19-вариант 1.Соф фойда ва унинг ўзгаришига таъсир этувчи омиллар. Sof foyda (zarar) = soliq toMagunga qadar foyda - foydadan soliq - boshqa soliqlar va ajratmalar.
Korxonaning sof foydasi moliyaviy natijalaming asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Sof foyda miqdorini aniqlash uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tasdiqlagan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va uni sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalami tarkib topishi haqidagi» nizomga ko‘ra quyidagi oraliq foyda ko‘rsatkichlarini aniqlash kerak:1. Yalpi foyda = Sof tushum - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kelgan foyda (zarar) = yalpi foyda - davr xarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).
3. Umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) = asosiy faoliyatdan olingan foyda + olingan dividendlar + boshqa olingan dividendlar ± olingan va berilgan qarzlar bo'yicha foizlar ± boshqa olingan va toMangan foizlar ± valuta kursi farqi ± moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa daromad (xarajat).4. Soliq toMagunga qadar foyda (zarar)= umumxo‘jalik faoliyatidan kelgan foyda ± favquloddagi foyda (zarar).5. Sof foyda (zarar) = soliq toMagunga qadar foyda - foydadan soliq - boshqa soliqlar va ajratmalar.
Sof foyda miqdori faqat bir asosiy faoliyatgagina bog‘liq emas. Uning shakllanishida bir qator qo‘shimcha faoliyatlar ham mavjudki, ulaming korxona sof foydasining shakllanishidagi hissasi kata.
Korxonalarni moliyaviy-xo'jalik faoliyatini baholovchi barometr - sof foyda miqdoridir. Shu sababli ham sof foyda miqdorini o'rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Наг bir xo'jalik subyekti o‘z faoliyati natijasida sof foydaga erishishni ko‘zlaydi. Ushbu ko'rsatkich soliq to'loviga qadar bo'lgan foyda summasidan foydadan soliq va boshqa soliqlar va ajratmalami chegirish asosida aniqlanadi.Sof foyda korxonaning butun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatining hamma turlari bo'yicha, shu jumladan, mahsulotlami ishlab chiqarish bilan bog4 liq bevosita va bilvosita xarajatlar, operatsion daromad va xarajatlar qoldig‘i, moliyaviy faoliyatdan ko'rilgan daromad va xarajatlar qoldig‘i, tasodifiy foyda va zararlar qoldig'i bo‘yicha aniqlanadi.Sof foydaning shakllanishi va uni to‘g‘ri taqsimlash hamda undan oqilona foydalanishda shunday maqbul tartibni qo'llash kerakki, toki u korxona jamoasi va har bir xodim mehnatining samaradorligini oshirishga bo'lgan moddiy manfaatdorligini o‘z-o‘zidan kuchaytirsin.