Iqtisodiy tahlil usullari -
- Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlarni hisoblash usuli
-
- Iqtisodiy tahlilda ko’rsatkichlarni o’rganish mutlaq miqdorlardan foydalanish bilan boshlanadi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmi (natural va qiymat o’lchovlarida), tovaraylanish hajmi, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, yalpi tushum, ishchilar soni va hakozo. Mutlaq miqdorlarsiz tahlil ishlarini amalga oshirib bo’lmaydi. Iqtisodiy tahlilda mutlaq miqdorlar voqelikni bilish, tushunish, o’qish va o’rtacha hamad nisbiy ko’rsatkichlarni hisoblashda asosiy axborot bazasi bo’lib foydalaniladi. Shuningdek, mutlaq o’zgarish iqtisodiy tahlilda muayyan ko’rsatkichni avvalgi davrlarga nisbatan mutloq miqdordagi farqlarini ko’rsatib beradi.
- Nisbiy ko’rsatkichlar bir xil tur va mazmundagi ko’rsatkichlarni o’zaro nisbatini aniqlab foiz, koeffitsient, indeks ko’rinishida aks ettirib beradi. Ushbu usul reja bajarilishi, o’sish sur’atlari, salmoq asosida tarkibiy tuzilish holati kabilarni o’rganishda keng qo’llaniladi
- O’rtacha miqdorlar asosida ko’rsatkichlarni o’rganish iqtisodiy tahlilda xususiydan umumiyga, tasodifdan qonuniyatga o’tishda muhim rol o’ynaydi. Chunki, ushbu usulda bir xil turdagi yalpi, ya’ni ko’p sonli iqtisodiy voqeliklar matematik hisob-kitoblar bilan yagona o’rtacha miqdorga keltiriladi. Bu jarayonda bir turdagi yalpi voqeliklarni o’ziga xos xususiyati hamda jihatlariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Chunki, voqeliklarni har tomondan bir xil bo’lishi bu borada kelib chiqishi mumkin bo’lgan tasodifiy holatlarni oldini oladi. Natijada, o’rtacha miqdorlarning aniqligi yanada oshadi. O’rtacha miqdorlarni keltirib chiqarishda zaruriyat yoki talabga ko’ra turli xil hisob-kitob shakllari – o’rtacha arifmetik, o’rtacha xronologik, o’rtacha geometrik va shu kabilardan foydalaniladi. Bir turdagi ko’p sonli voqealarni o’rtacha miqdori va ularni o’zgarishini bilish o’rganilayotgan iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining umumiy yo’nalishi hamda qonuniyligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
- Iqtisodiy tahlilda o’rtacha miqdorlar bir turdagi hodisalar majmuini qandaydir belgi bo’yicha umumlashtirilgan miqdoriy tavsifi uchun foydalaniladi, ya’ni bitta son bilan ob’ektlarning jami majmui tavsiflanadi. Masalan, ishchilarning o’rtacha oylik mehnat haqi o’rganilayotgan ishchilar majmuining mehnatiga haq to’lash darajasining umumlashma tavsifi uchun qo’llaniladi.
- xi ning har bir qiymatidan 587612 ni ayirib tashlash, keyin esa “qoldiq”lar bo’yicha o’rtachani hisoblash mumkin:
- Misol, 2015 yilning to’rt kvartali uchun ma’lumotlar bo’yicha mahsulot sotishning o’rtacha kvartal hajmini hisoblash.
- (0+42932+103794+13805) / 4 = 40133 so’m
- Izlanayotgan kvartalda sotishning o’rtacha miqdori quyidagiga teng bo’ladi:
- X = 40133+587612 = 627745 so’m
- o’rtacha arifmetikdan tashqari o’rtacha miqdorlarning boshqa shakllari ham qo’llaniladi. Birinchi navbatda bu o’rtacha geometrik bo’lib, u miqdorni emas, balki miqdorlarning individual qiymatlari ko’paytmasini o’zgarmas saqlashga imkon beradi:
- O’rtacha geometrik asosan o’sish sur’atini o’rganishda keng qo’llaniladi.
- Misol, 2004 yilning to’rt kvartali davomida korxona mahsulot ishlab chiqarishida foydaalnilgan xom ashyo narxining o’sish sur’ati har xil bo’lgan. Yilning to’rt kvartali uchun ma’lumotlar bo’yicha yil uchun o’rtacha kvartallik narx o’sish sur’atini topish talab qilinadi.
- Narx o’sish sur’ati quyidagini tashkil qilgan: 1,05∙1,09∙2,01∙1,56 = 3,59
- Agar o’rtacha o’sish sur’atini hisoblash uchun o’rtacha arifmetik formulasidan foydalanilsa, yillik o’sish sur’ati o’rtacha 1,43 martani tashkil qilganligini ko’ramiz:
- (1,05+1,09+2,01+1,56)/4 = 1,43
- Olingan qiymat o’sish sur’atining haqiqiy manzarasini berishi ehtimoldan uzoq, chunki agar har kvartalda narxlar 1,43 marta oshgan deb taxmin qilinsa, u holda yillik o’sish sur’ati 4,15 martani tashkil qilishi lozim:
- 1,43∙1,43∙1,43∙1,43 = 4,15 marta
- Bunday qarama-qarshilik yuzaga kelmasligi uchun bir yilda o’rtacha kvartallik narx o’sish sur’atini hisoblash uchun o’rtacha geometrik formulasidan foydalanish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |