1-вариант
Иқтисодиётга давлат аралашувининг зарурлиги.
Талаб инфляцияси: моҳияти ва модели.
Жадвал маълумотлари бўйича қуйидагиларни ҳисобланг:
а) харажат оқимлари бўйича ЯИМ ҳажми;
в) СИМ ҳажми;
г) МД ҳажми.
Javoblar
1 . Davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi sabablari.
Iqtisodiy nazariyaning uzoq rivojlanishi natijalarini ikkita. oddiy xulosaga jamlash mumkin:
bozor asosiy, muhim iqtisodiy muammolarni hal qilishga. qodir;
bozor jamiyat uchun muhim bo‘lgan bir qator vazifalarni hal qilishga qodir emas.
Bozorning zaifligining sababi shundaki, real hayotda hech. qachon jamiyatning bosh iqtisodiy muammolarini hal qilish
imkonini beruvchi hamma shartlarga rioya qilishga muvaffaq. bo‘linavermaydi.
Davlatning eng muhim vazifasi — bozorning zaifligidan. (takomillashmaganligi) kelib chiqqan oqibatlarni bartaraf etish.
Bozorni monopoliyalashtirishga qarshilik ko‘rsatish va raqobatni himoya qilish uchun davlat:
ular asosida monopoliyalashtirishda qo‘lga tushgan fikrlarni. aniqlash va jazolash mumkin bo‘lgan qonunlarni ishlab. chiqadi va qabul qiladi;
bozordagi voqealarning rivojlanishini kuzatib boruvchi va. ularni monopoliyalashtirish holatlarini aniqlovchi tashkilotlarni tuzadi. Bu ishlar bilan monopoliyaga qarshi davlat qo‘mitasi shug‘ullanadi;
bozorlarni monopoliyalashtirishga qarshilik ko‘rsatuvchi. yoki uni buzib yuboradigan yangi firmalarni tuzishga yordam beradi. Bu ish bilan kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘mita shug‘ullanadi.
2. . Inflyatsiya – bu mamlakat ichida milliy valyuta xarid qobiliyatining pasayishi jarayoni bo‘lib, avvalo narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishida ifodalanadi. Inflyatsiya narxlar indeksi yordamida o‘lchanadi (eng mashhuri – iste’mol narxlari indeksi, INI).
Ba’zida inflyatsiyani devalvatsiya – boshqa milliy valyutalar (asosan yetakchi jahon valyutalari)ga nisbatan milliy valyuta qiymatining pasayishi bilan adashtiradilar. inflyatsiya va devalvatsiya bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatsa-da (qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida quyiroqda so‘z yuritamiz), baribir, boshqa-boshqa hodisalardir.
Inflyatsiya – bu mamlakat ichida milliy valyuta xarid qobiliyatining pasayishi jarayoni bo‘lib, avvalo narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishida ifodalanadi.
Devalvatsiya – boshqa milliy valyutalar (asosan yetakchi jahon valyutalari)ga nisbatan milliy valyuta qiymatining pasayishi.
Sust inflyatsiya (rivojlangan davlatlar uchun yillik 3–5%, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun – 6–10%) qattiq zarar keltirmaydi, aksincha, iqtisodiyot uchun foydali hamdir. Lekin bundan kuchliroq inflyatsiya xavf tug‘diradi – u iqtisodiy taraqqiyot uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi. Yillik 20%dan yuqori inflyatsiya “katta odimlovchi” inflyatsiya deyiladi va, odatda, hukumatlar uni sust inflyatsiya darajasiga tushirish uchun kurashadilar.
Qayd etish o‘rinliki, so‘mning qora bozorda keskin tushib ketishidan keyin (bu Rossiya rubli va uning ketidan qozoq tengesi kursi tushib ketishining oqibati), ayniqsa keyingi yarim yil-bir yilda, mening sezishimcha, mamlakatimizda inflyatsiya kuchaydi (afsuski, inflyatsiyaning rasmiy ko‘rsatkichlari, yumshoqroq aytganda, ishonch uyg‘otmaydi va ular asosida tekshirish ilojsiz ko‘rinadi). Bu – iqtisodiy taraqqiyotga nisbatan juda kuchli tahdid, u o‘tkazilgan va amalga oshirilayotgan islohotlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Inflyatsiyaning kuchayishi belgilangan (ya’ni faqat vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqiladigan)daromadga ega odamlarga zarar keltiradi – ular esa, deyarli barcha yollanma ishchilar, shuningdek ijtimoiy nafaqa oluvchi pensionerlar, talabalardir. Ularning belgilangan daromadlari narxlar o‘sishi sababli qadrsizlanaveradi.
Katta odimlovchi inflyatsiya ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish va investitsiya kiritishga qiziqishni susaytiradi. Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish, ayniqsa uzoq muddatli investitsiya loyihalariga aralashish mutlaqo foydasiz bo‘ladi: ishlab chiqarishda mablag‘ juda sekin aylanadi va o‘zining xarid qobiliyatini yo‘qotadi. Shu sababli faol tadbirkorlik faoliyatining bosh sohasi tovarlar va valyuta bilan chayqovchilik qilish bo‘lib qoladi, u turli mahalliy bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi farqda (turli bozorlarda narxlar turlicha sur’atda o‘zgaradi) va vaqt o‘zgarishida pul ishlab olish imkonini beradi. Shu sababli, agar inflyatsiyani jilovlamasak, moliya sohasi va valyuta bozorining liberallashuvi moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishdan chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketishiga olib keladi, bu esa investitsiyalarga va ishlab chiqarish hamda bandlikning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar inflyatsiyani jilovlamasak, moliya sohasi va valyuta bozorining liberallashuvi moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishdan chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketishiga olib keladi, bu esa investitsiyalarga va ishlab chiqarish hamda bandlikning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Katta odimlovchi inflyatsiya moliyaviy bozorlarning me’yordagi faoliyatini izdan chiqaradi. Qanday foizda kredit berish va qarz olish, qimmatli qog‘ozlardan qancha daromadlilikni kutish kerak – bularning barchasi kutilayotgan inflyatsiya sur’atlariga bog‘liq bo‘ladi. Ammo katta odimlovchi inflyatsiya sur’atlarini oldindan aytish ilojsizdir. Natijada, qarz beruvchilar ham, qarz oluvchilar ham zarar ko‘rishlari mumkin. Shu sababli foiz stavkalari osmonga ko‘tarilib ketadi, uning ketidan inflyatsiya sur’atlari va ularning tezlashib ketishi ehtimoli bilan bog‘liq xatarlar ham kuchayadi. Depozitlarga yoki boshqa moliyaviy aktivlarga pul qo‘yishga qiziqish ularning qadrsizlanishidan xavotir tufayli so‘nadi. Shuning barobarida, jamg‘arma uchun ishonchliroq vosita sifatida, xorijiy valyutaga talab ortadi. Buning natijasida moliyaviy bozorlar yomon ishlaydi: jamg‘armalarni investitsiyalarga aylantirish va ishlab chiqarish tarmog‘ini maqbul pul resurslari bilan ta’minlash funksiyasini talab darajasida bajarmaydi. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga o‘ta noxush ta’sir ko‘rsatadi.
Bular – inflyatsiya kuchayishining asosiy salbiy oqibatlari, xolos. Boshqa yana ko‘plab oqibatlar mavjud.
3 . Xarajatlar bo'yicha YAIM ni hisoblash.
a) YAIM = Shaxsiy ISTE'MOL XARAJATlari + YALPI xususiy ichki investitsiyalar + Tovar va xizmatlarning davlat xaridi + (sof eksport)EKSPORT -IMPORT.
YAIM = 3300 + 610 + 1000 + 20 = 4930
b) SIM = YAIM + AFI. Bu yerda AFI = 0 ga teng. Bundan YAIM = SIM. SIM = 4930
c) MD = YAMM - AKI.
YAMM = YAQQ + MSOLIQ - MSUBSIDIYA. Buni hisoblash uchun berilganlar yetarli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |