2.Auditorlik tashkiloti xo‘jaiik yurituvchi subyektga kelishuv xati yo‘llagunga va u bilan shartnoma tuzilgunga qadar auditni rejalashtirib olishi kerak. Auditni rejalashtirish audit o‘tkazishning umumiy va xususiy (amoyillari asosida: - komplekslilik, rejalashtirishning barcha bosqichlarini — dastlabki rejalashtirishdan audituing umumiy rejasi va dasturiui tuzishgacha - o‘zaro aloqadorligini va mosligiui nazarda tutib; - uzluksizlik - auditorlar guruhiga bir-biriga bog‘liq topshiriqlar berish va audit bosqichlarini rejalashtirishni muddatlari hamda o‘zaro bog‘liq xo‘jalik yurituvchi subyektlar (bo‘limlari, filiallari, sho'ba korxonalari)ni hisobga olgan holda tuzishda ifodalanadi. Xo‘jaJik yurituvchi subyekt bilan auditorlik tashkilotini uzoq muddath shartnoma asosida audit o‘tkazish rejalashtirilganda yil davomida audit rejasi va dasturiga mijozni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlar hamda oraliq auditorlik o‘rganishlari natijasiga ko‘ra tegishli o‘zgartirishlar kiritib; - rejalashtirishni maqbullashtirish — auditorlik tashkilotining o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining eng maqbulini tanlashga imkoniyat yaratish uchun ularning ko‘p variant liligini ta’minlab am alga oshiriladi. Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar quyidagilardan iborat: 1. Mustaqillik. Tashkilot ta’sischilari va rahbarlari tijorat, moliya va davlat tuzilmalariga nisbatan javobgar bo‘lmagan mustaiil shaxslardir. Audit orlikni o‘tkazish va auditorlik xulosalarini amalga oshirishda tashkilot mijoz-xo‘jalik yurituvchi subyekt, shuningdek, auditor fikrining to‘g‘riligiga ta’sir yetishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxsga nisbatan mustakillik tamoyiliga asoslanadi. 2. Tijorat siri Mijoz-xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olinayotgan ma’lumotlami qat’iyan mahfiy tarzda saqlash auditorlik faoliyatining eng muhim tamoyillaridan sanaladi. Chunki faoliyat davomida olinayotgan va tuzilayotgan hujjatlaming saqlanishi ta’minlanadi, amaldagi qonunchilik va kasbiy etikaga binoan, o‘z egasining ruxsatisiz ma’lumotlar oshkor etilmaydi. Mijozlar bilan tuzilgan shartomaga asosan, maxfiylik shartnomaning eng asosiy shartidir. 3. Professional layoqatlilik (kompetentlilik). Auditor xizmat ko‘rsatish uchun yetarli darajada professional layoqatga, bilimlaiga va mahoratga egaligiga ishonch hosil qilishi, aks holda auditorlik xizmatini ko‘isatishdan bosh tortishi kerak. Auditor professional xizmatlami yetarli darajadagi e’tibor, layoqat bilan va sidqidildan ko£rsatishi, professional bilimlari va mahoratini uzluksiz oshirib borishni, ulami buyurtmachi amaliyotidagi zamonaviy ishlanmalar va qonunchilikka asoslangan, kompetentli va professional xizmatlar olishini kafolatlaydigan darajada ushlab turishi kerak. 4. Professionals. Auditorlarga audit sohasidagi professional xizmatlar ko‘rsatishi uchun mijoz-xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdorlar tomonlardan aniq belgilangan talablar qo‘yiladi. Auditor shu talablarga javob bera olishi zarur. 5. Ishonch. Mijoz-xo‘jalik yurituvchi subyekti shunga ishonch hosil qilishlari kerakki, auditorlar xech qachon kasbga oid axloq tamoyillarini va amaldagi me’yoriy - huquqiy talablarni buzmasdan, o‘zlariga ko'rsatayotgan audit xizmatlarini sifatli bo'lishiga shubha qilmasliklari kerak. 6. Ishonchlilik. Buyurtmachilar foydalanadigan axborotlar ishonchliligiga va ulami olishni ishonchli usullariga ehtiyoj sezishadi. Shu sababli auditorlar tomonidan taqdim etilayotgan har bir axborot ishonchli bo‘lishi zarur. 7. Obyektivlik. Auditor awalombor xaqgo‘y, to‘g‘riso‘z bo‘lishi kerak va boshqa omillar uning obyektivligiga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 8. Halollik. Auditor o‘zining kasbga oid majburiyatlarini bajarish chog‘ida halol bo'lishi zarur. 0‘ylaymizki, yuqoridagi tamoyillar asosida auditning rejalash- tirilishi va dasturda belgilangan vazil'alaming vaqtida olib borilishi, faohyatning samarali, sifatli bo‘lishini ta’minlab, auditoming iqtisodiy subyektlar orasida mavqeyini oshiradi.