bunday ibodat qilinglar:
Bizning osmondagi Otamiz!
Sening muqaddas isming ulug’lansin,
Sening shohliging kelsin,
Osmonda bo’lgani kabi,
Yerda ham Sening irodang bajo kelsin.
Bugungi rizq-ro’zimizni bergin.
Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek,
Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.
Bizni vasvasaga duchor qilmagin,
Ammo yovuz shaytondan xalos qilgin.
(Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuhrat to abad Omin.)»
Qarang! (Injil, 13-bet)
«Ro’za haqida. Ro’za tutayotganingizda ikkiyuzlamichilar kabi qovok osiltirib yurmanglar. Ular ro’za ekanlarini odam-larga bildirish uchun o’zlarini avzoyi buzuq qilib ko’rsata-dilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o’zlariga yarashasin olib bo’ldilar. Lekin sen ro’za tutganingda, o’zingni yuvib-tarab yurgin, toki ro’za tutganing insonlarga emas, balki yashirin bo’lgan Otangga oshkor bo’lsin. Yashirin bo’lganlarni ko’ruvchi Otang esa seni aniq taqdirlaydi.» (Qarang: Injil. 14-bet).
«Xudodan so’rash odati: «So’rab turing, sizga beriladi, izlab turing, topasizlar. Ta’kidlatib turing, sizga ochiladi.» (Qarang: Injil. 16-bet).
Nikoh va ajralish marosimi. «Tavrotda o’qimagansizlar-mi? - dedi Iso. Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi va dedi: «Er kishi ota-onasini qoldirib, o’z xotiniga yopishib oladi va ikkovi bir tan bo’ladi. SHunga ko’ra ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo’shganini bandasi ajratmasin. Bag’ri tosh odamlar bo’l-ganingiz uchun Muso sizlarga xotinlaringiz bilan ajralishga ijozat bergan. Lekin boshdan bunday emas edi. Men sizlarga shuni aytayin: kim bevafolikdan boshqa sabab tufayli xotindan ajralib, o’zgaga uylansa, zino qilgan bo’ladi. SHu-ningdek, eridan ajralgan xotinga uylangan ham zino qilgan bo’ladi.» (Qarang Injil. 48-bet).
Xatna marosimi. «Xudo Ibrohim payg’ambar bilan ahd tuzganda: «Senga va sendan keyingi avlodlarining quyidagi ahdga rioya qilishingizni buyuraman, orangizdagi har bir erkak xatna qilinsin. Sizlar a’zongiz uchidagi terini kestirib, sunnat bo’linglar. Ana shu Men bilan sizlarning orangizdagi ahdning belgisi bo’ladi». (Qarang: Injil. Tavrotdan. Ibtido. 643-bet).
Qurbonlik marosimi. «Xudo Ibrohimni sinab, unga: O’zing sevadigan yagona o’g’ling Ishoqni olib Muriyo yeriga ket. U yerda Men senga aytadigan toqqa chiqib o’g’lingni qurbon qil,-dedi. Uch kun yurib, Ibrohim qurbonlik qilinadigan joyda o’g’li Ishoqni o’tin ustiga yotqizdi va pichoq bilan so’ymoqchi bo’ldi. SHu payt osmondan farishta uchib kelib: Ey Ibrohim, o’smirga qarshi qo’l ko’tarma, unga hech yomonlik qilma. Men endi bilaman, sen Xudodan qo’rqasan, yakkayu yagona o’g’lingni ham Mendan ayamading, - dedi. Ibrohim bir orqasiga burilib qarasa, chakalakda shoxlari o’ralib qolgan qo’chqorni ko’rdi. Ibrohim borib qo’chqorni olib keldi va uni o’g’li o’rniga so’yib kuydirdi.» (Qarang: Injil. Tavrot, Ibtido. 633-634-betlardan).

Foydalanilgan adabiyotlar tarixi
1.Dinshunoslik asoslari. Toshkent, «O’zbekiston» nashriyoti,1995 yil.
2.www.google.com
3.Dinshunoslik asoslari nazariyasi va amaliyoti
Download 22,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish